Mavzu: Oilada madaniy odatlarni tarbiyalash, o'zbek xalqining madaniy odatlari haqida tushuncha. Reja
Download 19.34 Kb.
|
Oilada madaniy odatlarni tarbiyalash, o\'zbek xalqining madaniy odatlari haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’naviyat va ma’rifatning inson barkamolligida tutgan o’rni
Mavzu: Oilada madaniy odatlarni tarbiyalash, o'zbek xalqining madaniy odatlari haqida tushuncha. Reja: Oilada ma’naviy - axloqiy munosabatlarni negizi va mazmuni Oilada axloqiy munosabatlarni yo’lga qo’yishda oilaviy an’analar, urf-odat va milliy qadriyatlarning ahamiyati Ma’naviyat va ma’rifatning inson barkamolligida tutgan o’rni Har qanday mustaqil davlat o’zining iqtisodiy, siyosiy ma’naviy – ma’rifiy sohalari bo’yicha tayanch yo’nalishlarni belgilab oladi. Ushbu yo’nalishlar asosida asosiy maqsad va vazifalar aniqlanadi. Xuddi shuningdek O’zbekiston Respublikasi ham turli hayot sohalar bo’yicha o’z yo’nalishlarini, maqsad va vazifalarini belgilab oldi. Hamda ularni hal qilinishi davlat, millatning porloq kelajagini belgilab beradi. «Ta’lim to’g’risidagi qonun», asosida ta’limning quyi bosqichidan boshlab oliy ta’lim tuzilishiga yosh avlodni ta’lim tuzilishiga yosh avlodni ta’lim – tarbiyasini sifat jixatidan qayta ko’rib, uni yangilashga muvaffaq bo’lindi. Oila jamiyatning ajralmas zarur qismidir. Unda inson dunyoga keladi. Oila insoniyatning naslining davomchisidir. O’zbekiston Respublikasi o’tish davri jarayonida ham mamlakatning ma’naviy – ma’rifiy sohalari bo’yicha sharoitga mos ravishda har tomonlama rivojlantirish haqida xarakatlar qilmoqda. Ushbu ishlar mamlakatning ta’lim – tarbiya sohasini ham o’z ichiga olgan. Mavzuning dolzarbligi ana shu fikrlar nuqtai – nazarida kurs ishiga tanlangan mavzu o’zining dolzarbligi va muximligi bilan ajralib turadi. Shuni ta’kidlaymizki xalqning keng qatlamlarini va birinchi o’rinda yoshlarni umuminsoniy va milliy ma’naviy talablariga mos ravishda tarkib toptirish o’ta muhimdir. Tanlangan muammo hozirgi paytda o’rganish arafasida turibdi, chunki uni o’rganish har tomonlama ma’noda tahlil qilish kelajak avlodni ijobiy tomondan shakllantirish masalasini hal qilishda katta rol o’ynaydi. Ana shu narsa yoshlarda milliy ong, milliy g’ururni shakllantirishiga yordam beradi. Haqiqatdan ham taqqos qilib tadqiqotchi qayd etgani kabi bolalarda milliy g’urur, milliy ong, milliy o’zlikni anglash, milliy qadriyat an’analari orqali shakllanadi va tarbiyalanadi.Tarbiyaga o’rgatilgan fazilatlarni o’quvchilardan qanday qilib talab qilish mumkin axir? Xalqimizda «Aql, bozorda sotilmas» - degan naql bor. Shunday ekan oilada bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalash har birimizning hoxish irodamizga qat’iy nazar olib borish shart bo’lgan hayotiy extiyojdan kelib chiqadigan zaruriyatdir. Yuqorida yuritilgan fikr – muloxazalarimizdan kelib chiqqan holda ishimizning maqsadi o’quvchilarni o’z millati va uning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati, qadriyatlari, an’analari, urf – odatlari haqida to’la ma’lumot berish, o’zligini anglash, milliy ong, g’ururga ega bo’lish bilan bog’liq milliy bilim ko’nikma va odatlarni shakllantirish eng muximi bolani o’z qadrini bilishga va o’zgalarni qadrlashga o’rgatishdan iboratdir. Bizning yuqorida bayon etilgan ilmiy ishimizning maqsadidan kelib chiqqan holda kurs ishimizning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi. - Milliy an’analari haqida nazariy va amaliy tushunchalar berish. - Milliy an’analar yosh avlod tarbiyasida, ularda milliy g’urur, milliy ong, milliy iftixor, milliy o’zlikni anglash bevosita ijobiy ta’sir qiladigan vositaligi haqida o’quvchilarda ishonchni hosil qildirish, tushuntirish anglatish haqida samarali takliflar kiritish. - Milliy an’analari tiklanayotganligi, ularga nisbatan kishilar munosabatini o’zgarayotganligi, eng muhimi ma’naviyatni rivojlanish borasidagi, davlat siyosatining izchil va qat’iyat bilan olib borayotganligi oilaviy tarbiyaning mazkur muammosini ijobiy hal etish uchun qulay imkoniyatni ochilayotganligini tushuntirish. - O’quvchilarda milliy an’analarni qadrlash, hurmatlash tuyg’usini o’stirish va tarbiyalashning o’ziga xos jixatlarini tahlil qilish va hakozo. Oilada bolalarni milliy an’analar ruhida tarbiyalashda milliy urf – odatlar va qadriyatlarning tutgan o’rnini va o’rgatish va tahlil qilish asosiy maqsadimiz ekan. Shu maqsadda o’zbek xalqi udumining tiklanishi millat milliy an’analar chuqur milliylik bilan umuminsoniylik bilan chambarchas bog’liq bo’lgan tomonlarini o’rganishdan ruhiyatga xulq – atvor falsafasiga ega bo’lish jarayonlarini tahlil qilishdan iborat. Xo’sh bu maqsad va vazifalar qanday amalga oshiriladi. Bizningcha bu vazifani ilmiy hal qilishning to’g’ri yo’li o’quvchilar ongida xalqning tarixi va millat sifatida rivojlanishi haqida ham milliy an’analar to’g’risida ilmiy ma’lumot berishdan boshlash demakdir. Buning uchun har bir millat mavjud ekan albatta u millatning rivojlanishi uchun tarbiya mazmuni mohiyati o’ziga xos milliy xususiyatlari bilan yosh avlodni tarbiyalashni maqsad qilib qo’ymog’i kerak. Aksincha, shunday tarbiyaviy tadbir olib borilmasa, millatning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati va axloqi haqida to’la ilmiy ma’lumotga ega bo’la olmaydi. Tarbiyani milliy qadriyatlar asosida olib borib bormoqchi bo’lsak, ularni e’tiqodli, madaniyatli qilib tarbiyalamoqchi bo’lsak, shu fazilatlar avvalo ota – ona o’ziga mujassamlashgan bo’lishi zarur. Demak ota – ona oilada bolalarni milliy qadriyatlar asosida, ularda insoniy fazilatlarni tarbiyalashi uchun qanday ta’lim – tarbiya berishi lozim degan savol tug’iladi? Bu savolga javobni kurs ishimiz orqali yoritib berishni lozim topdik. Bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni shart – sharoitlari va usullarini aniqlash.O’rganayotgan muammoga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga tadbiq etish. Mavzuning dolzarbligini yana bir muhim sabablaridan biri sobiq tuzim davrida qator urf – odatlarimiz, an’analarimizna putur yetganligi tufayli ularda kelib chiqadigan va ular bilan bog’liq bo’lgan milliy qadriyatlarimiz ham xira torta boshladi. Xalqimizga xos bo’lgan xushmuomilalik, andishalik, bolajonlik, kattaga xurmat – kichikkka muruvvat, mehr – shavqat ko’rsatish, xalollik kabi odatlarimiz sekin – asta yo’qola boshladi. Kurs ishining maqsadi: Oilada bolalarni o’z millati va uning tarixi, tili, madaniyati, ma’naviyati, an’analari, urf – odatlari, haqida ma’lumot berish, bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini aniqlash va bir butun mazmunini tarkib toptirish. Kurs ishining obyekti: Oilada bolalar tarbiyasini amalga oshirish jarayoni Kurs ishining ishining predmeti oilada bolalarni yoshligidan milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash mazmuni va undan foydalanish yo’llari shart – sharoitlari. Kurs ishining ishining maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi. Bolalarni milliy qadriyatlar, an’analar ruhida tarbiyalashning yo’llarini aniqlash. Bolalarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berish va hokazo. Kurs ishining metodologik asosini O’zbekiston Respublikasining Ta’lim – tarbiyada doir me’yoriy hujjatlari, Markaziy Osiyo muafakkirlarining ilmiy merosi hamda oilada farzand tarbiyasiga oid yaratilgan darsliklar, qo’llanmalar, ilmiy tadqiqot ishlari tashkil etadi. Oilada ma’naviy tarbiya asoslari O’zbekiston o’ziga xos turli milliy urf – odatlar, an’analarga boy ulkan mamlakat. Qadriyatlar qadri – mustaqillik sharofati va istiqlol shukuhi ila ko’p orzu – niyatlarimiz ro’yobga chiqmoqda. Yetmish yil ichida yo’l qo’ygan xato – kamchiliklar tuzatilib, hamma sohalarda haqiqat tiklanmoqda. Jumladan qadimiy boy va betakror xalq an’analari, urf – odatlari, rasm – rusumlari, marosimlar, udumlar, ya’ni milliy qadriyatlarimizga jon ato etildi, turmushga keng joriy etila boshlandi. Qadriyatlarimizning oliysi payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhu vassalomning so’zlari, qilgan ishlari va ul ulug’ zot tomonidan ma’qullangan boshqa ishlar islomda keng targ’ib qilinmoqda. Islom olamining nuroniy siymolari: Axmad Yassaviy, Imom Al – Buxoriy, Xakim, At Termiziy jaxon ilm fani va milliy o’zbek davlatchiliginiing buyuk darg’alari: Imom Al – Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi kabi qator namoyondalar milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan xissa qo’shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo’lib qoldilar. Ma’naviy qadriyatlarining yana bir qudratli manbai an’anaviy oila va qarindoshlik munosabatlari odobidan iboratdir. Kattalarni hurmat qilish o’zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g’amxo’rlik qilish hamisha uning qoidalari bo’lib kelgan. Oila qadriyatlari va qon – qarindoshlik munosabatlarini qayta tiklanishi o’z umrini yashab kelayotgan urug’ munosabatlarini abadiylashtirishni emas, balki har bir oilaning iqtisodiy – ma’naviy va kasb jixatidan erkin bo’lish imkoniyatini aniqlatishi lozim. Shunday ekan bugungi kunga kelib tanish – bilishchilik juda avjiga olib ketdi. Biz yosh bilimli, saviyali mutaxassislarimizning o’z o’rniga qo’ya bilishimiz lozim. Milliy an’analarimizga tiklanishi ularni hozirgi dunyo va axborot sivilizatsiyasi qadriyatlarga moslashishni ham anglatadi. Biz xozirgi sivilizatsiyasi o’ziga ifoda etadigan ijobiy qadriyatlar jumlasiga huquqiy demokratik jamiyat qurish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlarni kiritamiz. Bu inson huquqlariga rioya etish, tadbirkorlik erkinligi, so’z erkinligi, matbuot erkinligi va xokazolardir. Shunday ekan bizning bugungi kunda oldimizga qo’ygan eng oliy maqsad ham xuquqiy demokratik jamiyat qurishdir. Shunga ko’ra biz o’zimizning milliy qadriyat va urf – odatlari, an’analarimizning tiklashimiz va uni asrab avaylash kelajak avlodga yetkazishimiz lozimdir. Shu bilan birga hammamiz yana bir haqiqatni anglab olmoqdamiz. Inson moddiy jixatdan qanchalik boy bo’lmasin ammo ma’naviy jixatdan qashshoq bo’lsa u ilm ma’rifatga erisha olmaydi va shu bilan birga komil shaxs bo’la olmaydi. Milliy qadriyatlarimiz urf – odat va an’analarimiz qayta tiklanib yanada rivojlangandagina jamiyatimizda o’tkaziladigan islohotlar muvaffaqiyatli amalga osha oladi, chunki ma’naviy barkamol, ma’rifatli ruhan bardam, yangicha tafakkurlash qobiliyatiga ega insongina istiqlol va taraqqiyot yo’lini sharof bilan o’ta oladi. Shunday ekan xalqimizning madaniy merosi, yuksak mahnaviy qadriyatlarini chuqur va atroflicha o’rganib, ularni Respublikamizda yashovchi har bir insonning ongiga singdirish ayniqsa yosh avlodni ma’naviy yetuk fidoiy kishilar etib tarbiyalash hozirgi kunda eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u bilan qalban va vijdonan, aql va qo’l bilan mexnat qilish kerak. Oila bolaning ma’naviy – axloqiy fazilatlarigagina emas, balki uning o’z – o’zini anglashiga, milliy ongiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Shu jumladan oilaning bolaga tarbiyaviy ta’siri doirasini ham kengaytirishga olib yetadi. Bunda oiladagi turmush sharoiti, undagi tartib – intizom, urf – odat va an’analar bolaga yo ijobiy yoki salbi ta’sir etish mumkin. Ayrim onalar uchun ko’tarinki rux doimiy barqaror bo’ladi. Bunday oilalarda kelishmovchilikka, nifoqqa o’rin qoldirmaydi. Oilaning har bir a’zosi o’zaro mehribon, g’axo’r ittifoqli bo’ladi. Mehnat har birining ijtimoiy majburiyati, oila a’zolari hayotida ro’y berayotgan har qanday voqyea hamma tomondan shodiyona va tantanali hisoblanadi. Oilada ma’naviy - axloqiy munosabatlarni negizi va mazmuni. Oila insonlarning tabiiy – biologik – fizalogik, moddiy – iqtisodiy, huquqiy – qonuniy, ma’naviy – axloqiy, aloqa – munosabatlari asosiga qurilgan ijtimoiy birlikdan iboratdir. Insonlarning tabiiy –biologik – fizologik munosabati deganda jinsiy aloqa va nasl qoldirish ( farzand tug’dirish va tarbiyalashni), moddiy – iqtsodiy munosabatida - uy ro’zgorini boshqarish, mulkiy munosabat – nikoxining qonuniyligini, ma’naviy – axloqiy munosabatda esa er – xotin inoqligi, pokligi, ota – ona bilan farzand o’rtasidagi mehr – oqibat, hurmat, burch va shu kabilarni tushunish lozim. Hozirgi kunda yuqoridagi zikir etilgan oila va uning bilan bevosita bog’liq masalalar qonun yo’li bilan muhofaza qilingan va kafolatlangan. Chunki u jamiyatning ajralmas bir bo’lagidir. Shuning uchun ham O’zbekistonda Respublikasining 63 – moddasida; “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lishi huquqiga ega” - deydilar. O’zbekiston Oila tarbiyasi deganda ota - ona, oiladagi katta kishilar, buva va buvilar , aka -opalar va shu kabilar tomonidan bolalarning to’g’ri , milliy axloq-odob no’rmalari asosida tarbiyalanish tushunish lozim. Zotan kelajakda qanday inson bo’lib yetilishini ota-ona, aka-opa, boshqalarni muomula – munasabatlar, xulq atvoriga ,tartib –intizomiga bevosita bog’liqdir. Xalqimiz: :Qush uyasida ko’rganini qiladi” deb bejiz aytmagan. Oilada axloqiy tarbiyani negiziga asoslanadi. U bolada shakllanish lozim bo’lgan barcha insoniy munosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi. O’zbek xalqi tabiatan bolajon xalq. Bolaga bag’ri kenglik, mehrdar yolik, o’ta fidoyilik o’zbeklargagina xos xususiyatidir. Shu boisdan ham, ota – onamiz farzandlarning baxti va kelajagi uchun qayg’uradi. Ularning puxta bilim olishlari qiziqishlari bo’yicha kasb – hunar egallashlari, axloq – odob qoidalarni mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari uchun mavjud imkoniyatlarni yaratadilar. Chunki oilada bolani to’g’ri tarbiyalash mustahkam poydevorli jamiyat barpo etishning garovidir. Oilada bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini uning ongini, axloqiy hislatlarini, shaxsiy sifatlari va xulqi tarbiyalash va rivojlantirishni taqoza eyadi. Axloqiy tarbiyaning vazifalari asosan quydagilardir; 1.Bolalarda axloqiy his – tuyg’ularni, tassavvurlar va xatti – harakatlarni tarbiyalash. 2.Xulq madiniyati va ijodiy munosabatlarni tarbiyalash. 3.SHaxsda axloqiy his – tuyg’ularni tarbiyalash . 4.Xulqdagi salbiy hislatlarni barxam toptirish. Oilada amalga oshirilgan axloqiy tarbiyaning mazmuni farzandda o’z ota – onasidan, oilasi, avlod – ajdodlari tarixidan, o’zi tug’ulib o’sgan o’lkasi, vatani, millati, tili, dini, an’analardan g’ururlanishi hissini shakllantirishdan iborat. Davlatimiz va hukumatimizning ota – ona va tarbiyachi murabbiylar oldiga qo’yayatgan talabi ham aynan shundan ibratdir. “Bola ongi yoshlikdan boshlab” , “Sen tarixi boy, ulug’ millatning farzandisan”, “Sen ulug’ mutafakkirlar, alloma zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalangan bobokolanlarning ajdodisan”, “O’zbek xalqi boy ma’naviyatli, vatanga, xalqa sadoqatli xalq”, “Bizning mamlakatda dunyoda tabiati eng go’zal, boy diyor”, “O’zbek xalqi bag’ri keng , insonpavar, mexmondo’st xalq” kabi tushunchalar bilan shakllantirilsa, uning ongida milliy g’urur, o’zligini anglash paydo bo’lib boradi. Shundagina u o’z avlod ajdodlari an’analari kelgusida davomchisi ekanligini , ongli ravishda tushunib yetdi. Mamlakat, oila tug’ulib o’sgan hudud ravnaqi, amalga oshirayotgan islohatlarning muvaffaqiyoti har bir shaxsning ma’naviy madaniyatliligi darajasiga, uning fidokorligiga, halol mehnatiga bog’liq ekanligini qalb anglaydi. Yoshlarning ma’naviy – axloqiy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalash davlatimi- zning siyosatini ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Oila esa tarbiyaning poydevori o’ziga xos jarayon bo’lib, u farzand tug'ulmasdan ancha oldin boshlanadi. Yaniy bo’lajak ota – onanig salomatligi , nasl – nasabi, dunyoqarashi, ichki va tashqi dunyosi, axloq – odobi, moddiy va ma’naviy va jismoniy tayyorligi kelajak farzand tarbiyasida mumkin ahamiyatga egadir. Milliy g’urur ona suti, ota namunasi, avlod – ajdotlarining irsiy fazilatlari, axloq – odabi mezonlari orqali far-zand ongiga singdiriladi. Milliy g’ururi O.Musurmonova “Oila ma’naviyati–milliy g’urur”.T. “O’qituvchi”.1999.25 – bet. baland yoshlar mamlakatimizning kelajagidir. Shuning uchun har bir fuqoradan, yosh avlodga milliy g’ururni shakllanish, mustahkamlash bugumgi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Download 19.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling