Mavzu: Oilaga kompleks ijtimoiy- psixologik yordam reja Zamonaviy sharoitda oilani psixologik taminlash tizimi


PSIXODIAGNOSTIKA NATIJALARINI SIR SAQLASH TAMOYILI


Download 18.46 Kb.
bet2/2
Sana24.04.2023
Hajmi18.46 Kb.
#1395689
1   2
Bog'liq
4 Mavzu

1. PSIXODIAGNOSTIKA NATIJALARINI SIR SAQLASH TAMOYILI
2.ZIYON YETKAZMASLIK TAMOYILI
3. TAKLIF ETILADIGAN TAVSIYALARNING SAMARADORLIGI TAMOYILI 4.XULOSALARNING OB’EKTIVLIGI TAMOYILI
5.PSIXODIAGNOSTIK METODIKALARNING ILMIY ASOSLANGANLIGI TAMOYILI shaxsning sub’ektiv ustanovkalariga mutlaqo bog‘liq bo‘lmasligi va u tomonidan belgilangan bo‘lmay, balki dalilli va ishonchli metodikalarni qo‘llagan holda o‘tkazilgan testlashtirish natijalariga asoslangan bo‘lishi shart. Taklif etiladigan tavsiyalarning samaradorligi tamoyili - bunday tavsiyalar kimga berilayotgan bo‘lsa, shu odamlar uchun albatta foydali bo‘lishi kerak. Testlashtirish natijalaridan kelib chiqqan holda o‘rganilayotgan odam uchun foydasi tegmaydigan yoki qanday oqibatlarga olib kelishi noma’lum bo‘lgan amaliy tavsiyalarni berishga ruxsat etilmaydi. Psixodiagnostika ishlarini amalga oshirishda psixodiagnostikaga qo‘yiladigan yuqoridagi talablar bilan bir qatorda, amaliyotchi psixolog shaxsiga ham alohida kvalifikatsion talablar qo‘yiladi. Ularning asosiylari: yaxshi nazariy tayyorgarlikka ega bo‘lish, psixodiagnostik metodikalar va ularni qo‘llash qoidalarini mukammal bilish, tegishli metodikalardan amalda foydalanish borasida yetarlicha tajribaga ega bo‘lish kabilardir. Ta’kidlash joizki, ijtimoiy-iqtisodiy tizimi mo‘tadil bo‘lgan qator rivojlangan mamlakatlarda psixodiagnostik testlardan foydalanish, ularning natijalarini e’lon qilishga nisbatan qonuniy qayd etilgan cheklanishlar mavjud.
Amaliyotchi psixologning etik kodeksidan namunalar. Etik kodeks - deb, odamlarning ular muloqotga kirishadigan u yoki bu jihatlardagi o‘zaro munosabatlari va faoliyatida amalga oshadigan xulqining axloqiy qoidalari majmuiga aytiladi. Etik kodeks asosida o‘zida adolat, mehribonlik mezonlarini namoyon etadigan, axloqiy me’yorlar yotadi. Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatuvchi xodim o‘z faoliyatida quyidagi axloqiy - etik me’yorlarga amal qilishi shart: 1. Odamni uning ixtiyoriy roziligisiz psixologik tadqiqotga jalb qilmaslik kerak (qonunda belgilangan alohida sud, sud-psixologik ekspertiza yoki meditsina amaliyoti holatlari bundan mustasno). 2. Psixodiagnostik testlashtirish o‘tkazishdan oldin sinaluvchini, u tadqiqot jarayonida o‘zi anglamagan (sezmagan, bilmagan) holda o‘zi haqida, o‘z fikr o‘ylari, hissiyoti haqida ayrim ma’lumotlarni berib yuborishi mumkinligi haqida ogohlantirib qo‘yish lozim. 3. Agar bu qonunda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, har qanday odam (sinaluvchi) testlashtirish natijalarini va undan olingan ma’lumotlarni va ulardan kim, qayerda va nima maqsadda foydalanishi mumkinligini bilishga haqli. 4. Psixologik testlashtirish natijalari testni o‘tkazgan odam tomonidan sinaluvchiga to‘g‘ri tushuniladigan shaklda berilishi kerak. 5. Voyaga yetmagan sinaluvchilarni testlashtirishda ularning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, bolaning testlashtirish natijalarini bilishga haqli. 6. Agar testlashtirish odamning psixik rivojlanganlik darajasini aniqlash, konkurs asosida tanlab olish yoki ishga qabul qilish maqsadida o‘tkazilayotgan bo‘lsa, bunda ham sinaluvchi nafaqat testlashtirish maqsadi, balki u haqda test natijalariga ko‘ra qanday asosda xulosa qilinishini bilishga haqli. 7. Psixodiagnostik testlardan amalda foydalanish uchun asosiy javobgarlik ularni qo‘llayotgan shaxslarga va tashkilotlarga yuklatiladi.
O‘zbekiston psixologlari tomonidan o‘zbek oilalariga xos muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ana shu ilmiy ishlarda oila-nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, o‘zbek oilalaridagi milliy o‘ziga xoslik, undagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi muhim sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar har tomonlama o‘rganilib tahlil qilingan. Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Oila psixologi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlaydi. Xo‘sh, qanday hollarda oila psixologi zarurligini taqozo qiladi? Oilaviy psixologiya - oilaning ijtimoiy institut maqomidagi faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlarini, oila-nikoh hamda qarindoshurug‘chilik munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo‘lishini o‘rganadi. Ijtimoiy psixologiyaning amaliy tarmog‘i sifatida u nikohga oid ustanovkalarni, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning - mehribonlik, g‘amxo‘rlik, hamdardlik, hamjihatlik, tobelik, bo‘ysunish, yetakchilik kabi o‘ziga xos qirralarini, oilaviy rollar taqsimoti va o‘zaro ta’sirning jinsga oid qonuniyatlarini, ota-ona va farzandlar, yaqin qarindosh urug‘lar o‘rtasidagi hissiy-emotsional bog‘liqlikni, oilaviy ro‘zgor yuritish va turmush tarzini tashkil etishga bog‘liq bo‘lgan psixologik jarayonlarning kechishini tadqiq etadi, o‘rganadi. Oilaviy hayot psixologiyasi, shunday qilib, insonlarning qanday qilib o‘zaro qovushishlari, birgalikda yaxshi niyat bilan oila - ro‘zg‘or 38 yuritishlari, bahamjihatlikda hayot kechirishlarini o‘rganuvchi fan tarmog‘idir. Halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan. Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o‘zaro munosabatlari majmui bo‘lib hisoblanadi. Oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo ko‘z o‘ngimizda ona siymosi shakllanadi. Oila muqaddasligini ta’minlovchi birinchi omil - ona, ahli ayolning pokizaligi, oqilaligi, mehru - muruvvati, sadoqati va vafodorligidir. Ota-onalar munosabatlarda namoyon bo‘luvchi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy toifadagi qadriyatlar ularning o‘zaro munosabatlarida uyg‘unlasha borib, oilada o‘zaro munosabatlar maromini vujudga keltiradi. O‘zbekiston psixologlari tomonidan o‘zbek oilalariga xos muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan, ya’ni, - oila-nikoh munosabatlari; - yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash; - o‘zbek oilalaridagi milliy o‘ziga xoslik; - o‘zbek oilalaridagi nizolar va ularni keltirib chiqaruvchi muhim sabablar; - ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi birqator masalalar har tomonlama o‘rganilib tahlil qilingan. Har bir oila konkret davr, vaqt, zamon va makonda mavjud bo‘lganligi sababli, u avlodlararo bog‘liqlik, ma’naviy meros, milliy an’analar, urf-odatlar va rasm-rusmlarni saqlovchi noyob insoniy uyushmadir. Shu institut bo‘lgani sababli, har bir millat, elat va xalqlarning noyob udumlari asrlar osha saqlanib kelmoqda. Umuman, nikoh deb atalmish qadriyatning mavjudligi va unga avlodlarning e’tiqod qilishi ham oilaning muhim vazifasidir.

Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari Kuzatish metodi Konkret vaziyatlarni tahlil qilish metodi So‘rov metodi Statistik metodlar Eksperiment 1. Kuzatish metodi. Oilaviy munosabatlarni kuzatish deb oilaviy va turmush vaziyatlarida odamlarning tashqi xulq-atvorini idrok etish va muntazam qayd etib borishga bog‘liq faoliyatga aytiladi. 2. Konkret vaziyatlarni tahlil qilish metodi. Oila muhitida yoki hayotiy sharoitlarda ro‘y bergan voqea-hodisalarni qayd etish unga kompleks yondashuvni talab etadi. Bunda o‘rganayotgan shaxs testlar o‘tkazishi, oila a’zolarining biografik ma’lumotlarini tahlil etishi yoki aniq maqsadli so‘rov o‘tkazishi mumkin. 3. So‘rov metodi. So‘rov odatda bevosita yuzma-yuz ko‘rishib o‘tkazilishi, telefon orqali yoki pochta orqali yuborilgan yozma savolnoma tarzida o‘tkazilishi mumkin. 4. Statistik metodlar. Matematik statistikaning qator usullari empirik izlanishlar davomida qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarning qay darajada ilmiy jihatdan asoslanganligini isbotlash maqsadida qo‘llaniladi. 5. Eksperiment. Ushbu usul yordamida bir omil ta’sirining boshqa bir omil yoki xolatning kelib chiqishiga turtki bo‘lishini aniklash mumkin. Odatda oilaviy munosabatlar dinamikasini o‘rganishda, u yoki bu xodisalar yoki omillar o‘rtasidagi bogliklikni aniqlashda eksperiment usulidan foydalaniladi.


ADABIYOTLAR



  1. Z. T. Nishonova SH. T. Alimbayeva Psixologik xizmat . darslik

  2. . Musurmonova O. Oila - jamiyat tayanchi. – T. Yoshlar nashriyot uyi, 2019. 251 bet. 25.

  3. Musurmonova O. Oilada bola tarbiyasining aktual masalalalari. – T: 88.

  4. Musurmonova O. Farzandlarimga nasihatlar. – T. Yoshlar nashriyot uyi, 2020. 268 bet.

Download 18.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling