Mavzu: Olamni virtuval va vizual estetik idrok etishning farqlar


Estetika fanining obyekti va falsafiy mohiyati


Download 7.36 Kb.
bet3/3
Sana15.11.2023
Hajmi7.36 Kb.
#1775719
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Olamni virtuval va vizual estetik idrok etishning farqlar-fayllar.org

Estetika fanining obyekti va falsafiy mohiyati. B.Husanovning ta’kidlashicha “Estetika predmeti, obyekti va tadqiqot doirasiga ega fan. Ma’lumki, barcha fanlar o‘z predmetiga ega bo‘lib, olamning mohiyatini bilish, borliqning mazmunini tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir fan o‘z predmetini belgilaydi. Mohiyatan insonni paydo bo‘lishi va voqelikni idrok qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha qadriyatlar estetikaning predmeti bo‘la oladi. Jumladan, tabiat va uning estetik xususiyatlari, san’at va uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod jarayoni va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning rivojlanish prinsiplari estetikaning predmeti bo‘lib xizmat qiladi”.

Estetika fani etika, psixologiya sotsiologiya, dinshunoslik, pedogogika, semiotika san’atshunoslik fanlari bilan uzviy aloqador va falsafiy fan hisoblanadi.Ma’lumki, bilish nazariyasida, bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obyektiv reallikka munosabatini o‘rganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va asosiysi mezonlarini tadqiq etadi.

 

Estetika fanining qonuniyatlarini kelib chiqishida ham badiiy bilim muhim o‘rin egallaydi. Badiiy bilim borliqni tushunib yetish refleksiyasining o‘ziga xos shakli bo‘lib, u san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida, asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar tomonidan qabul qilinishigacha, o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi. Shuningdek, o‘yin vositasidagi bilim ham san’atning kelib chiqishida muhim ahamiyatga ega. O‘yin jarayonida shaxs qizg‘in bilish faoliyatini amalga oshiradi, bilimlarning katta qismini o‘zlashtiradi, madaniy boyliklar yaratadi.

Farobiy yozgan edi: «Inson o‘zining alohida xususiyatlari bilan barcha hayvonlardan farq qiladi, chunki unda jon bor, undan tana a’zolari vositasida ta’sir etuvchi kuchlar paydo bo‘ladi, bundan tashqari, unda tana a’zolarining Ong – odamning, uning miyasi va psixikasining tashqi dunyoni ideal aks ettirishidir; insonning ma’naviy dunyosidir, o‘zining dunyoda borligini anglab yetishidir; uning tashqi dunyoga munosabatidir. Ong, tafakkur, psixika – bu materiyaning eng asosida, negizida yotgan aks ettirish layoqatining muqarrar oqibatdir.



http://fayllar.org
Download 7.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling