Mavzu: Oilda ota-ona va farzand munosabatlari
Download 329.97 Kb.
|
oila
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Oliy malumotli hamshira fakulteti Mavzu: Oilda ota-ona va farzand munosabatlari. Bajardi: Murodova S Tekshirdi: Abdurahmonova N Reja
” Dunyo yaralibdiki bu hayot mavjud, bu hayot mavjud ekan, dеmak insoniyat yashaydi, insoniyat yashar ekan, unda oila bo‘lishi tabiiy hol. Bugungi kunda еr yuzida oila qurmay yashayotgan xalq yoki elat bo‘lmasa kеrak. Dunyoning qaysi burchagiga bormang o‘sha joyda xalq bor, millat bor, albatta oila bor. Oila qadim-qadimdan o‘sib kеlayotgan yosh avlodga ajdodlardan qolgan milliy udumlarimiz, milliy tarbiya, ma'naviy dunyoqarashlarni shakllantiradigan, odob-ahloq, ezgu niyatlar, qadriyatlar, eng buyuk insoniy fazilatlarni еtkazuvchi muqaddas dargohdir” I. Karimov Oila - ijtimoiy, tabiiy omillar asosida shakllangan kichik jamoa sifatida ikki jinsga mansub bo'lgan shaxslar o'rtasidagi munosabatlarning birga hayot qurib nasl qoldirish, faqat farzandni dunyoga keltirish emas, balki ularni ma'naviy va jismoniy kamol toptirib, hayotga mustaqil qadam qo'yishiga sharoit yaratishdir. Oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning o'zi yohud bir ayolning o'zi oila bo'la olmaydi Shu ma'noda oila jamiyat ichidagi jamiyatdir Oila tabiatning eng go'zal mo''jizalaridan biri bo'lib, u insonlrga xos “tabiiy-biologik”, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy birlikdir. Jamiyat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi hujjat bo'lgan qomusimiz– Konstitutsiyamizda oila masalasiga ham alohida urg’u berilgan. Konstitutsiyamizda: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g’inidur hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega” Ajdodlarimiz oilaning mustahkam bo'lishiga alohida e'tibor berganlar. Shuningdek bo'lajak oila bekasiga eng zarur o'gitlar, maslahatlar berib oilaning baxtli bo'lishiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shganlar. Buyuk allomamiz Abu Rayhon Beruniy: “Ey qizim! Sen o'rgangan uyingdan ketib, begona xonadonga tushmoqdasan. Sen er bo'l, u osmon bo'ladi. Sen u bilan shunday yo'l tutki, uning oldida er kabi kamtar bo'lsang, u osmon kabi olijanob bo'ladi. Osmon shifoli yomg’iri bilan erni ko'kartirgani kabi, u ham o'z mehr-shafqati bilan seni xushnud etadi”, - deb yozgan. Oilaning asosini ota-ona, aka-uka, opa-singil, kеlin-kuyov, tog‘a-xola, amma-amaki, yosh bolalar va go‘daklar tashkil qiladi. Mana shu insonlarning tinch-xotirjam, ahil-inoq, baxtli-saodatli, mеhr-oqibatli, muxabbat va sadoqatli yashashlari uchun oilaning asoschilari ota va ona asosiy ustunlar hisoblanadi. Shunday ekan oilda ota-ona farzand munosabatlari qaror toptirish muhim omil hisoblanadi. Download 329.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling