Mavzu: Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari borishi va elektr tokining kimyoviy hosil bo’lishi. Reja


Download 40 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi40 Kb.
#233890
  1   2
Bog'liq
oksidlanish qaytarilish reaksiyalari va elektr tokining kimyoviy hosil bo'lishi


Mavzu: Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari borishi va elektr tokining kimyoviy hosil bo’lishi.

Reja:

  1. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari borishi

  2. Elektr tokining kimyoviy hosil bo’lishi.



Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari va borishi.

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlanish-qay­tarilish reaktsiyalarining turlari. Koeffitsientlar tanlashning ikki usuli: elektron balans usuli, ion elektron usuli. Oksidlanish-qaytarilish (redoks) sistemalarni yarim reaktsiya (xususiy reaktsiya) usulida ifodalash. Oksidlanish-qaytarilish potentsiali. Nerst tenglamasi. Metallarning elektro-kimyoviy kuchlanishlar qatori. Elektr toki ishtirokida hosil bo’ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayonlari.

Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari elektronlarning atom, molekula yoki iondan ikkinchisiga o’tishi bilan xarakterlanadi. Bunda reaktsiyaga kirishayotgan komponentlarning birida elektronlar kamaysa, ikkinchisida elektronlar soni oshadi.

Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari muhim ahamiyatga ega.

Texnikada va laboratoriyada juda ko’pchilik oddiy moddalarni olish oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari asoslangan: Masalan, temir, xrom, marganets, rux, xlor, yod va boshqalar. Ammiyak, ishqorlar, kislotalar va boshqa shunga o’xshash murakkab moddalrning olinishining asosida ham oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari yotibdi.

Insoniyat Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalaridan qadimdan foydalanib kelgan, lekin uning qanday o’tishi to’g’risida ma‘lumotga ega bo’lmagan. Bu to’g’risida birinchi nazariya-flogiston nazariyasi bo’lib, u 1723 yilda nemis ximigi Shtal tomonidan yaratilgan edi. Bu nazariyaga asosan barcha yonish xususiyatiga ega bo’lgan moddalar tarkibida qandaydir boshqacharoq xususiyatga ega bo’lgan flogiston degan modda bo’lib, moddalar yonganda chiqadi: Masalan, temir kuyundisi floj.

XVIII asrning oxirida flogiston nazariyasi o’rnini kislorod nazariyasi xukm sura boshladi. Ammo 6u nazariya xam ba‘zi kislorodsiz utadigan reaktsiyalarning qanday utishiga javob bera olmadi..

Mg+CuCl2 = Cu+MgCl2 va boshqalarida kislorod nazariyasi o’rniga elektron naeariyasi vujudga keldi. Bu nazariya quyidagilarga asoslanadi:

1) Atom, molekula va ionlarning elektronlarining berib yubo-
rishiga oksidlanish protsessi deyiladi.

Ca - 2e- - - > Ca2+

Sn2+ - 2e- - - > Sn4+

2) Atom, molekula va ionlarning elektronlarning qabul qil-


gan qaytarilishi protsessi deyiladi.

S2+ + 2e - - > S2- ; Ca 2+ + 2e - - > Ca

3) Elektronlarning qabul qilib oladigan atom, molekula va
ionlarga qaytaruvchilar deyiladi.

4) Elektronlarni berib yuboradigan atom, molekula va ionlarga qaytaruvchilar deyiladi.

Oksidlovchi reaktsiya vaqtida qaytariladi, qaytaruvchi esa oksidlanadi. Shuning uchun bu har ikkala protsesni qisqa qilib oksidlanish qaytarilish reaktsiyalari (protsesslari) deb ataladi.

Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari uch gruppachaga bo’linadi:

1) Atomlararo, molekulalararo, ionlararo oksidlanish-qaytari-
lish reaktsiyalari

2Sa + O2 = 2SaO

N2 + S12 = 2NS1

Fe + CuSO4 = Cu + FeSO4

2) Disproportsional reaktsiyalar

HNO2 + 2 HNO2 = HNO3 + 2NO + H2O

2K2MnO4 + K2MnO4 + 2H2O = 2KMnO4 + MnO2 + 4KOH

3) Molekulyar ichida utadigan oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalari

2KClO3 = 3O2 + 2KCl

2Ag2O = O2 + 4Ag

Oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini tenglamalrini tuzishda ikkita metoddan foydalaniladi. Elektron balans usuli, ion elektron usulidir.

Ikkala metodda ham elektronlarni bergani soni bilan qabul qilgan elektronlarini umumiy yig’indisi teng bo’lishi kerak.

Elektron balans usuli. Bu usulda elektronlarni, ya‘ni uzgaruvchan valentga ega bo’lgan elementlarni oksidlovchi va qaytaruvchilarni ko’rib chiqamiz:

Masalan: KMnO4 + FeSO4 + H2SO4 - - > MnSO4 + K2SO4 + Fe2 (SO4)3 + H2O

Mn+7 + 5e = Mn2+ | K2=2

Fe2+ - 1e = Fe3+ | F 2=10

Bu yerda KMnO4 oksidlovchi , FesO4 esa qaytaruvchidir.

2KMnO4 + 10FeSO4 + 8H2SO4 = 2MnSO + K2SO + 5Fe2 (SO4)3 + 8H2O

Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Ionno-elektronny metod.

Bu metodga yarim reaktsiyalar yordamida oksidlovchi va qaytaruvchilar olinib tenglashtiriladi.

Yuqoridagi misolda, ya‘ni:

Fe2+ - 1e- = Fe3+ |

MnO-4 + 8H+ +5e | Mn2+ + 4H2O

Oksidlanish - qaytarilish jarayonlarida oksidlanish - qaytarilish potentsiallaridan foydalaniladi.



Nerst tenglamasi

R - 8,31 dj (mol. gramm)

F - 96500 k/g - ekv

Yeo - standart elektr. pot

R - gaz doimiyligi

n - elektron soni

[OKIS] - oksidlanish

[Red] - qaytarilish

Oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida Beketovning aktivlik qatoridan foydalaniladi.

Ular tablitsalarda keltirilgan metalar ion holda oksidlovchi, oddiy moddalar holida qaytaruvchi xossalarini uzida namoyon qiladi. Oksidlanish-qaytarilish potentsial manfiy bo’lganda. Masalan: 0,41 bunday hollarda suvdan vodorodan siqib chiqaradi.

Metallarni aktivlik qatorini quyidagi umumiy formula bi-
lan ifodalash mumkin. .

M2+ +2ye- = M



hamda metalarning elektro-kimyoviy kuchlanishlar qatorini hosil qilish mumkin.


Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling