1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun
1-mavzu. DINSHUNOSLIK FANIGA KIRISH. DINNING MOHIYATI, TUZILISHI VА FUNKSIYALАRI Reja: 1. “Dinshunoslik” fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. 2. Dinshunoslikning ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqadorligi. 3. Dinshunoslik fanini o‘rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, diniy bag‘rikenglikni tarbiyalash, vijdon erkinligini ta'minlashdagi ahamiyati. 4. Dinning mohiyati va unga berilgan ta'riflar. 5. Dinning ijtimoiy funksiyalari hamda dinlarni tasniflash. Tayanch tushunchalar: Din, e’tiqod, yo‘l, «religio», «relegere», dinshunoslik, din fenomenologiyasi, din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi, regulyatorlik, kompensatorlik, integratorlik, kommunikativlik, legitimlovchilik. Mavzu o‘quv maqsadi: Talabalarda dinning mohiyati, Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi tarixi, Dinshunoslik fani sohalari, dinning jamiyatdagi funksiyalari, dinlarning tasnifi haqida tushuncha va tasavvurlarni shakllantirish. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari hamda boshqa sohalar bilan bog‘liqligi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng barcha o‘quv maskanlarida "Dinshunoslik" fani fan sifatida o‘qitila boshladi. Dinshunoslik – din, uning kelib chiqishi, tarixiy shakllari, evolyutsiyasi, muqaddas yozuvlari, kishilar va jamiyat hayotida tutgan o‘rni, diniy va dunyoviy dunyoqarashlarning o‘zaro munosabatlari kabi masalalarni o‘rganuvchi ilmiy – falsafiy o‘quv predmeti sanaladi. Dinshunoslik XIX asr o‘rtalarida G‘arbiy Yevropada alohida fan tarmog‘i sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Freyzer, Sosseder. Dinshunoslikning eng yirik sohalaridan biri islomshunoslik, hurfikrlilikdir. Dinshunoslik XIX sar 30-yillarida O‘zbekistonga tarqaldi. Bu yerda oldin islomshunoslik bor edi, xolos. Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an'analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning yurish-turishi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilashda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Dunyo xalqlari tarixini o‘rganishda ularning diniy qarashlari, e'tiqod va diniy amaliyotlarini e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. “Dinshunoslik” fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tarix bilan bog‘liq ravishda tahliliy o‘rganadi. Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma'lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada “Dinshunoslik” fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy- ma'naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘di. “Dinshunoslik” fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma'naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi. “Dinshunoslik” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat. Bundan tashqari talabalarga buddaviylik, xristianlik, islom kabi jahon dinlari bilan bir qatorda urug‘-qabila dinlari va alohida millatlarga xos milliy dinlar tarixini zamonaviy ilmiy konsepsiyalar asosida chuqurroq o‘rgatish. Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, diniy qadriyatlarni tiklash, diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish yo‘lida qilinayotgan diqqatga sazovor ishlar haqida zaruriy ma'lumotlarni berish ko‘zda tutilgan. «Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling