Mavzu: okean osti zonalari
Download 21.27 Kb.
|
OKEAN OSTI ZONALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maydonining kattaligi.
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Dunyo okeani tushunchasi. Dunyo okeani deb Yerning materik va orollarini o‘rab turgan payonsiz suv qobig‘iga aytiladi. Okean tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda Yerni aylanib oqadigan azim daryo degan ma’noni bildiradi. Dune okeani Yerni suv qobig‘i bo‘lib, o‘zining fizik va kimyoviy xususiyatlari, suvining kimyoviy tarkibi, sayyora bo‘yicha akvatoriyasining tutashganligi jihatidan geografik qobiq va landshaft sferasining bir butun tabiiy geografik tizimini tashkil etadi. Dunyo okeani geografik qobiqda takrorlanmas tabiiy geografik hosila bo‘lib, u o‘ziga xos moda va energiya almashinish, fizik va kimyoviy, vertikal va gorizontal differensiatsiyalanish xususiyatlari bilan materiklardan farq qiladi.
Maydonining kattaligi. Sayyoramizning 361 mln. km3 maydoni yoki 70,8% qismi okean suvi bilan qoplangan. Dune okeanining umumiy suv hajmi 1370 mln. km3, o‘rtacha chuqurligi 3795 m. okean suvi Yer yuzid natekis taqsimlangan. Uning katta qismi ekvatordan janubda, kamroq qismi esa shimolda joylashgan. Okean akvatoriyasi Shimoliy yarim sharning 61% ini, Janubiy yarim sharning 81% ini egallab olgan. Lekin ochiq va ichki dengizlar qo‘ltiqlar Janubiy yarim sharda ko‘p tarqalgan. 810 sh.k. dan shimolda va 560 bilan 650 j.k.lar o‘rtasida okean suvi Yer kurrasini uzluksiz halqa shaklida o‘rab olgan. Suv va quruqlik maydonining ko‘pligiga qarab Yer yuzasi Okean yarim shari va Materik yarim shariga bo‘linadi. Gidrosferaning nihoyatda katta qismi bo‘lgan okeanosfera atmosfera va yer po‘sti bilan o‘zaro uzluksiz aloqada. Shuning uchun Denyo okeanining ko‘pgina xususiyatlari atmosfera va yer po‘stiga bog‘liq. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Mirziyoyev Sh.M. ,,Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz’’ . Toshkent : O‘zbekiston, 2017 Mirziyoyev Sh.M. ,, Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi’’. Toshkent: O‘zbekiston, 2017 Karimov I.A. ,, Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida’’. Toshkent: O‘zbekiston, 2013 O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimov tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining ‘‘Yer osti boyliklari to‘g‘risida’’gi qonuni. Toshkent sh., 2002-yil 13-dekabr, 444-II-son Abunazarov O’.Q., Mirakmalov M.T., Sharipov Sh.M., Ibragimova R.A., Ibragimova A.A. ,,Umumiy tabiiy geografiya’’. Toshkent-2018; Download 21.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling