Mavzu: Oks sivilizatsiyasini o’rganishda Rus tadqiqotchilari fikralari
Download 22.66 Kb.
|
(Rus tadqiqotchilari)referat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fazalar Fazalarning boshlanish vaqti
Mavzu: Oks sivilizatsiyasini o’rganishda Rus tadqiqotchilari fikralari Reja: 1. I.M. Dyakonovning konsepsiyasi 2 M.I.Filanovich qarashlari Rus tadqiqotchilari orasida ham tarixni o‘rganishda sivilizatsiyaviy yondashuvni yoqlab chiquvchilar soni ortib bormoqda, jumladan N.YA.Danilevskiy, K.Leontev, P.Sorokin va L.N.Gumilevlar birinchilardan bo‘libi shu yo‘lni tanlagan va o‘z asarlarini yoritishda sivilizatsiyaviy rivojlanish yo‘liga alohida e’tibor bergan. Ular misolida tarixni davrlashtirishda markscha formatsion usuldan voz kechish va sivilizatsiyaviy taraqqiyot usulini qo‘llash tarafdorlari paydo bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi. Bu sohada birinchilardan bo‘lib formatsion qarashlarni tanqid qilgan olim I.M.Dyakonov bo‘lib u jahon xalqlari tarixiy taraqqiyotini sakkizta fazaga bo‘lish g‘oyasi bilan chiqdi va o‘zi istamagan holda formatsion qarashlarga yaqin bo‘lgan davrlashtirishni taqdim etdi. jadval. I.M. Dyakonovning konsepsiyasiga ko‘ra tarixning fazaviy o‘tishlarining sanalari1
Yirik nazariyotchi olim YU.V.YAkovets tarixning evolyusion tarzda rivojlanish g‘oyasini ilgari suradi va jamiyatning bosqichma-bosqich taraqqiyot yo‘lini qo‘llab-quvvatlaydi. U ham formatsion yondashuv g‘oyasini tanqid qiladi va jamiyat taraqqiyoti kommunistik formatsiya bilan tugallanishi tarixiy taraqqiyotga zid ekanligini ko‘rsatib berdi.U o‘z tadqiqotlarida jahon sivilizatsiyalarining tarkibini va biridan ikkinchisiga o‘tish davridagi davriy chegaralarni ko‘rsatib, ularning ta’sirida boshqa jamoalarning dinamik rivojlanishini ham asoslab berdi. Har bir sivilizatsiyaning tug‘ilish, tarqalish, etilish, krizis va halokati tarixiy jarayon ekanligi va bu jarayonlardan so‘ng o‘tish davri boshlanishining muqarrarligini, o‘tish davri davomida esa yangi ideologik g‘oyalar asosida, rivojlangan moddiy madaniyatning paydo bo‘lishi natijasida yangi sivilizatsiyaning shakllanishi yangi tarixiy jarayon ekanligini asosladi. Sivilizatsiya tushunchasi umumjamiyat tizimini anglashda kategoriya bo‘lib, jamiyatning har xil elementlarini o‘zida mujassam etadi. Bularning eng asosiylari din, madaniyat, iqtisod, siyosiy va ijtimoiy tashkilotlar bo‘lib, ular har bir sivilizatsiyaga har xil xarakter bag‘ishlaydi. Bu tendensiyani E.V.Rtveladzening quyidagi fikrlarida ham ko‘rish mumkin: ««Sivilizatsiya» atamasi ko‘proq umuman madaniyatning sinonimi sifatida qo‘llaniladi hamda odamlar turmushi va faoliyatini tashkil etishning tiplari va shakllarida, ularning o‘zaro munosabatlarida, shuningdek ular tomonidan yaratiladigan moddiy va ma’naviy qadriyatlarda ifodalanadigan jamiyat taraqqiyotining tarixan muayyan darajasini, insonning ijodiy kuchlari va qobiliyatini anglatadi. Mana shu nuqtai nazardan sivilizatsiyani jamiyat va davlatning alohida tipini shakllantiruvchi tabiiy-iqlim, jamiyatdagi iqtisodiy, milliy, madaniy, ma’naviy shart-sharoitlar va aloqalarning o‘ziga xos va yaxlit jami (tizimi) sifatida belgilash mumkin» 2. Arxeologiya fanining asosiy predmeti nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, ta’kidlash joizki jamiyat taraqqiyotini o‘rganishda sivilizatsiyaviy qarash eng maqbul variantlardan biridir.Har xil arxeologik madaniyatlarga xos moddiy manbalarni o‘rganish davomida sivilizatsiyalarning tug‘ilishi, ularga xos bo‘lgan an’analar va innovatsion jarayonlar arxeologik artefaktlarda o‘z ifodasini topadi. Ayniqsa, ko‘plab madaniyatlarning qorishuvi natijasida, O‘rta Osiyoda kechgan xalqlarning etnomadaniy jarayonlari tarixini o‘rganishda bu usul yanada maqbuldir. Miloddan avvalgi IV-III ming yilliklarda Nil, Evfrat, Hind va Xuanxe kabi daryo havzalarida shakllangan Misr, SHumer, SHan, Hind (Xarappa) va Minoy madaniyatlari jahon xalqlari tarixida birlamchi, Qadimgi SHarq sivilizatsiyasi nomini oldi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, XX asr davomida O‘rta Osiyoda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida ilgari noma’lum bo‘lgan ko‘plab arxeologik madaniyatlar kashf etildi. Bu kashfiyotlar tarix fani oldiga yangi masalalarni, ya’ni Qadimgi SHarq sivilizatsiyasi tizimida O‘rta Osiyoning tutgan o‘rnini aniqlash vazifasini qo‘ymoqda. Bu hududda shakllangan mahalliy o‘troq madaniyatlar ilk sivilizatsiyalar darajasigacha rivojlangan va bu jarayonda tashqi ta’sir masalasi hech bir tadqiqotchi tomonidan inkor etilmaydi. O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatlarining shakllanishida migratsiya jarayonlari nihoyatda katta rol o‘ynagan va uning uch xil tavsifini (xarakterini) ko‘rsatish mumkin: Birinchisi kolonizatsiya tavsifi (xarakteri) da bo‘lib, tayyor madaniyatlarning O‘rta Osiyo hududlariga kirib kelishi bilan tavsif (xarakter) lanadi; Ikkinchi ko‘rinishda tashqaridan kelgan madaniyatlar ma’lum vaqtgacha mahalliy madaniyatlar bilan aloqaga kirmagan. Migratsiyaning ushbu ko‘rinishida tashqaridan kelgan madaniyatlar mahalliy xalqlar madaniyatidan past darajada bo‘lganligi kuzatiladi; Uchinchi holatda migratsiyalar ilg‘or rivojlangan sivilizatsiyalar hududidan boshlangan, ushbu holda mahalliy xalq kelgindilar madaniyatini qabul qilgan va o‘zaro aralashuv (assimilyasiya) jarayonlari boshlangan3. O‘rta Osiyo qadimgi sivilizatsiyalarining paydo bo‘lishida migratsion jarayonlarning har uchta ko‘rinishi keng arxeologik manbalar asosida kuzatiladi va quyida bu jarayonlarni ko‘rib chiqamiz. Umuman olganda, bronza davriga oid Qadimgi SHarq sivilizatsiyalari mintaqalari tarixi buyuk migratsiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqdir4. Mil. av. IV ming yillikda Misrga yangi qabilalarning ko‘chib kelishi (migratsiya) va xalqlarning qorishuvi natijasida etnomadaniy jarayonlarning yuz berishi, moddiy madaniyatda yangi an’analarning shakllanishi kuzatiladi va tadqiqotchilar tomonidan haqli ravishda bu madaniy qorishuv Mesopotamiyadan kelgan jamoalar bilan yuzaga kelganligi ta’kidlanadi. Bronza davrida akkadliklar migratsiyasi ham kuzatiladi. Ular bevosita SHumer shahar-davlatlari, ibodatxonalarigacha kirib borgan va natijada Mesopotamiya xalqining semitlashish jarayoniga asos solingan. Undan so‘ng giksoslar, kassitlar, ammoritlar, xurritlar, luviylar va albatta indoevropalik va indoariylarning ko‘chib kelishi (migratsiya) jarayonlari kuzatiladi. Ta’kidlab o‘tish joizki, mil. av. III ming yillik oxiridan boshlab O‘rta Osiyoda ham har xil madaniyat sohiblarining, ayniqsa indoariylarning ko‘chib kelish (migratsiya) jarayoni kuchayadi. Markaziy Osiyo, qolaversa butun sharqda eng qadimgi o‘troq madaniyatlardan biri Joytun bo‘lib, u Kopetdog‘ yon bag‘rilarida neolit davridan boshlab, mahalliy an’analar asosida shakllangan. O‘troq, dehqonchilikka asoslangan madaniyat sifatida uning tarqalish geografiyasining kengayishi, rivojlanishi kuzatiladi va Janubiy Turkmanistonning Sumbar, Atrek va Nomozga hududlariga tarqaladi. V.I.Sarianidining fikriga ko‘ra miloddan avvalgi III ming yillik oxirlari II ming yillikning boshlariga kelib Janubiy Turkmanistonning Keleli, Ajikuy, Auchin, Taip, Gonur, To‘g‘oloq, Adam-Basan hamda Tohirboy kabi dehqonchilik o‘lkalari ilk shahar madaniyatiga ega bo‘lgan va hunarmandchilikning deyarli barcha sohalari rivojlangan madaniyat sohiblari tomonidan, ekspansion ko‘chib kelish (migratsiya) natijasida egallangan5. Bir vaqtning o‘zida Keleli dehqonchilik vohasida 13 ta, Ajikuy dehqonchilik vohasida 7 ta, Auchin dehqonchilik vohasida 14 ta, Taip dehqonchilik vohasida 8 ta, Gonur dehqonchilik vohasida 15 ta, To‘g‘oloq vohasida 30 dan oshiq, Adam-Basan vohasida 10 ta, Tohirboy dehqonchilik vohasida 12 ta, Murg‘ob daryosi bo‘yida jami 100 dan ortiq bronza davri yodgorliklari paydo bo‘lgan. Tadqiqotchilar tomonidan yodgorliklarning xronologik davrlari ham aniqlangan.Bu aholi o‘ziga xos yuqori moddiy madaniyat yaratishlari bilan birga Mesopotamiya va Hindiston bilan yaqin madaniy aloqada bo‘lishgan va bronza davrida xalqlarning migratsiyasi jarayonida faol ishtirok etgan. Murg‘ob vohasida paydo bo‘lgan bu madaniyat sohiblarining ikkinchi migratsion to‘lqini, ya’ni Baqtriya kolonizatsiyasi davri boshlanadi. V.I.Sarianidining tadqiqotlariga ko‘ra ilk sivilizatsiya vakillari Janubiy Baqtriyaning to‘rtta sug‘orilish rayoniga-daryolar bo‘ylariga joylashgan. Bular Davlatobod, Farruxobod, Dashtli va Nichkin hududiy dehqonchilik vohalari bo‘lib, ko‘chib kelgan aholi tabiiy sug‘orishga qulay bo‘lgan joylarga o‘rnashgan6. Davlatobod dehqonchilik vohasida 4 ta, Dashtli dehqonchilik vohasida 40 dan ortiq bronza davri yodgorliklari joylashganligi aniqlangan. Nichkin va Farruxobod dehqonchilik vohalarida ham moddiy madaniyati Dashtli madaniyatiga xos bo‘lgan bronza davri yodgorliklari borligi xususida ma’lumotlar keltirilgan, ammo ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmagan. SHimoliy Baqtriya va Surxon vohasida ham bronza davri yodgorliklari soni yildan yilga oshib bormoqda. Sopolli, Jarqo‘ton, Tillabuloq hamda Arabuloq kabi yodgorliklar deyarli bir vaqtda paydo bo‘lgan va evolyusion tarixiy taraqqiyot natijasida Molali va Bo‘ston yodgorliklari shakllangan. YAngi paydo bo‘lgan madaniyat sohiblari migratsion jarayonni, yangi erlarni o‘zlashtirishni jamoa oldidagi birlamchi vazifalardan biri deb bilganligi sababli bu jarayonni to‘xtatmagan. Navbatdagi migratsion hudud Janubiy Tojikistonning Vaxsh, Kafirnihon bo‘ylari bo‘lib, bu hududlarda ham o‘nlab yangi yodgorliklar bunyod etiladi Arxeologiya fanida bu madaniyatlarga nisbatan BMAK yoki Oks sivilizatsiyasi nomlari qo‘llanilmoqda. Oks sivilizatsiyasining paydo bo‘lishi muammosi tadqiqotchi-arxeologlar tomonidan keng muhokama etilmoqda. SHu narsa aniqki Baqtriya va Marg‘iyonada bu sivilizatsiyaning ildizlari kuzatilmaydi. Tadqiqotchilar ildizi mahalliy xalqlar an’anasi bilan bog‘lanmaydigan madaniyatlarning asosini tashqaridan izlaydilar. Ko‘pchilik olimlarning umum fikriga ko‘ra Oks sivilizatsiyasi Qadimgi SHarq xalqlarining migratsiyasi natijasidir Markaziy Osiyoning o‘nlab bronza davri yodgorliklari tadqiqotchisi va ko‘plab g‘oyalar muallifi V.M.Masson Murg‘ob vohasida paydo bo‘lgan yangi madaniyatning ildizlarini Kopetdog‘ yon bag‘rilarida neolit va eneolit davrlarida shakllangan madaniyat sohiblarining migratsiyasi bilan bog‘laydi va SHimoliy-SHarqiy Eron hududidan ko‘chib kelgan aholi bilan qorishuvi natijasida Marg‘iyona arxeologik kompleksi shakllangan deb hisoblaydi. Akademik A.A.Asqarov Marg‘iyonada shakllangan bu yangi madaniyat Baqtriya bo‘ylab tarqalgan degan g‘oyani ilgari suradi V.I.Sarianidi Murg‘ob vohasining Kopetdog‘liklar tomonidan o‘zlashtirilganligini inkor etmagan holda, BMAK ning shakllanishini Eronning bronza davri yodgorliklari bilan bog‘laydi va moddiy madaniyatdagi yaqinlikni o‘z fikriga asos qilib oladi. M.I.Filanovich Oks sivilizatsiyasining paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi tadqiqotida, migratsiya g‘oyasini qo‘llab quvvatlaydi. Uning fikricha birinchi sivilizatsiya hududlarida eng avvalo iqtisodiy tanazzul, mumkinki tabiatda yuz bergan kserotermik holat natijasida aholining shimolga, yangi erlarni o‘zlashtirish maqsadida migratsion harakatlar boshlangan va Marg‘iyona va Baqtriyaning dehqonchilikka qulay bo‘lgan hududlariga kelib joylashgan. Oksning birinchi sivilizatsiyalar moddiy madaniyatiga o‘xshamasligining sababini migratsiya davomida tranzit hududlar moddiy madaniyati bilan assimlyasiyalashish jarayonini boshidan kechirgan deb hisoblaydi. J.E.Tog‘aev Janubiy O‘zbekistonning bronza va temir davri tarixiy rekonstruksiyasi to‘g‘risidagi tadqiqotida yodgorliklarning geografiyasi, etnomadaniy jarayonlari, migratsiyalar va aloqa-savdo yo‘llarining rekonstruksiyasiga oid masalalarni tahlil qilishga harakat qilgan. Eslab o‘tganimizdek Oks sivilizatsiyasining paydo bo‘lish muammosi bilan asosan moddiy manbalar asosida fikrlovchi arxeologlar shug‘ullangan. Fikrimizcha, bu sivilizatsiyani o‘rganish borasida jamiyatshunos, urbanist olimlarning tadqiqotlari etishmaydi. Urbanist olimlarning umumiy fikrlariga ko‘ra, jamiyat taraqqiyoti, sivilizatsiyalar bir guruh «ijodkor guruh» lar, daholar va buyuk insonlar tomonidan amalga oshiriladi7. O‘rganilayotgan sivilizatsiya eng qadimgi, yozuvsiz davrlarga oidligi bois shaxslar-daholar haqida gapirish noo‘rin bo‘lsa-da, ta’kidlash joizki, bu sivilizatsiya vakillaridan qolgan me’morchilik binolari, alohida saroy yoki ibodatxona sifatli, umumjamoa uchun xizmat qilgan binolar «ijodkor guruh» lar manfaati uchun xizmat qilgan bo‘lishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar Sarianidi V. Margiana and Protozoroastrism. – Athens, 1998. – Р. 241. Массон В.М. Экономика и социальный строй древних обществ. – Л., Издательство Наука, 1976. – С. 184. Сарианиди В.И. Змей и драконы в глиптике Бактрии и Маргиании. // Восточный Туркестан и Средняя Азия в системе культур древнего и среднего востока. – М., 1986. – С. 66-71. Sarianidi V. Margiana and Protozoroastrism. – Athens, 1998. – Р. 241. Кузьмина Е.Е. Арии-путь на юг. – М., – СПб., Летний сад, 2009. – 557 с.; Кузьмина Е.Е. Откуда пришли индоарии?: материальная культура племен андроновской общности и происхождение индоиранцев. / Рос. акад. наук; М-во культуры РФ, Рос. ин-т культурологии. – М., Наука, Вост. лит., 1994. – С. 224. During Caspers E. Some Motifs as Evidence For Maritime Contact Between Sumer and Indus Valley. // Persica, V, 1970. – P. 112-134. 1 2 Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х., Абдуллаев Е.В. Қадимги Ўзбекистон цивилизацияси: давлатчилик ва ҳуқуқ тарихидан лавҳалар. – Т., Адолат, 2001. – Б. 17. 3 Кузьмина Е.Е. О некоторых археологических аспектах проблемы происхождения индоиранцев. // Переднеазиатский сборник. Древняя и средневековая история и филология. – М., 1986. – С. 175; Титов В.С. К изучению миграций бронзового века. // Археология Старого и Нового Света. – М., 1982. – С. 99-100. 4. 5 6 7 Download 22.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling