Mavzu: oila va nikoh haqidagi tasavvurlar yoshlik, yetuklik davrlari


Download 40.59 Kb.
bet2/3
Sana01.03.2023
Hajmi40.59 Kb.
#1238633
1   2   3
Bog'liq
Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarb

Xotin bo‘lsa qobilu aqli raso,
Erni shoh etar, gar bo‘lsa gado,-
deya ayollarni madh etgan edilar.
Ma’naviyatsiz moddiy farovonlikka ham, umumtaraqqiyotga ham erishib bo‘lmaydi. Ma’naviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. Xalqimiz o‘zining ko‘p ming yillik tarixi jarayonida oila hususida milliy–mafkuraviy tarbiyani shakllantirgan. Oilada otaning shaxsiy ibrati, onaning mehri orqali turmush zaxmatlarini yengishda, farzandlarini tarbiyali bo‘lishida mustahkam tayanch bo‘la olishgan. Oilada erkak kishining muhim vazifasi xotin va oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish, ularning nomuslarini saqlashdir.
Oilaning jamiyatda tutgan o‘rni, oila tarbiyasi, ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar, shuningdek, oilaning pokligi va mustahkam bo‘lishiga oid qimmatli fikrlar hadislarda muhim o‘rin egallaydi:

  • nikoh shartnomasini tuzish yo‘llarini belgilash;

  • qon - qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash;

  • alimentlar va boshqa moddiy-ma’naviy yordamlarni amalga oshirish masalasini hal qilish;

  • bolalarning oiladagi huquqlari va ota-onalarni moddiy ta’minlash to‘g‘risidagi majburiyatlar; ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va majburiyatlarini himoya qilish va boshqa muhim qoidalardan iborat.

Oilaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan asosiy maqsad oilaning mustahkam bo‘lishidan, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch, hurmat va hamjihatlilik zamirida, barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida qurishdan iborat. Ushbu maqsad Oila kodeksining va boshqa qonun hujjatlarining asosiy g‘oyasi bo‘lib hisoblanadi.
Oila qonunlarining muhim vazifalaridan va maqsadlaridan biri – fuqarolarning oila oldidagi o‘z mas’uliyatlarini his qilishdan iborat.4
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, oila tarbiyasining manbalari muayyan xalqning asrlar davomida to‘plagan milliy-madaniy qadriyatlariga asoslangan bo‘lib, o‘zbek oilalarida o‘z shaxsiy farovonligidan ko‘ra oila sha’nining baland tutilishi, qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlariga, qo‘ni-qo‘shnilariga g‘amxo‘rlik qilishni olingi o‘ringa qo‘yilishi – oliy darajadagi maqsad bo‘lib, oilani tashqi muhit bilan bog‘lashga va mustahkamligini ta’minlashiga xizmat qiladi.



Download 40.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling