“Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e`tibor berishimiz lozim. Ya`ni kommunistik mafkura va axloq normalaridan voz kechilgandan so`ng jamiyatda paydo bo`lgan g`oyaviy bo`shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mulaqo yot bo`lgan, ma`naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o`z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo`lishi kerak” - “Biz bugun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alohida e`tibor berishimiz lozim. Ya`ni kommunistik mafkura va axloq normalaridan voz kechilgandan so`ng jamiyatda paydo bo`lgan g`oyaviy bo`shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mulaqo yot bo`lgan, ma`naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o`z ichiga olgan “ommaviy madaniyat” yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamizga ayon bo`lishi kerak”
I. A. Karimov
Globallashuv va aksilgloballashuv tushunchalari - Hozirgi paytda globallashuv atamasi barcha ijtimoiy fan sohalari diqqat markazida bo`lmoqda. Unga turli nuqtai nazardan yondashib ta`riflar berilmoqda, ijtimoiy hayotga va jamiyat taraqqiyotiga ta`siri to`g`risida tadqiqotlar olib borilmoqda.
- Globallashuv to`g`risida davlat va jamoat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jusnalistlar turli nuqtai nazardan yondashib, o`z qarashlarini bildirishmoqda. Ularning qarashlari shunchalik turli-tumanki, hatto globallashuvning foydali yoki zararli tomonlariga nisbatan qarama-qarshi ta`riflar, izohlarni ham uchratish mumkin. Lo`nda qilib aytganda, bugungi davrning bu qadar “tilsim”lariga boyligi globallashuvni zamonaviy mavzuga aylantirdi.
Globallashuv va aksilgloballashuv tushunchalari - Umuman olganda, “global” so`zi baynalminal so`z bo`lib, deyarli barcha millatlarda uchraydi. “Global” so`zi “yer sharini qamrab olgan”, “butun yer shariga, dunyoga tarqalgan”, “dunyo miqyosidagi”, “butun jahonga oid”, “umumbashariy” kabi ma`nolarni anglatuvchi sifat hisoblanadi. “Globallashuv” umumbashariy jahon miqyosidagi jarayon, faoliyat, holat va harakat ma`nolarini anglatuvchi yoki voqea hodisalarni ifodalovchi atama hisoblanadi. Globallashuv tushunchasiga turli nuqtai nazardan yondashib uning mohiyatini fenomen, ijtimoiy holat va jarayon sifatida talqin qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |