Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima?


Download 19.07 Kb.
Sana14.11.2020
Hajmi19.07 Kb.
#145892
Bog'liq
dinshunoslik 1-mavzu nazorat savollari




  1. Dinshunoslik fanini o‘qitishdan maqsad nima?

  2. Dinshunoslik fanining rivojlanish bosqichlari haqida nimalarni bilasiz?

  3. Dinshunoslik alohida fan sifatida qachon shakllangan?

  4. Yevropalik ilk dinshunoslardan kimlarni bilasiz?

  5. Dinshunoslikning qanday sohalari mavjud?

  6. Dinga qanday ta'riflar berilgan?

  7. Dinni o‘rganishda qanday yondoshuv turlarini bilasiz?

  8. Din jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi?

  9. Dinning regulyatorlik vazifasi deganda nimani tushunasiz?

  10. Dinning kompensatorlik vazifasi nimalardan iborat?

  11. Dinning integratorlik vazifasiga nimalar kiradi?

Javoblar:



  1. «Dinshunoslik» fanini o‘qitishdan maqsad - talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma'naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat.

  2. Mustaqillik davrida milliy va diniy qadriyatlarning xalqqa qaytarilishi bilan birga jahonda mavjud xalqlarning dinlari haqida keng ma'lumot olish, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada dinshunoslik fani izchillikda rivojlana boshladi. Bunda alloma ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma'naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oshirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘ldi.

  3. Bu boradagi ilk ma'lumotlarni Qadimgi Gretsiya va Rim yozuvchilari asarlarida ko‘rishimiz mumkin. Ulardan eng mashhuri «tarix otasi» nomini olgan Gerodot (mil. avv. V asr) o‘zi tadqiq qilgan xalqlarning dinlari haqida ma'lumotlar keltirgan. Bu qiziqish O‘rta asr yevropasida ham mavjud bo‘lgan. Lekin boshqa dinlar haqida fikr bildiruvchilar, xristianlarning e'tiborini jalb qilmaslik va ularni o‘sha dinlarga kirib ketmasliklari ta'minlash maqsadida, u dinlarga nisbatan salbiy fikr bildirish, ularni yomonlash orqali ularga yondashishni ma'qul deb topganlar. Zamonaviy Dinshunoslik esa bir yarim asrga yaqin davrga borib taqaladi. G‘arbda, zamonaviy ma'nodagi dinlar tadqiqotlari Maks Myuller (1823-1900) tomonidan boshlab berilgan. Olim 1856 yilda «Qiyosiy mifologiya» va 1870 yilda nashrdan chiqqan «Dinlarning asosi va shakllanishiga oid dars baholari» nomli asarlari bilan boshqa dinlarni tadqiq qilishga yo‘l ochgan va kattagina e'tibor qozongan. U Angliyadagi mashhur Oksford universitetida dinlar tarixidan ma'ruzalar o‘qigan. O‘zining «Sharqning muqaddas kitoblari tarjima silsilasi» asarida u ilk bora «religious studies» (dinshunoslik) so‘zini qo‘llagan. Myuller va uning zamondoshlari dinlarni ilmiy tadqiq qilishda filologiyani muhim deb bilishgan va dinning asl mohiyatiga faqatgina til orqali qilingan izlanishlar bilangina yetishish mumkin, degan fikrni olg‘a surgan.

  4. R.Pettazoni, M.Eliade, Van der Lyu, R.Otto, G.Menshing, J.Vax, F.Xeiler, G.Dumezil, E.G.Parrinder, S.G.F.Brandon, Erik F.Sharp, Ninian Smart, M.Kitagava, R.S.Zeyxner, Ugo Bienchi, V.Kantvell Smit, Ake V.Strom, Xans J.Shoyps va Mixael Paylar.

  5. Dinshunoslik sohalari:

1.Din fenomenologiyasi;

2.Din psixologiyasi;

3. Din falsafasi.

  1. «Din, insonning muqaddas deb bilgan narsalariga nisbatan munosabatidir».

Rudolf Otto

«Din, ruhiy borliqlarga nisbatan ishonchdir».

Edvard Teylor

«Din, insonning abadiyatni anglashini ta'minlovchi, aql va mantiqqa tobe' bo‘lmagan zehniy malaka yoki iqtidordir»

Maks Myuller

«Din, malakalarimizni erkin holda qo‘llashni to‘suvchi ta'qiqlar majmuasidir»

Salmon Reynax

«Din, e'tiqodlar, xatti-harakatlar va ijtimoiy hayotning muayyan shartlariga ko‘ra tashkil etilgan muassasalar tizimidir»

Vitold Taylok

«Din, eng buyuk ijtimoiy qadriyatlar shuuridir»

Edvard S. Amis

«Din, muayyan jamoatning vujudga kelishini ta'minlovchi marosim va e'tiqodlar majmuidir».

Emil Dyurkgeym

  1. Dinshunoslar turli ilm-fan soha vakillari bo‘lib, dinlarni o‘zlari xos bo‘lgan ilm yo‘nalishi nuqtai nazaridan o‘rganib, turlicha yondashganlar. Shuning uchun ular o‘rtasida ba'zi ixtiloflar bo‘lishi tabiiydir. Masalan, din tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlar dinlarning yuzaga kelish tarixiga ko‘ra davriy jihatdan yondashib tadqiq etganlar. Boshqa bir guruh olimlar dinlarni paydo bo‘lgan va tarqalgan mintaqalariga ko‘ra tadqiq etganlar. Ayrim dinshunoslar diniy nuqtai nazardan yondashib, dinlarni o‘rganganlar.

  2. Dinning bir nechta vazifalari mavjud: dunyoqarashni shakllantirish, kompensator, kommunikativ, regulyativ, integrallash-dezintegrallash, madaniyatni targ‘ib qilish (kulturotransliruyushaya), legitimirallashtirish-legitimiralni olib tashlash.

  3. Regulyativ vazifasi ma'lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an'analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me'yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va'da berish) muhim ahamiyatga ega.

  4. Kompensator vazifasi ham odamlarning ongini qayta shakllanishini, ham turmushning ob'ektiv shart-sharoitlarini o‘zgartirishdagi cheklanish, qaram bo‘lish va ojizlikni to‘ldiradi. Ruhiy erkinlik orqali real jabr-zulm bartaraf etiladi; ijtimoiy guruhlar gunohga botish va azob chekish borasida teng huquqlik bo‘ladi; diniy tashkilotlar tomonidan beriladigan xayr-ehsonlar, mehr-shafqat, tarbiya, daromadlarni qayta taqsimlash mazlumlarning musibatini yengillashtiradi va h.z. Umuman olganda, ruhiy zarbalarni bartaraf etish, tasalli berish, katarsis va ma'naviy ozuqa olish kabi kompensatsiyaning psixologik aspektlari muhim ahamiyatga egadir.

  5. Integratsion vazifasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslar, ayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion funksiya ma'lum bir ma'noda yagona diniy e'tiqod mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi.



 
Download 19.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling