Mavzu: Oiladagi psixologik muhitning bola tarbiyasiga bo’lgan ta’siri
Download 42.16 Kb.
|
Egamova Mehriniso Boshlang\'ich ta\'limda tarbiya
URGANCH INNAVATSION UNIVERSITETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI FAKULTETI MUSTAQIL ISH MAVZU: Oiladagi psixologik muhitning bola tarbiyasiga bo’lgan ta’siri Fan nomi:Boshlang’ich ta’limda tarbiya Qabul qiluvchi : Kazakova G Bajardi: 1-bosqich talabasi Egamova Mehriniso REJA:
Farzandlar tarbiyasida oilaviy munosabatlarning jaxon psixologlari tadqiqot ob’ekti sifatida tadqiq etilishi. 2. Bola tarbiyasida oilaviy munosabatlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari. Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari. 3. Ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda oilaviy muhitning o‘rni. Oilaviy-munosabatlar asosan shaxs ijtimoiylashuvining dastlabki davridanoq shakllana boshlaydi va uning o‘zgarishida ijtimoiy-psixologik omillar, ta’limtarbiya, oila muhiti, milliy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, shaxsning muloqot muhiti va shaxsiy faolligi muhim rol o‘ynaydi. Oilaviy-munosabatlar har bir oila a’zosining bilish tizimida shakllangan ong tarkiblaridan iborat bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va individual tajribasi sifatida uning oilaviy hayotga tayyorligini ta’minlaydi . V.M.Karimova tadqiqotlarida oilaviy-munosabatlarning xarakteri farzand tarbiyasiga ta]siri bolaning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi, ya’ni oilaning katta yoki kichikligi, to‘liq yoki noto‘liqligi, undagi rollar, jinsiy o‘zaro munosabatlar haqida va reproduktiv tasavvurlar xarakterini belgilashi va shaxsiy ijtimoiy ustanovkalar yo‘nalishida aks etishi aniqlangan. Oiladagi o‘zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy tarbiyaga oid masalalar va ularning differensiatsiyasi o‘zining yosh, hududiy va jinsiy xususiyatlariga ega bo‘lib, ular avvalo har bir oilaning ruhiy ma’naviy muhiti, u yerdagi milliy qadriyatlar, an’analar, rasm-rusumlar qanchalik saqlanib qolganligiga ham bog‘liqligi asoslangan Bu holat tarbiya jarayoniga katta ta’sir etishi muallif tomonidan psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, uning 14 sabablarini ko‘rsatib o‘tilgan. M.G.Davletshin tadqiqotlarida o‘zbek oilasining etnopsixologik muammolari keng qamrovli o‘rganilgan, shuningdek, ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda etnopsixologik omillarni e’tiborga olish masalalari, etnopsixologik xususiyatlarning O‘zbekiston psixologiya fanida o‘rganilganlik darajalari nazariy yo‘nalishda tahlil qilinadi. N.A.Sog‘inov o‘z tadqiqot ishlarida o‘zbek oilalarida kuzatiladigan ajralishlarning etnopsixologik xususiyatlari, uning farzand tarbiyasiga salbiy ta]sirlarini uning motivlari va sabablarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif, hozirgi davrda oila buzilishining umumiy sabablariga to‘xtalar ekan, o‘zbek milliymadaniy muhitida ana shu sabablarning qaysi birlari kuchliroq ta’sirga ega ekanligini o‘zbek qishloq va shahar oilalari misolida hamda erkak va ayollarda qanday kechish holatini aniqlashga erishgan. M.A.Sog‘inovning ta’kidlashicha, o‘zbek oilalarida er-xotinlarni yoki ulardan birini ajralishga undovchi muhim sabablar sirasiga: turmush o‘rtog‘ining qo‘polligi, turmush o‘rtog‘ini hurmat qilmasligi: yosh oila hayotiga ota-onalarning noo‘rin aralashuvi: turmush o‘rtog‘ining oilaning umumiy masalalariga befarqligi va boshqalar kiradi. Muallifning e’tirof etishicha, o‘zbek oilasidagi ajralish sabablari, motivlari va ularning qanday holatlarda «sabab» va qanday holatlarda «bahona» rolini o‘ynashi, ana shunday holatlarda ularning oldini olish choralari haqida to‘xtalib, mutasaddi xodimlarni yordamga chaqirish, yoshlarga esa zarur maslahatlar berish lozim . A. Shojalilov tadqiqotlarida ham oila va oila-nikoh munosabatlari o‘rganilgan. Ba’zi bir yoshlar oila qurib ota-onalik funksiyasini yetarli darajada bajara olmasliklari, bu holat esa yosh oilalarda bir qator qiyinchiliklar va muammolarga sabab bo‘layotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga binoan, tadqiqotda yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini kuchaytirish, ularning shu sohaga oid vazifa va burchlarini bajarishi murakkab hamda ko‘p qirrali jarayon ekanligi ta’kidlanib, oila qurgan yoshlar turmush tarzini kuzatib borish asosida undagi ixtiloflarning oldini olish va bartaraf etish uchun psixoproflaktik chora-tadbirlarni keng qo‘llash 15 zarurligi ta’kidlangan. X.Karimovning ilmiy ishlarida o‘zbek oilasida er-xotin orasidagi nizolar boshqa millat vakillari (rus, ukrain va boshqa) oilalaridagi nizolardan farqlanishi, ya’ni o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan o‘zbek oilalaridagi er-xotin orasida nizolarning kelib chiqishiga milliy-madaniy muhitiga xos bo‘lgan nikoholdi omillarining xususiyatlari: ya’ni ba’zida tanishish imkoniyatining bo‘lmasligi yoki qisqaligi ham ta’sir etishi, natijada yuzaga kelgan nizo sabablarini tomonlar o‘zidan qidirmasligi, uni bartaraf etishda ota-onalarga tayanish, oiladagi o‘zaro munosabatlar qo‘pollik asosiga qurilishi va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish choratadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi. Oilada bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog‘i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog‘i kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo‘ladi. fiziologik va psixologiya fanining ko‘rsatilishicha inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatni ro‘yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi. Tug‘ma layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, go‘yo u «mudroq» holatda bo‘lib, uning uyg‘onishi rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.Agar bola o‘z layoqatiga mos sharoitda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha bu bo‘lmasa yo‘q bo‘lib, ketishi mumkin.Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammosi insoniyat oldida turgan eng muhim muammollardan biridir. U o‘zida jismonan sog‘lom, aqlan barkamol yangi avlodni voyaga yetkazishni, kishilarning mehnat qilishi, dam olishini va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishini to‘g‘ri tashkil etishni, oqilona hayot kechirishi mujassamlashtiradi.Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-gigienik, ma’naviy jihatlarni har tomonlama o‘rganish, vujudga kelgan haqiqiy ahvolni hisobga olib tadqiq etish davr talabidir. O‘zbekiston aholisining hayot tarzini oiladan tashqarida tasavvur qila olmaymiz, shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bevosita oilaga, oilaviy hayot tarziga, «oila-tabiat-jamiyat-inson» tizimiga bog‘liqdir.Zero, sog‘lom turmush tarzi va oilaning farovonligi iqtisodiyo va ma’naviy omillar bilan belgilanganda edi, u vaqtda aholining moddiy farovonligi oshgan sayin, sog‘liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash masalasi to‘la hal etilganda sog‘lom turmush tarzining barqarorligini belgilovchi barcha o‘z-o‘zidan hal bo‘lgan va 21 jamiyat uchun nomaqbul bo‘lgan hodisalar ham yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lar edi.Mustaqillik sharoitida oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish oilalarning ma’naviy-ruhiy tiklanishi va poklanishi muammolariga ham alohida ahamiyat berishni taqozo etadi. Chunki ma’naviyatning yuksakligi oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda umuminsoniy va milliy tajribalardan foydalanib madaniy hayot kechirishni, bu sohada me’yorga rioya etishni talab qiladi.Shuningdek, sog‘lom turmush tarzining shakllanishiga sho‘rolar davridagi oila-nikoh munosabatlari, ekologik, demografik, ruhiy oqibatlar vash u kabilar o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Jumladan, sho‘rolar davrida o‘zga mafkura ta’sirida kirib kelgan giyohvandlik, ichkilikbozlik, ota-onalarning ahloqiy-ma’naviy buzuqligi natijasida nosog‘lom hayot kechirayotgan oilalar hozir ham topiladi. Bunday oilada tarbiyalanayotgan farzandlarning kelajagi qanday bo‘ladi degan savol sog‘lom fikrli jamoani tashvishlantirmay qo‘ymaydi. Oilada sog‘lom muhit-turmush tarzini barqarorlashtirish, farzandlarni barkamol etib tarbiyalash, oilaning tarbiyaviy va ijtimoiy rolini bajarishda fuqaroliy ma’suliyatini oshirish lozim. Oilani, onalar va bolalarni muhofaza etishning kuchli ijtimoiy tizimini yaratish va amalga oshirish zarur. 1 Oilada sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazishda oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash va oiladagi bolalarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kata ahmiyatga ega. Oilaning moddiy farovonligi bolalar sog‘lig‘i va ularning sog‘lom turmush tarzida o‘z aksini topadi. 2. Ovqatlanish sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Ovqatlanish bizning hududimiz sharoitida g‘oyat kata o‘rin tutadi. Chunki vitaminlar yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste’mol qilish, ularning miqdori jihatidan ham nomunosibligi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 3. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kishilarni, ayniqsa yosh avlodni sog‘lom barkamol bo‘lib vochga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarda 22 hayotda to‘laroq va faolroq ishtirok etishga, o‘zlarining bo‘sh vaqtidan unumli, yaxshi foylana bilishiga ham imkon beradi, ijtimoiy faollikning boshqa shakllari rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Oilaviy munosabatlar madaniyati takomillashgan oilalardagina sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga imkoniyat tug‘iladi. Sog‘lom turmush tarzi jismonan sog‘lom aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirishni, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etishni ifodalaydi. Sog‘lom turmush tarzi aholining farovonlik darajasini oshirish, sog‘liqni saqlash va maishiy xizmatni yaxshilash, demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, ommaning ma’naviy madaniyati, ongliligi, axloqiy jihatdan tarbiyalanganligini o‘sib bori shva ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlashni, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishni, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni qat’iyan mann etishni, muntazam ravishgda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘la rioya qilishni, ma’naviy boy, sog‘lom intillektual egasi bo‘lishni talab qiladi. Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma’naviyatini boyitish sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniyatini tug‘diradi. Sog‘lom turmush tarzi esa farzandlarni jismonan sog‘lom, ma’nan boy qilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi. Boshqa xalqlar qatori o‘zbek oilalari ham milliy tarbiya an’analariga boy. Ularni tiklab, boyitib, zamonaviylashtirib, maktab tarbiyasi bilan uyg‘unlashtirish nafaqat har bir oila, balki butun O‘zbekiston ijtimoiyma’naviy hayotini boyitishga xizmat qiladi. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida ota-onaning bola tarbiyasi uchun davlat oldidagi javobgarliklarining qayd qilinishi, Prezident I.Karimov tomonidan 1998 yilning Oila yili deb e’lon qilinishi ota-onalar, mahallar oldiga qator yangi, milliy istiqloliy talablarni qo‘ymoqda. 23 Oila – milliy dunyoqarash manbai sifatida o‘quvchilarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Tarixda o‘g‘il-qizlar o‘z ota-onalaridan o‘zlashtirgan dunyoqarashni sintez qilib, o‘z oilaviy dunyoqarashlariga aylantirganlar. Bu farzandlarining milliy dunyoqarashlariga shakl, mazmun berib, meros tarzida o‘tib keldi. Dunyoqarashning birligi – milliyligi tufayli avlodlar orasida hamfikrlilik, o‘zaro ishonch, izzat, maqsad, birligi, samimiylik tantana qilar edi. Oila o‘g‘il-qizlarda milliy fe’l-atvor, husni xulq tarbiyasi manbai bo‘lib keldi. Ota-onalar har kuni, har soatda o‘zlari bilib-bilmagan holda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, bolalariga hatti-harakatlar, yurish-turish, so‘zlash, kulish, ovqat yeyish, yuvinish, muomala qilish, mezbon va mehmon munosabati me’yorlarini singdirib kelmoqdalar. Ayniqsa, o‘g‘ilniotalikka, qizni-onalikka, uy bekaligiga tayyorlash milliy tarbiyadagi ikki yo‘nalish-o‘g‘il va qiz bolalar tarbiyasi mavjudligini ko‘rsatadi. Maktabda ham anna shu xususiyat saqlanishi va rivojlantirilishi kerak. Ota-ona obro‘si milliy tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali ular farzndlarining ongiga, xulq-atforiga ma’naviy ta’sir qiladilar. Ota-ona obro‘si o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan ne’mat emas. U ota-onaning bola tarbiyasi bilan maxsus shug‘ullanayotganligi yoki shug‘ullanmayotganliklari bilan belgilanadi. Sobiq sho‘ro davrining 80 yillarida otalar tomonidan ushbu yo‘nalishdagi tarbiyachilik vazifalari qoniqarli bajarilmas edi. O‘tkazilgan tadqiqotlar sobiq ittifoqda har bir 9-bolaning otasizligi va umuman otalarning farzand tarbiyasiga bir kunda 8 daqiqagina vaqt ajratganligini ko‘rsatgan edi. Ota-ona obro‘sini ularning farzandlari shaxsi bilan qiziqishlari o‘quvchi farzandlarining rivojlana borayotgan ehtiyojlarini o‘rganib, boshqarib, qondirib borishlari oshiradi. Olib borgan kuzatuvlarimiz hayotda ota-onaning tarbiyachilar sifatidagi obro‘larini tushiruvchi sabablar mavjudligini ko‘rsatdi. Bular: 24 - ota-onaning o‘zlarining bolalarining boquvchilari sifatida anglab, tarbiyachi axloqsiz turmush tarzi; - oilalarda uchrovchi axloqsiz turmush tarzi; - ota-onaning bolalarga aytgan so‘zlari, pand-nasihat qilaverishlari, farzandlar bilan asosan buyruq, hukm orqali gapirishlari; - ota-onaning o‘quvchi farzandlarining hayoti, qiziqishlariga e’tiborsizliklari, ularga vaqt va diqqat ajratmasliklari, o‘quvchilarni oila yumushlariga jalb qilmaslik (ayniqsa o‘smirlar o‘zlariga nisbatan beparvolikdan qattiq iztirob chekadilar. Natijada ota-ona va o‘smir orasida sovuq munosabatlarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi); - o‘kuvchi-farzandlar bilan munosabatda ularning yosh xususiyatlarini bilmaslik (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ota-onaning qarashlariga, fe’latvorlariga taqlid qilib keladilar. Ana shuning uchun ham xalqimizda ularni «shirin» deyishadi. O‘smirlik davri boshlangaya, bolada keskin o‘zgarisho‘tmish davri boshlanadi. Ota-onalar va bolalar orasidagi ziddiyatlarning asosiy qismi shu davrga to‘g‘ri kelishining boisi ham shundadir. Ota - onaning o‘z farzandlariga xos yosh xususiyatlarini bilmasliklarining oqibati bolalarni – o‘smirlarning ota-onadan (ko‘pchilik hollarda otadan) qalban uzoqlashuviga olib keladi); - ota-onaning o‘zlarining farzandlari uchun har kun, har soat, har daqiqada shaxsiy namuna ekanliklarini anglay bilmasliklari; - o‘quvchi-farzand tarbiyasi uchun bor ma’suliyatni maktabga tashlab, o‘zini soqit qilish; - rag‘batlantirish va jazolashda tarbiyaviy maqsaddan kelib chiqa bilmaslik. - milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantira bilmaslik, hafsalasizlik; - tan jazosi bilan qo‘rqitish; - ota-onaning farzandlar ko‘z o‘ngida janjal qilib turishlari; 25 - unda oshkora ichkilikbozlik qilinishi, behayo so‘zlar, qarg‘ishlar, so‘kinishlar; - o‘z farzandini «eng yaxshi» deb hisoblash; - «biz qiynalganmiz, bolalarimiz rohat qilsin» Deya o‘quvchi farzandlarini erkalatib yuborish yasantirishga hirs qo‘yish yoki buning aksi – «bola qiynalib kata bo‘lsa, ota-onaning, mehnatning hayotning qadriga yetadi» deya ko‘r-ko‘rona qattiqqo‘llik, zarda qilaverish; - o‘quvchi farzandiga va’da berib, bajarmaslik; - maktab bilan ta’lim – tarbiyaviy hamkorlikdan «ish ko‘p, vaqt yo‘q» degan bahona bilan o‘zini chetga olish; - o‘quvchi bolalarni o‘z ajdodlari, shajaralari bilan tanishtirmaslik va hokazo. Bu kamchiliklarni bartaraf qilishda otaning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero «Otaning ochgan yo‘li bor, onaning bichgan to‘ni bor». «Otasi borning unumi bor, onasi borning tikishi bor». «Ota-olamning fikri», «Erta tur, otangni ko‘r, otangdan so‘ng otingni ko‘r», «Otangni ko‘rsang, otdan tush», «Ota bo‘lish oson, otalik qilish qiyin», «Ota – bolaga sinchi», «O‘g‘lingni sevsang, qo‘lingdek ishlat», «Otalar so‘zi xitob bo‘lur, ani yig‘mang kitob bo‘lur». . . Onaning o‘zbek oilasidagi o‘rni alohida, jipslashtiruvchi ahamiyatga ega. Chunki «Onaga bo‘lgan muhabbat-Vatanga bo‘lgan muhabbatning kurmagi», «Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli dalada», «Onang o‘gay bo‘lsa, otang o‘zingniki emas», «Bola-loy, ona –kulol», «Bola ham ona deydi, ona ham ona deydi», «Onangning yaxshiligini bemor bo‘lsang bilarsan» va hokazo. Ota-onaning izchil tarbiyachilik mehnati ularni yaxshi farzandlarning ota-onalari bo‘lish sharafiga muyassar qiladi. «O‘g‘il-qizlarning fe’l-xulqi yaxshi yoki yomon bo‘lsa, uning sababchisi otav a onadir». (Yu.X.Xojib). Hayotda ro‘y berayotgan ijobiy va salbiy holatlar, ko‘ngilsiz voqealar, kishilar o‘rtasidagi mehr-oqibatning susayishi, shaxslararo munosabatlarda 26 uchrab turadigan ruhiy emotsional zo‘riqishlar, baxtsiz oilalar soning ortib borishi, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning ko‘payib borayotganligi oiladagi ruhiy muhitga, oila a’zolarining o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarga, oiladagi murakkab muammolarga bevosita bog‘liq bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lga quyilmaganligi natijasida yuzaga keladi. Hozirgi davrning taqazosi ham oilaga xos Ushbu muammolarni to‘g‘ri ham qilmay turib, fozil jamiyatga erisha olmaslikni e’tirof etganligidan iboratdir. Oila muammolarini o‘rganishda bugungi kunning ahamiyatli masalalaridan biri bo‘lgan oilaviy munosabatlar kata o‘rin egallydi. Uning ahamiyatli tomoni shundaki, kishining insoniy fazilati, jismoniy hamda ruhiy kamoloti oila bilan bog‘liq bo‘lgan holda, unda kechayotgan o‘zaro munosabatlarning ta’siri bilan shakllanadi va mukammallikka erishishga intiladi, hayotning har bir jabhasiga xos ham nazariy, ham amaliy yo‘lyo‘riqlarni «qo‘lga kiritish» imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oilaviy munosabatlar odatda oiladagi ota-onaning roli, er-xotin munosabatlari, farzandlarning o‘zaro munosabati hamda ularning otaonalariga bo‘lgan munosabatlari, yaqin kishilar, qarindoshlar bilan muloqot qilish xususiyatlari nazarda tutiladi. Hamisha uning inson tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri borasidagi turli masalalari doimo har bir davrning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Masalan, Sharqda, oilaning e’zozlanishi, oilaviy munosabatlar, ayniqsa har bir oila a’zosining o‘zaro muloqotiga jiddiy e’tirof berilishi haqida juda ko‘pgina manbalarda izoh berilgan. Oilada ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamjihatlik, mehroqibat, o‘zaro hurmat, shirinsuhanlik, bir-biriga g‘amxo‘rlik kabi sifatlar, yosh avlodni maqsadga xos tarzda tarbiyalashda samaradorlikni oshiruvchi usullardan biri bo‘lib, taqlid qilish borasida yaxshi namuna hisoblanadi. Oiladagi o‘zaro munosabatlarni, yuz beradigan voqea ilg‘ab oladi. Shuning uchun ham namuna sifatida ota-ona shunday hislatlarga ega bo‘lishi kerakki, bulardan: 1. mehnatkash; 27 2. tartib intizom; 3. mehr-muhabbatli; 4. sabr toqatli; 5. savodxon kabi shunday fazilatlarga ega bo‘lgan har bir ota-ona obro‘li farzandlarni tarbiyalash sohasidagi ta’sir kuchli bo‘ladi. Ota-ona obro‘sini ta’minlaydigan eng muhim omil ularning kundalik hayotdagi ibratli insoniy munosabatlari, mehnatdagi yuksak muvaffaqiyatlar, shuningdek ularning bilim doirasi, dunyoqarashi va axloq-odob bilan aloqador bo‘lgan xususiyatlari belgilovchi mezon hisoblanadi. Namunali munosabat o‘rnatilgan oilalarda sharqona tarbiyadagidek farzandlar samimiylik va sabr-toqatni, hurmat va ehtiromni o‘rganadi. Oilaviy munosabatlarda ma’naviy ehtiyojga asoslangan aloqalardan biri-muloqot qilish jarayoni muhim hisoblanib, shaxs shakllanishida kata rol o‘ynaydigan namuna va taqlid singari shu darajada hal qiluvchi vazifani ado etadi. Chunki, kishi o‘zaro shaxslararo munosabatlar jarayoniga kirishishi bilangina atrof-muhitda sodir bo‘layotgan voqeiliklardan xabardor bo‘lib, ular o‘rtasida axborot ayirboshlash yuzaga keladi. Aslini olganda ham kishilar o‘z farzandlariga muloqot tarzida o‘qtirib o‘rgatadigan har qanday ilmiy, ijtimoiy tajribalari, malaka va bilimlari ham ijtimoiy-taraqqiyotning mahsuli sifatida kishilik Oila – hayotiy mazmuniga hamda jamiyat tomonidan ma’qullanadigan xususiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisa. Unda ijtimoiy hayotning barcha asosiy qirralari, vazifalari hamda xususiyatlari, sinkretik tarzda bo‘lsa-da, mujassamlashgan. Inson umri mobaynida oila ta’sirini sezib turadi, dastlab ota-onasining oilasida so‘ng o‘zi qurgan oilasida hayot kechiradi. Har ikki holda ham oila shakllanadi. Inson oilada individual va ijtimoiy hayot ko‘nikmalarini hosil qilibgina qolmay, balki unda o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ota-ona maqomini ham oladi. Aksariyat tadqiqotlarda oilaning ijtimoiy institut sifatidagi to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatadi. 28 Birinchi vazifa - farzandlar tug‘ilishi bilan bog‘liq. Ikkinchi vazifa – yangi avlodni Ushbu jamiyat madaniyatidan bahramand etish. Uchinchi vazifa – shaxsning o‘zini-o‘zi kamol toptirish, uning qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish. To‘rtinchi vazifa – shaxsning muomala – muloqotga hissiy qo‘laylikka bo‘lgan psixologik ehtiyojni qondirishi. Shaxs ijtimoiy faoliyatni shakllashdek yaxlit jarayonning bu qirrasiga ko‘plab omillar, jumladan oilaning moddiy farovonligi, ota-onaning saviyasi, oilaviy qadriyatlar tizimi bolaning ta’lim olish jarayonida ota - onaning ishtiroki singari jihatlar ta’sir ko‘rsatadi. Oila moddiy farovonligining shaxs ijtimoiy faolligiga ta’siri baholashda kishilar ularning faqat daromaddagina emas balki har bir muayyan oilada mavjud bo‘lgan ma’naviy madaniy qadriyatlar tizimiga bog‘liqligi yo‘q. Chunki kata daromad moddiy ne’matlar sotib olish hamda dabdabali tantanalar va tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan badavlat kishi maqomini saqlab turish uchun butkul ishlatilib, shaxsni kamol toptiruvchi ma’naviy iste’molga sarflanmasligi mumkin. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdagi va oila a’zolari munosabatlaridagi o‘zgarishlar uning moddiy-maishiy, iqtisodiy negizi o‘zgarishga bevosita bog‘liqdir. 29 1.3. Sharq mutafakkirlarining oilaviy tarbiya haqidagi qarashlari Buyuk mutafakkirlarning fikricha, tarbiyachi bolalar bilan muomalada bosiq bo‘lishi, o‘quvchilar ta’limni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatib borishi, o‘qitishi va tarbiya jarayonida har xil usullarni qo‘llashi, o‘quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi, bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralariniqo‘llashi, ularni fanga qiziqtirishi, aniq adabiy tilda tushuntirishi bolalarda hissiyot uyg‘otadig an bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya haqidagi bu fikrlar yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishda xizmat qiladi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha, insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy – ma’naviy boy bo‘lishida tarbiyaning barcha turlarini uyg‘unlashgan holda olib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning asosiy vazifasi–shaxsning aqliy, axloqiy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanish, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun: - yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash; - hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish; - o‘zini o‘zi idora va nazorat qila bilishni shakllantirish; - o‘zining shaxsiy turmushga maqsadli yondashuvi; - ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish; - o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar va vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish; - madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarni shakllantirish - malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish; - har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish kerak. 30 Yoshlar faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‘rish lozim. Bolalar ijodini, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun doimo shart-sharoitlar yaratib berishimiz zarur. Farzandlarimizda inso np arvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish, bir- birini tushunadigan, o‘zaro mehribonlik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik va muomala odobini o‘rgatib, ularning ongiga singdirib boriladi. Tarbiyaning avvalo turgan o‘rni uyda, oila ichida, keyingisi maktablardadir. Shunday bo‘lsa ham, lekin tarbiya eng ko‘p oilaviy muhitga va ota-onaga tegishlidir. Tarbiyaning yaxshi bo‘lishi tarbiyachilarning nechog‘lik yetuk bo‘lishi ularning yetarli darajada tarbiya ko‘rganligiga bog‘liqdir. Yoshlar, jumladan talaba– o‘quvchilar, voyaga yetmaganlar ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, idoralar, komissiyalar, mahalliy tashkilotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda izchillik va nazoratni to‘la ta’minlaganligi natijasida huquqbuzarlik , aqidaparastlik illatlarining oldi olinayapti Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur’oni Karim, Hadisi sharifdan foydalanash juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlari», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Manaviy qadriyatlar va g‘oyalar har hil millat talabalarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam beradi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi. Ismoil Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino Fariddin Attor, Marg‘iloniy Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy va boshqa buyuk mutufakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq,, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy 31 xususiyatlarini, ya’ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga katta ahamiyat berganlar. O‘zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga boy meros qoldirgan O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan «Bola tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash kerak? – deb so‘rabdi. Ibn Sino: «O‘g‘lingiz necha yoshda» deb savol beribdi va uning bir yarim oylik bo‘ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir yarim oy kechikibsiz?» - debdi. Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiyalash kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizning psixologlarimiz va pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan. Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to‘g‘ri foydalansa, - deb yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning to‘g‘ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etgan. Ibn Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat’i nazar, ota-onaning asosiy burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi – bolalar bilan birga bo‘lish va ijobiy misollardan foydalanib, alohida0alohida suhbatlashish, uning izzat nafsiga tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata ahamiyat bergan. «Ro‘zg‘orshunoslik» kitobida «Otaning bolalarga munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan: «Onalar o‘z tabiatlariga ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi, 32 ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan tanbeh berish, vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim. Oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida Alisher Navoiyning ajoyib fikrlari bor. Navoiyning fikriga ko‘ra, eng muhimi bolalarni sevish, «Bolaga, degan edi ulug‘ shoir, - kichikligidan boshlab yoshini hisobga olgan holda axloqiy tarbiya bermoq zarur»3 . taniqli shoir va pedagog Abdulla Avloniy oilada bolalar tarbiyasi to‘g‘risida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ajoyib fikrlarni bayon qilgan. O‘zining «Yashnagan o‘lka va ahloq» degan kitobida yozganidek, bolaning sog‘lig‘i va baxti avvalo uning yaxshi tarbiyalanishiga, badanining tozaligiga, e’tiqod hosil qilishiga, yaxshi xulqqa ega bo‘lishiga, uni g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlardan ogohlantirilishiga bog‘liq. Bolani tarbiyalashni tug‘ilgan kunidanoq boshlash zarurligi quyoshday ravshan va aniq, uning organizmini mustahkamlash, aqliy qobiliyatini donishmandlik nuri bilan yoritish, uni axloqiy kamol toptirish, xotirasini mashqlantirish kerak. Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug‘ullanishi lozim. «Bolalarni tarbiyalash – onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati». Mashhur pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy oila tarbiyasi masalasini, otaonalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasini yangicha tahlil qildi. U birinchi navbatda tan jazosini qo‘llashga qarshi chiqdi, uning fikricha, tan jazosi bola ruhini razil yoki yovuz va qaysar qilib qo‘yadi. Hamza oila tarbiyasida bolalar bilan ko‘proq bog‘langan onalarning rolini yoritishga kata ahamiyat beradi. Ona o‘z bolasiga mehr-muhabbat va mohirlik Bilan ta’sir ko‘rsatib borishi zururligini o‘qtiradi. Bolalar va yoshlarga ishontirish vositasi bilan burch tuyg‘usini singdirish lozim, deb hisoblaydi. Hamza Hakimzoda Niyoziy ota-onalarning bolani tarbiyalashdagi rolini yuqori baholab, «avvalo ularning xulqi namunali, qusursiz bo‘lmog‘i, ular yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lishlari zarur», - degan.U farzandlarni 3 33 tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydigan hamda o‘zlarining nomunosib xulqlari bilan ularning axloqiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ota - onalarni keskin tanqid qilgan edi. U o‘z farzandlarini tarbiyalamay, ularni faqat moddiy ta’sinlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan ota-onalarga qattiq tanbeh berar edi. Hamza «O‘z bolalarni yomon tarbiyalagan onaning jazosi» hikoyasida bolalarni yomon tarbiyalashning fojiaviy oqibatini tasvirlaydi. Unda o‘g‘lining o‘g‘rilik qilishdan ko‘z-yumgan, aksincha, uni bu ishga rag‘batlantirgan, o‘g‘li qo‘lga tushib, osishga hukm qilingan onaning ayanchli ahvoli bayon qilingan. Hamza o‘z hikoyasini «Agar farzand yomon bo‘lsa, bunga ota-onalar sababchi», - degan so‘zlarni aytgan. Hamzaning ta’kidlashicha, axloqiy poydevori oilada qo‘yiladi va otaonalar buning uchun javobgardir. «Agar, - deydi Hamza, - ota-onalar o‘z farzandlarini ilk yoshidan boshlab yaxshi tarbiya qilganlarida edi – zabonlarimizni yolg‘ondan, qo‘llarimizni jinoyatdan tiygan, quloqlarimizni tuhmat va g‘iybatdan asragan, ular bizni har qanday yomonlik va baxtsizlikdan saqlagan bo‘lur edilar». Istiqlol va ozodlik uchun kurashgan jadid ziyolilaridan biri, shoir alloma Abdurauf Fitrat ham jamiyat rivoji va millat taqdirini oila taqdiri bilan, ularning mustahkam va farovon bo‘lishi bilan bog‘liqligini o‘z asarlarida qayta-qayta ta’kidlaydi. «Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizosiga tayanadi. Qaerda oila munosabatlari kuchli intizomga tayansa mamlakat va millat ham muncha kuchli va muazzam bo‘ladi», - deb yozadi Fitrat. Abdurauf Fitrat Sharq va G‘arb olimlarining asarlarini o‘rganib, 1914 yilda «Oila yoki oila boshqarish tartibi» nomli oila masalasidagi mukammal yo‘riqnomani yaratadiki, u hozirgi kunimiz uchun ham o‘ta dolzarb va ahmiyatlidir. Fitrat turmush qurish yoshi, homiladorlik va xomilador ayollarga munosabat haqida tibbiyot nuqtai-nazardan kelib chiqib fikr yuritadi. U bola tarbiyasini ona qornidaligidayoq boshlashni maslahat beradi: Ona qornida 34 bola paydo bo‘lganidan so‘ng uning hayot-mamoti ota-onaga bog‘liq. Shuning uchun ham ular bolaning nobud bo‘lishiga olib keladigan ishlarni qilmasliklari shart. Masalan, homiladorlikning ikkinchi oyidan to‘rtinchi oyigacha ko‘p onalar bola tushiradilar. Buning sabablari qo‘rquv, kamquvvatlik, og‘ir ishlarni bajarish va ko‘p qayg‘urish bo‘ladi. Homilador ayolning gigienasi, uning toza-bahavo joylarda dam olish, iste’mol qilishi lozim bo‘lgan taomlari haqida ham muhim ko‘rsatmalar beriladi. Abdurauf Fitratning oila va oilaviy munosabatlarga oid ayrim fikrlarigina keltirdik. Uning farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi fikrlari hozirgi kunimiz uchun ham dolzarb bo‘lib, ularning barcha ijobiy va ibratli tomonlarini hayotimizda qo‘llashimiz mumkin. Sadriddin Ayniy o‘z ma’rifatparvarlik qarashlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalarini ilgari suradi. Uning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi bolani vatanga, xalqqa sadoqatli qilib kamol toptirishdir. U ijodiy va ma’rifiy faoliyatlarida, o‘qish kitoblarida bu g‘oyani bolalar ongiga singdirishga harakat qildi. Ayniy xalqning aqlzakovatini, kuch-qudratini o‘zaro do‘stlikda, mehr oqibatda ko‘rdi, bolalarda xalqqa xos bu fazilatlarni tarkib toptirishga da’vat etadi. Ayniy axloqiy tarbiyalangan bola hech vaqt yolg‘on gapirmasligini hamma vaqt chin so‘zli, sof vijdoli bo‘lishini aytadi va saxiylik, hayrixoxlik, kamtarlikni axloqiy fazilat hisoblaydi va tarbiyada bolalarda bu sifatlarni rivojlantirishni o‘qtiradi. Ayniy ahloq haqidagi qarashlarida kamtarlikni eng yuksak insoniy fazilat ekanligini alohida ta’kidlaydi. Uning o‘qtirishicha, bolalarning kamtarlik ruhida tarbiyalashda shaxsiy namuna, o‘rnak bo‘lishi muhim omildir. Ayniy mehnatni ulug‘laydi, mehnat insonga hurmat, obro‘, baxt baxsi eshitishini ta’kidlab oilada bolani yoshlik bahtidan mehnatga ko‘niktirish kerakligi aytadi. Navoiyning o‘qdirishicha, tarbiyaning maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega kishi qilib yetishtirishdir. Navoiy bolaning voyaga 35 yetishishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga, tarbiya - natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi. Navoiyning o‘qtirishicha, yosh bola yaxshi nima-yu, yomon nimaligining farqiga bora olmaydi, chunki uning tushunish fikrlash, muhokama qilish qobiliyati o‘smagan bo‘ladi. Shu sababli, u o‘z xususiyatiga ko‘ra, biror salbiy ta’sir natijasida yaramas, noto‘g‘ri yo‘lga tushib ketishi mumkin. Demak, bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq darkor. Bunda Ibn Sino bolada axloqiy xislatlarni mehnat, jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni bolani haqiqiy inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Ibn Sino ahloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bola bilan, nafsiga, g‘ururiga tegmagan holda, yakkama-yakka suhbatda bo‘lish, unga nasihat qilishni ma’qul usul hisoblaydi. Nasihat qilishda suhbatdoshga nihoyatda hurmat Bilan yondoshish, uni kamsitmaslik, ortiqcha so‘z aytib, uni zeriktirmaslik kerak. Bir xil nasihatlarni qaytaraverish bolaga ta’sir qilmaydi. U deydi: «Sening fikrlaring (bolaning)yuragiga yetib borib, unga o‘ylab, fikr yuritib ko‘rishga imkon berish. . . Agarda suhbatdoshning yoki do‘sting sening so‘zlaringga va nasihatingga e’tibor bermayotganini sezsang, suhbatni boshqa vaqtga ko‘chir». Ibn Sinoning fikricha, bolaning tarbiyasi – bu izchil va asta-sekin amalga oshiriladigan tartibdan iboratdir. 36 2 BOB. Oilada farzand tarbiyasining o‘ziga xos psixologik mexanizmlari. 2.1.Ota-onalik psixologiyasi va tarbiya shakllari. Oilada bolalarni axloqiy shakllantirish bolaning tug’ilishidan boshlanadi.U ko’pgina omillar ta`sirida tarkib topadi. Bu omillar oilaviy munosabatlar xarakteri, ota-onalarning namunasi, ulardagi ta`lim darajasi, umum madaniy saviyasi, hamda ularning pedagogik madaniyati va nihoyat oilaviy hayotning tashkil etilishidan iborat. Bu omillar oilada bolani axloqiy tarbiyalashning mazmunini tashkil etadi va ular bir qator pedagogik xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Bular qo’yidagilardan iborat: 1). Ayrim oilalarda bolalarning tarbiyasi faqat onalar zimmasida, ota esa bu ishdan o’zlarini chetga oladilar. Go’yo farzandlarini bog’cha, maktab tarbiyalab berishlari shart. 2). Ota-onalar bolalariga birdek, munosabatda bo’lishlari, bir xil mehribon va g’amxo’r, talabchan va qattiqqo’l bo’lsalar bolalar hayoti butun va mukammal bo’ladi. Biri talab qilganda ikkinchisi yonini olsa, tarbiya buziladi. 3). Ko’pgina ota-onalar bolalarini tarbiyalash borasida o’z vazifa va burchlarini to’la his qilmaydilar boshqacharoq aytganda ularda pedagogik tayyorgarlik etishmaydi. Zotan oilaviy tarbiya, avvalo ota-onalarining o’zlarinio’zlari tarbiyalash demakdir. 4). Oila hayotini to’g’ri tashkil qilish oilada sog’lom axloqli muhitni yaratish lozim. Bu ishda hech qanday mayda chuydalar bo’lmasligi kerak.Har bir narsa bolaga ta`sir qiladi.Ana shu ta`sir natijasida salbiy yoki ijobiy odatlar, turlicha xulq atvorlar paydo bo’ladi.Ota-onalarning har bir hatti-xarakatini bolalar kuzatib turadi.Shuning uchun bolaga u yoki bu ishni qil yoki qilma qabilidagi o’rgatish yo’li bilan tarbiyalayman deb uylamaslik kerak. 5). Xar bir ota-ona bolasini barkamol inson bo’lishini istaydi. Farzandlarining barkamol inson bo’lishidan nafaqat ularning o’zi, balki jamiyat ham manfaatdir.Ota-onaning fuqarolik burchi ham shuni taqozo etadi.Shunga ko’ra otaona eng avvalo, mamlakat uchun bulajak fuqaroni tarbiyalayotganini unitmaslik lozim. 37 6). Ota-ona shaxsining o’zi bola tarbiyasida muhim rol o’ynaydi. Ularning oqilona o’gitlari, pand – nasixatlarini hech biri, ularning shaxsiy namunasi o’rnini bosa olmaydi. Bolalarning axloqiy fazilatlarining tarkib topishda oiladagi o’zaro ahillik halollik va rostgo’ylik, o’zaro ishonchning mavjudligi umuman sog’lom axloqli muhit muhim ahamiyatga ega. 7). Oilada bolalarni sevish, ularni shaxsiyatini hurmat qilish va hech qachon ularning izzat - nafsiga tegmaslik zarur. Bunday jazolash usuli bola nafratini kuchaytiradi. 8). Har bir oilada uning o’ziga xos bo’lgan an`analari mavjud bu an`analar bola ongiga, uning xulq-atvoriga juda kuchli ta`sir qiladi. Masalan: oila a`zolarining tug’ilgan kunlarini o’tkazish, qarindosh-urug’lar holidan xabar olish va hokazolar. 9). Bola tarbiyasida ota-onaning ishxonasidagi mahala va qo’ni-qo’shnisi oldidagi obro’yi ham katta rol o’ynaydi va bolalarida ularga nisbatan faxrlanish hissini uyg’otadi. Ular shu ruhda tarbiyalanadilar. Shunday qilib, oilaviy tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari va ta`sir qilish omillari mavjud. Bularni hisobga olmasdan turib, bola tarbiyasini oilada yaxshi yo’lga qo’yish mumkin emas.Buning uchun avvalo ota-onalarning o’zlari tarbiyalangan bo’lishlari lozim. Oiladagi tarbiyani yuqoridagi xususiyatlarini hisobga olish, bolani axloqiy jihatdan tarbiyalashda, milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning mohiyatiga, uning o’ziga xosligi va ahamiyatini tahlil qilishga yordam beradi. Milliy mustaqillik sharoitida jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy hayotida yuz berayotgan o’zgarishlar tabiiy ravishda va qonuniy tarzda xalqning ravnaqiga yo’l ochdi, mustaqillikni mustahkamlashga samarali ta`sir ko’rsatdi. Natijada bu tarixiy jarayonlar oilada bola tarbiyasida ham o’z aksini topa boshladi.Buning uchun ota-onalarning o’zida milliy qadriyatlarga nisbatan munosabat o’zgarmog’i lozim. Ular bolalarini ota-bobolarning pand-nasihatlari, o’gitlari, tajribalari asosida, eng yaxshi va oliyjanob an`analar ruhida tarbiyalab kelganlar. Ularning dono fikrlari va turmush saboqlari davrlar g’alviridan o’tib saralanib bizgacha etib kelgan. Lekin hozirgi kunda o’zbek oilalarida bola tarbiyasi 38 borasidagi salbiy holatlarni uchratish mumkin. Masalan: ayrim ota-onalar farzandlarini bemehrligidan nolishadi. Yomon yo’lga kirib ketgan farzandlari xususida ko’pchilik ota-onalarning fikrlari bir xil: «o’z bilganidan qolmaydi, hurmat qilishni bilmaydi. Xush o’sha bemehr bolaning otasi yoki onasini tarbiyali desa bo’larmikan. Ishdan so’ng dam olish kunlari ota-choyxonada, ona ham «ishbilarmonlik» ga shung’ib ketib, go’yo bola haqida tinmay qayg’urib, boshini har eshikka urayotgan bir paytda, oilada bola tarbiyasi bilan kim shug’illanadi? ». Tarbiyasi og’ir bolalarni ko’payib borayotgani sir emas. Buni kelib chiqishini tashqi va ichki sabablari mavjud. Ota-onasi, qarindosh-urug’i bo’la turib, gohida bolalar «bolalar uyi» ga topshirilmoqda. Qachondan beri bizning xalqimiz «bolalar uyi» degan atamani qo’llay boshladi? «O’nta bo’lsa, o’rni boshqa» deya bir etak farzandni tarbiyalab voyaga etkazgan ota-bobolarimizning siri nimada ekan?Ko’p bolali bo’lish bolajonlik qilish o’zbeklarga xos milliy xususiyat hisoblanadi.Bugungi kunda ana shu milliy xususiyat kelajak avlodni axloqiy jihatdan tarbiyalashda juda qo’l keladi.Negaki oilada aka – ukasini, opa-singilisini etaklab katta qiladi, bilganini o’rgatadi.O’sib uyg’onayotganlarida biri-birini qo’llab-quvvatlaydi, bir-biriga yordam beradi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, ko’p bolali oilalarda ko’pincha, mehnatsevar o’zaro inoq va aqlli-xushli, axloq odobli farzandlar o’sar ekan. Sog‘lom avlodni tarbiyalashda oilaning urni muhim va betakrordir. Inson salomatligi va ma’naviy kamolotining birinchi poydevori oilada qo‘yiladi. Bu borada o‘zbek xalqining oilada farzand tarbiyalashdagi tajribasi diqqatga sazovardir. Bu tajribada milliy tarbiya an’analari, inson ma’naviyatini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan umuminsoniy, diniy qadriyatlar ham o‘z ifodasini topgan. Mustaqillik sharoitida oilada farzand tarbiyalash borasidag an’analarimiz davr ruhi va ehtiyojlari bilan bog‘lanib yanada kattaroq ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli oilani mustahkamlash, uning ma’naviy – axloqiy tarbiya borasidagi ahamiyatini kuchaytirish masalasi davlat siyosaida tobora katta o‘rin olmoqda. O‘zbekistonning birinchi prezidenti I.A.Karimov bu masala bo‘yicha quyidagi fikrni aytadi: “Yoshlarimizni har tomonlama sog‘lom va 39 barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi, avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy insoniy burchimizga aylanishi darkor” i . Darhaqiqat, inson ma’naviyatining birinchi kurtaklari oilada shakllanadi Oila mustahkam bo‘lishi, uning ahloqiy, huquqiy asoslari barqarorligi komil insonni tarbiyalashning birinchi zaminidir. Har bir ota – ona farzandini barkamol bo‘lib voyaga yetishini istaydi. Farzand tarbiyasi qo‘ni – qo‘shnilar ta’siri, mahallalardagi muhitga ham bog‘liqligi sababli o‘zbeklar barcha davrlarda jamoatchilikfikriga befarq qaramagan. “Hovli olma, qo‘shni ol”, “Qo‘shning tinch bo‘lsa, sen ham tinch”, degan maqollar ham ijtimoiy muhitning inson, jamiyat hayotidagi o‘rnini, ahamiyatini yuksak daajada ifodalangan hikmatlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, oilaviy tarbiyaning samaradorligi bolalarning tarbiyasi uchungina sarflangan vaqt bilan o‘lchanmay, balki oilaning ijtimoiy bosqichi bilan, ota – onalarning mahalladagi obro‘si va ularning ma’naviy – ahloqiy darajasi bilan aniqlanadi. Bundan ota – onalarning katta kishilarning yoshlar tarbiyasi yuzasidan burch va ma’suliyatini chuqur his qilishlari yetakchi mezondir. Aniqroq qilib aytganda, oila davrasida, mahallada ota – onaning ijobiy fazilat va munosabatlari bolalarning to‘g‘ri tarbiyalanishini birlamchi va zaruriy shartidir. Farzandlarning har tomonlama yetuk bo‘lib voyaga yetishlarida ota-ona, oilaning boshqa a'zolari dunyoqarashlari, hayotiy yondashuvlari va ma'naviy dunyosi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Qadimdan shunday gap qolgan "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" ya'ni, ha ota-onasiga tortibdi, deyishadi. Yaxshi xulq ham yomon xulq ham bolalarga avvalo ota-onalaridan o‘tadi. Demak har bir ota-ona o‘z farzandiga yaxshi hislatlarni bolaligidan singdirgani ma'quldir. Shunda u ulg’aygan sari oriyatli, nomusli, burchini his qiladigan, xushmomala, odobli, bemorlarga hamdard bo‘ladi. "Xadisi sharifda" "Sabr va bardosh Tangridan, shoshqoloqlik esa shaytondandir" degan ulug‘ so‘zlarni eslab o‘tish joizdir. Insonning qanday kishi bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan oila tarbiyasiga, ota-ona mas'uliyatiga, vijdoniga, shuningdek ota-onaning bola tarbiyasini umumiy qonuniyatlarini yaxshi bilishiga 40 va hamda ularga qanchalik amal qilayotganiga bog’liqdir. Oila tarbiyasidagi asosiy talablardan biri shuki, oiladagi katta yoshli hamma kishilar bolaga qo‘yiladigan tarbiyaviy talablarda bir yoqadan bosh chiqarib ish ko‘rishlari kerak. Ba'zan bolaning onasi yoki buvisi ruxsat bergan narsani otasi taqiqlab qo‘yadi, otasi bergan jazoni onasi bekor qiladi. Bolaning bir qilig‘ini buvisi maqtasa shu qiligi uchun ota uni koyiydi va hokozo.Bunday munosabat tarbiyada xatoliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bolalar kattalarni harakatlaridagi kelishmovchilikni ko‘rib mug‘ombirlik, aldamchilik, hushomadlik qilishga odatlanadilar. Bolaga nisbatan o‘zaro kelishmagan talablar qo‘yilganda u o‘zini butunlay yo’qotib qo‘yadi va nima qilishni bilmay qoladi. Kattalar o‘rgasidagi janjal va mashmashani bola ko‘rib turishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Oilada bolaning to‘g‘ri tarbiyalamog’i uchun er bilan xotinni, oiladagi katta yoshdagi kishilami o‘zaro maslahatlashib bola tarbiyasida bir xil yo‘l tutishlari g‘oyat muhimdir. Oila a'zolari o‘rtasidagi ahillik, o‘zaro hurmat va g‘amxo‘rlik bola tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Tarbiya ishi bilan doimo shug‘ullanish kerak. Tarbiya g’oyat nozik, ko‘p va darrov ko‘rina qolmaydigan murakkab ish. Uning natijasi birdaniga yuzaga chiqavermaydi. Tarbiya uzoq muddatga cho‘ziladigan, ota-ona va kattalardan bilmdonlik, qunt, sabr-chidam talab qiladigan jarayondir. Tarbiya ishi muntazam shug‘ullanishni taqozo etadi. Tarbiyada paysalga solish "keyin" "vaqtim yo‘q" "bu arzimas" "mayda- mayda" deb qarash yaramaydi. Oilada bolaning dunyoqarashi, aqliy faoliyati, mehr- muhabbat hissi, vatanni sevish va vatanparvarlik kabi tuyg‘ulari tarkib topadi va takomillashib boradi. Shunday ekan, «Yoshlik-beboshlik» bo‘lishi ham, «Yoshlik-donolikning boshlanishi» bo‘lishi ham farzandlarimizga oilada berilayotgan tarbiyaga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ayniqsa, bu borada mutafakkirlarimizning benazir ta'limotlari, o‘gitlari, asarlari, o‘zlarining hayot yo‘llari ibrat-namuna sifatida tarbiya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, «Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdir», «Yoshlikda o‘rgangan hunar - o‘zingga o‘ljaga qolar», «Yoshlikda bersin mehnat, qariganda bersin davlat», «Yoshlar xizmatda, kattalar hurmatda» va boshqa shunga o‘xshash hikmatli iboralar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mutafakkirlarning 41 o‘git-nasixatlariga ko‘ra, oilada bolalarning yoshlik chog‘idanoq bilimga qiziqish uyg‘otish, kitob mutolaa qilishga odatlantirish, shuningdek, biror kasb-hunarga mehr qo‘yishga o‘rgatish kabi qadriyatlarimizdan unumli foydalanishimizni taqozo etadi. Donishmandlarimiz farzandlar tarbiyasi haqida fikr yuritar ekan, har bir yosh oila muhitida quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligini alohida ta'kidlaydilar: - ota-ona va boshqa izzat-hurmatga ega zotlarning hurmatini joyiga qo‘yish; - aka-uka, yor-do‘st, qarindoshlar va el-yurtga sadoqatli bo‘lish; - o‘z vatani va xalqiga xizmat qilish; - or-nomusi uchun kurashish; - o‘z nomusi, obro‘-e'tiborini qo‘riqlash; - o‘z oilasi or-nomusi uchun kurashish; - oilasining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini ta'minlash; - farzandining el-yurt, Vatan manfaati uchun xizmat qilish; - farzandlarni shijoatli, g‘ayratli, matonatli etib tarbiyalash; - oila va oila a'zolarini do‘stlar davrasida shafqat va e'tibordan go‘zal odatlardan bahramand etish; - bo‘sh vaqtini foydali ishlarga sarf etish va boshqalar. Donishmandlarning yaratgan o‘git hamda pand-nasihatlari bugungi kunda ham o‘zining tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmay, ta'lim-tarbiya ishida o‘z samarasini bermoqda. Oila tarbiyasi -jamiyat tarbiyasining negizi.Ko‘p millatli O’zbekiston aholisini katta oilaning a'zolari deb tushunish mumkin. Oila xuquqiy va ma'naviy - axloqiy asoslar negizida barpo etiladi, unda demokratik tarbiya negizlariga asos solinadi. Shu sababli o‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oila a'zolari, qarindosh-urug‘lari, birodarlari hamda qo‘shnilarining sihatsalomatligi, omonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. O’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida yuqoridagi holatlarga e’tibor bersak, o’ylaymanki, jamiyatimizga nafi yetadigan sog’lom dunyoqarashli kishilarni yetkazib berish ishiga o’z hissamizni qo’shgan bo’lamiz. 42 2.2 Ota-ona – bola” munosabatlarining psixologik xususiyatlari. Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi shaxs ongiga ko‘rsatayotgan ko‘rinmas ta’sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda. Bu sharoit takozo etayotgan bilim ko‘nikma va malakalar shaxslarda to‘la shakllanganligini talab etadi. Shaxsning mavjud bilimi, kasb-hunari, malakalari esa bu o‘rinda kamlik qilib qolmoqda. Avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan insoniy fazilatlarning o‘ziga xos jihatlari ya’ni did, farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilishi, bu jarayonni ijtimoiy xarakterini ega ekanligitni ko‘rsatadi. Tarbiyaning sifatlari shaxsning kundalik hayot ehtiyojiga aylangandagina u samarali bo‘ladi. Tabiiyki, bunday sifatlarga oilaviy tarbiya natijasida erishish mumkin. Avvalo bunda ijtimoiy tarbiyaning o‘rnini alohida ta’kidlash joizki, bu shaxsning jamiyatdagi ijtimoiylashuvini ta’minlash imkonini beradi. Ma’lumki bu jarayonda oilaning ijtimoiy xarakteri katta bo‘ladi. Oilada oila a’zolarining, shu nuqtai nazardan ularning birligiga, o‘zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya bugungi kunning murakkab muammolardan biri xisoblanadi. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o‘ziga xos ibtidoiy guruh bo‘lib, tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi. Ta’kidlaganimizdek, oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiya bilan almashtirish bolalar kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yasli, bog‘chalarga bormay, faqat oilada o‘sgan va voyaga yetgan bolalar maktabga borganlarida o‘z tengqurlari ichida ko‘p jihatlari bilan ajralib qoladi. Oilaning bolalarga moddiy va ma’naviy g‘amxo‘rligini, ko‘rsatayotgan tarbiyani yasli, bog‘cha tarbiyasi bilan yoki, aksincha, yasli bog‘cha tarbiyasini oilaviy tarbiya bilan almashtirib bo‘lmaydi. Faqat o‘zaro hamkorlik masalani ijobiy hal etish imkoniyatini beradi. Lekin o‘zining xususiyatlari va takrorlanmas ta’siri bilan oila bola tarbiyasida muhim omilligicha qoladi. Amaliyotda kuzatganimizdek, bolada ota-onasining mehri, erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindoshurug‘lariga bo‘lgan hissiyotlari shakllanib boradi. Bolaning otasiga bo‘lgan 43 hurmati onaning hurmatini joyiga qo‘yishda asos bo‘ladi. Onaga bo‘lgan mehrmuhabbat natijasida o‘z oilasiga, yaqinlariga, voyaga yetganda boshqalarga bo‘lgan munosabatlarda o‘z aksini topadi. Ikkinchi tomondan bolalar ham o‘z ota-onalariga ta’sir ko‘rsatadilar. Oilaviy aloqalarni oilaviy qiziqish, ma’naviy qoniqish hislatlarini takomillashiga sabab bo‘ladilar. Ota-onalarning o‘ziga va bolalariga bo‘lgan talabchanligi, katta va kichiklarning o‘zaro munosabatlari, do‘stona muhit, ishonch va o‘zaro birbirlarini tushunish oila, maktab va jamoatchilikning bolalar tarbiyasi yuzasidan olib boriladigan muhim omillaridan biri ekanligini e’tirof etish maksadga muvofiqdir. Bunday birlikning amalga oshishida, avvalo, ota-onalarning siyosiy ongliligi muhim rol o‘ynaydi. Chunki ota-onalarning faolligi oilaviy hayotda o‘z ifodasini topadi. Shu ma’noda bolalar o‘z ota-onalarining siyosiy va fuqarolik qiyofalariga qarab o‘z xulq-atvorlarini tartibga soladilar, hurmatlarini joyiga qo‘yishga o‘rganadilar. Bolalar ulg‘aya boshlashi bilanoq o‘z otaonalarining qaerda ishlashlari, jamiyatda tutgan o‘rinlari, ularning bilimiga qiziqa boshlaydilar. Shuning uchun ham ota-onalarning nimalarga qiziqishlarini, kimlar bilan safdosh ekanliklarini bolalar mumkin qadar ertaroq bilishlari kerak. Ota-ona qanday ishda bo‘lmasin uni jiddiy, el hurmatiga loyiq bir ish deb biladigan bo‘lishi kerak. Bu borada oiladagi tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil etilishi yuzasidan javobgarlik ayrim holatlarda ma’lum darajada maktabga yuklatiladi. Oiladagi hukmronlikning tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlash maktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning mazmunli tashkil etilishiga dastlabki ta’sirni maktab belgilaydi. Maktabgina oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qila oladi. Bu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishida, ijobiy hal etilishida ota-onalar o‘rtasida olib boriladigan tarbiyaga oid targ‘ibotning roli benihoyadir. Chunki ota-onalarni hozirgi zamon ruhiy-ta’lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirmay turib, oilaviy tarbiyani yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Ommaviy-tarbiyaviy targ‘ibotda eng 44 yaxshi oilalar namunasida ta’sir ko‘rsatish eng maqbul yo‘ldir. Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir. Chunki, birinchidan, bola tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligining o‘zi murakkab jarayon bo‘lib, bunda muallimlardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yoshlar, kasaba uyushmalari ishtirok etadilar. Ikkinchidan, ota-onalar va qarindoshurug‘lar turli mehnat jamoalarining vakillari bo‘lib, ishlab chiqarish va yoru do‘stlarining ma’naviy xayotlaridagi omillarni muhokama qiladilar, ularning hayotga, oilaviy majburiyatlarga bo‘lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday toifa oilalarida tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalarning ko‘chada, jamoat joylaridagi hayot faoliyatlariga qarab o‘z otaonalariga baho beradilar. To‘plangan tajriba bolalarni yasli, bog‘cha, maktabdagi o‘rtoqlari bilan muhokama qilish orkali ba’zan taqlid qilish xollari kuzatiladi. Oilalarning bolalar tarbiyasi uchun imkoniyat doiralari ancha keng bo‘lib, ko‘plab oilalarimiz moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan. Oila jamiyat hayotini olg‘a suruvchi, uni yanada yuksak bosqichlarga ko‘tarib ravnaq toptiruvchi, kelajak avlodlarni tarbiyalab yetishtiruvchi, kamol toptirish uchun mas’ul bo‘lgan g‘oyat muhim o‘chog‘dir. Jamiyatimiz taraqqiyoti o‘zining rivojlanish qonuniyatlariga asoslangan holda shaxs yetukligini taxminlovchi va tarbiya samaradorligini oshiruvchi omillarni vujudga keltirish talabini qo‘ymoqda. Shu bilan birga jumhuriyatimiz taraqqiyoti bilan oila, uning barcha hayotiy bosqichlari jiddiy o‘zgarishlarga uchraetganligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Bizning yangi oila vujudga keltirish borasidagi muvaffaqiyatlarimiz shak-shubhasizdir. Oila erkaklar va aellarning to‘la teng huquqligi, oila uchun bab-baravar javobgarligi asosida quriladi. Biroq, yangi oilani vujudga keltirish oddiy ish emas. Bu murakkab jaraen bo‘lib, uning o‘z muammolari mavjud. Mustaqil oila - uning eng muhim negizlaridan biridir. Respublikamiz moddiy-texnika bazasining rivojlanishi o‘z navbatida oilaning moddiy va ma’naviy kamolotiga, bu esa, o‘z navbatida oiladagi Bolalar tarbiyasiga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarni tarbiyalashda ota-ona, oila, maktab, jamiyat a’zolarining ta’siri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuni inobatga olgan holda, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda ota-onaning, oilaning o‘rni haqida so‘z yuritamiz.Bolaning xarakteri, tabiati, tarbiyasi, dunyoqarashi, atrofdagilarga munosabati oila sharoitida qaror topadi. Shuningdek, bola ma’naviyatini shakllantirish ta’lim-tarbiya tizimi bilan ham uzviy bog‘liqdir. Bola tarbiyasini qachon boshlash lozim, uning tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor berilish kerak, bu jarayonda oila va o‘quv dargohining roli qanday? kabi savollar ko‘p ming yillik tarix davomida insoniyatni o‘ylantirib kelmoqda. Ota-ona bolaning birinchi ustozlaridir. Bola ota-onasining hattiharakatlarini ko‘rib, ularni o‘rganib ulg‘ayadi. Bir olimning yoniga uch oylik chaqaloq bilan kelib, undan “bola tarbiyasini qachon boshlash kerak?”, - deb so‘raganlarida, olim: “o‘n ikki oy kechikdingiz”, deb javob bergan ekan. Ya’ni, tarbiyani bola tug‘ilganidan keyin emas, balki homiladorlik davridanoq boshlash kerak. Bunda onaning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ingliz shoiri va dramaturgi O. Goldsmit aytganidek, ayollar insoniyatning ilk murabbiylaridir. Zero, tug‘ilmagan bolaning olamga nisbatan ishonch va ishonchsizlik hissi bolaga onadan kelib tushuvchi ma’lumotlar asosida shakllanadi. Onaning his-tuyg‘ulari bola psixikasi va xarakterining shakllanishida yo ijobiy, yo salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tug‘ilajak bola jismoniy rivojiga onaning hayot tarzi, ovqatlanish madaniyati, zararli odatlari bor yoki yo‘qligi ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, agar ota yoki onada salbiy 50 odatlar bo‘lsa, bu ularning farzandlarida qaytalanadi. Bu odatlar bolaning jismoniy holatigagina emas, balki uning ruhiy-ma’naviy holatiga ham ta’sir qiladi, albatta. Ota-onaning bolaga go‘daklik chog‘idan sevgi, mehr berishi, to‘g‘ri parvarish va tarbiya qilishi unda ishonch tuyg‘usini shakllantiradi. Bu davrda ota-ona va farzand o‘rtasida iliq, yoqimli taassurot uyg‘onadi. Bola boshqalar bilan ham shunday munosabatga kirishadi. Bolaning o‘ziga ishonishi, o‘zini hurmat qilishi muhim bo‘lib, ota-ona doimo uni tinglashi, uni rag‘batlantirishi, unda sevgi, mehr, hurmat, sabr-qanoat va ishonch tuyg‘ularini uyg‘otishi lozim. Olimlar jamiyatda tez tushkunlikka tushadigan insonlarni o‘rganib tahlil qilganlarida, ularning ko‘pchiligi bolalik davrida yaqinlari tomonidan kam e’tibor berilgan yoki umuman e’tiborsiz o‘sganliklari aniqlangan. Oilada yetarli mehr va samimiylikni ko‘rgan bola axloqiy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirishga intiladi. Valid ibn Numayr ibn Avsdan rivoyat qilinadi: “U otasining “Solihlik Allohdan, odob otalardan”, - deganini eshitgan ekan. Bundan ma’lum bo‘ladiki, bolaning kim bo‘lib yetishishi Alloh taoloning qadari bilan bo‘lsa ham, uning odobli bo‘lishida ota-onaning o‘rni katta. Zero, Allohning O‘zi bolaning kim bo‘lib yetishishiga ota-ona tomonidan beriladigan tarbiyani sabab qilib qo‘ygan. Agar uyda kattalar baqirib chaqirishsa, bunday oilada ulg‘ayayotgan bolaga sokin va sabrli bo‘lishni o‘rgatish qiyin. Zero, qush uyasida ko‘rganini qiladi. Bola jamiyat qadriyatlari va madaniyatini oiladan o‘rganishni boshlaydi. U, eng avvalo, ota va onasidan ibrat oladi. Bola uyda hamma narsani kuzatishi, eshitishi, ko‘rishi, taqlid qilishini unutmagan holda harakat qilish lozim. Ota-ona qanchalar yaxshi tarbiya bermasin, o‘z xulq-atvorini tuzatmasa, bolasining boshqalarga ibrat bo‘ladigan farzandga aylanishini kutmagani ma’qul. Bolani qattiq nazorat qilish, unga baqirish, yonida janjallashish, vaqtida ovqatlantirmaslik, atayin yig‘latish – endigina ishonch tuyg‘usi uyg‘onayogan bolaga katta yomonlik qilish bilan teng. Natijada bola qo‘rqoq, ichimdagini top, deydigan bo‘lib qoladi. Kattalar buni sezmasliklari mumkin. Biroq, mutaxassislar fikricha, ota-onaning tez-tez janjallashishlari bolaning kasalliklarga oson chalinishi, yolg‘on gapirishi va tartibsiz bo‘lishining bosh 51 sababidir. Farzand maktabga ilk qadamini qo‘yganidan boshlab, qiyinchiliklarni yengishga ishonishi lozim. Savollariga u tushunadigan tarzda javob berish kerak. Unga dalda bo‘lish, qoqilganida o‘rnidan turib, oldinga intilishni o‘rgatish lozim. Sog‘lom bola oilada shakllanadi va kamol topadi. Bu o‘rinda ota-onaning psixologik-pedagogik bilimi, dunyoqarashi hamda madaniyati yetakchi omil hisoblanadi. Bolaga bo‘lgan munosabat, ya’ni uni eshitish, ehtiyojlarini o‘rganish, mumkin va mumkin emaslarni psixologik talablar darajasida bo‘lishi talab etiladi. Ko‘rib o‘tdikki oilada bola tarbiyasi masalasi qadim-qadimlardan bo‘yon barcha axli donishlarning fikrlari qaratilgan eng asosiy masalalardan hisoblangan. Hattoki, urf-odatlarimiz, an’analrimiz ham bolalarni har tomonlama shakllantirishga qaratilgan. Allomalarimizning qarashlari, an’analarimiz asrlar o‘z hikmatli tomonlarini yo‘qotmay, tobora sayqal topib hozirgacha keldi. Ular o‘z navbatida oilada bola tarbiyasida ijtimoiy pedagogik asos bo‘lib xizmat qiladi. Oilada bola tarbiyasidagi ijtimoiy pedagogik asoslar esa jamiyatda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Bu jarayonlar tub o‘zgarishlar davrini boshidan kechirayotgan jumhuriyatimizda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hozirgi kunda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi natijasida barcha sohalar kabi oilada shaxslar aro munosabatlar, shu jumladan ota-ona va farzandlar orasidagi munosabatlar ham davr talabiga mos holda shakllanmoqda. Bunday munosabatlarning shakllanish negizida esa o‘tmish, madaniy merosimizni, milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni tiklash va ularni amaliy faoliyatda qo‘llash hamda xususiy mulkka, ishbilarmonlikka, tadbirkorlikka keng e’tibor berish ularni kishilarimiz hayotiga tadbiq etish kabi omillar yotadi. Oilada farzand tarbiyasini to‘laqonli, davr talabiga mos holda amalga oshirish uchun bolalarga o‘tmish madaniy merosimizni, milliy qadriyatlarimizni o‘rgatish bilan bir qatorda yosh avlod ongiga umuminsoniy qadriyatlarni bilish, jahon xalqlari tillarini, madaniyatini mukammal o‘zlashtirish, eng asosiysi yoshlarni ilm-fan, texnikaning so‘nggi yutuqlarini egallashga undash hayotiy zaruratdir. 70 Bugungi kunda davlatimiz amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlar yagona maqsadga aholining moddiy sharoitini yaxshilash, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan. Yana bundan tashqari kelajagimiz hisoblanmish bolalar va ularning tarbiyasiga keng e’tibor berilgan bo‘lib, uni «Sog‘lom avlod ordeni»ning «Umid» va shu kabi turli xil jamg‘armalarning ta’sis etilishida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ota-onaning o‘z farzandi tarbiyasiga e’tibor bermasligi, uni o‘z holiga tashlab qo‘yishi, bu sohadagi vazifalarga bir tamonlama qarash ota-onaning burchini jamiyat oldidagi ma’suliyatini his qilmaslikdir. Har bir ota -ona o‘z farzandi tarbiyasi bilan asosli ravishda shug‘ullanishi, buning uchun esa ta’lim-tarbiya ishining o‘ziga xos tomonlarini, qonuniyatlarini, bolaning pedagogik-psixologik va yosh xususiyatlarini, jismoniy va fiziologik rivojlanish qonuniyatlarini bilishlari, yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi muvoffaqiyatlariga erishishning asosiy omilidir. Oiladagi bobo, buvi, ota-ona , aka-opalar bilan birgalikdagi munosabatlarida tarbiyalanib boradiTarbiyaning axloqiy jihatlarii shakllanadi. 1. Ota-onalar o‘rtasida tarbiyaga oid bilimlarni targ‘ib qilish, ayniqsa, oilaviy tarbiyada qiyinchilikka uchrayotgan ota-onalarga jamoatchilik yordamini kuchaytirish lozim. Oilaviy tarbiyada ijobiy yutuqlarni qo‘lga kiritgan otaonalarning tajribalaridan foydalanish uchun ularni maktabning kengaytirilgan yig‘ilishlariga, ota-onalar qo‘mitalarining majlislariga taklif etish va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishni yo‘lga qo‘yish nihoyatda muhimdir. Ulardan unumli foydalanish uchun maktablarda ota-onalar kunini joriy etish zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.Toshkent.-“O‘zbekiston”.-2008. 2. Karimov, Islom Abdug‘anievich. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. I.Karimov-T.: «Ma’naviyat», 2009.- 176 b. 3. Karimov I.A. «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida». 4. Karimov I.A. «Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» Toshkent, «O‘zbekiston», 1997 y. 283 b. 5. Karimov I.A. «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» Toshkent, «O‘zbekiston», 2000 y. 5 b. 6. Karimov I.A. «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» Toshkent, «O‘zbekiston», 1992 y. 80 b. 7. Karimov I.A. «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir» «O‘zbekiston» nashriyoti, 1995 y. 8. Abu Ali Ibn Sino.Tadbiri manzil,1-jild.-Toshkent.,1994.- 304 b. 9. Axatova D. «Abdurauf Fitratning oilaviy munosabatlarga oid qarashlari» «Xalq ta’limi» jurnali Toshkent, 2006 y. 4-son, 62-65 b. 10. Ahliddinov R. «O‘zbek oilasi fazilatlari» «Xalq ta’limi» jurnali. Toshkent 1998 y. 1-son, 51-56 b. 11. Zunnunov A. «Pedagogika nazariyasi» Toshkent, «Aloqasi» 2006 y. 12. Inomova O. «Farzand-nihol, ota-ona bog‘bon» Toshkent, «O‘qituvchi» 1994 y. 13. Inomova M. «Oilaviy tarbiyani takomillashtirishning nazariy asoslari» «Xalq ta’limi» jurnali. Toshkent, 1998 y, 3-son, 12-19 b. 14. Inomova O. «Oila tarbiyasida milliy xususiyatlarni hisobga olish» «Xalq ta’limi» jurnali. Toshkent, 2004 y, 5-son, 56-58 b. 15. Uzoqov X., G‘oziev E., Tojiev A. «Oila etikasi va psixologiyasi» Toshkent; «O‘qituvchi» 1992 y, 125 b. 16. Uzoqov X., G‘oziev E., Oripova L. «Oila axloqi va odobi» Majmua. Toshkent; «O‘qituvchi» 1995 y, 198 b. 74 17. Xolmatova M. «Oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish – sog‘lom avlod tarbiyalash omilidir» «Xalq ta’limi» jurnali. Toshkent; 1998 y, 1-son, 37-42 b. 18. G‘oziev E.G. O‘zbek xalqining etnopsixologiyasi va bola tarbiyasi. O‘zbek oilasining etnopsixologik muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent, 1993. 8-9 s. 19. G‘oziev E.G. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent, "O‘qituvchi", 1990.-184 s. 20. G‘oziev E.G. Psixologiya. Toshkent, "O‘qituvchi", 1991.-220. 21. Munnavarov A.K. Oila pedagogikasi. Toshkent, "O‘qituvchi", 1994. - 112 s. 22. Davletshin M.G. Abduraxmonov F. R. Qadimgi sharq mamlakatlarida psixologik fikrlar taraqqiyoti. Toshkent, 1995. -26 s. 23. Hadis namunalari. Toshkent, "Fan", 1990.-168 s. Internet manbalari: 1. http: www.lib.psixology.msu.ru 2. http: www.lib.psixology.ru 3. http: www.Ziyonet.uz 4. http: www.google.uz 5. http: www.Pedagog.uz 75 Download 42.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling