1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/47
Sana02.06.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1835442
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47
Bog'liq
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun

Dinning ijtimoiy funksiyalari. Dinning vazifalari uning alohida shaxs va 
jamiyatga ta'siri va tabiatidan kelib chiqadi. Dinning vazifasi yoshlarga shaxs, oila, 
jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma'naviyatni boyitishga qo‘shgan 
hissasini ko‘rsatib berishdir. 


Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta'limotni funktsionizm rivojlantiradi. 
Funktsionizm jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi. Unda jamiyatdagi har bir 
element muayyan funktsiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, 
ma'naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir: 
Birinchidan, har bir din o‘z e'tiqod qiluvchilari uchun to‘ldiruvchilik, tasalli 
beruvchilik – kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj 
hosil qilish hodisasini olaylik. Inson o‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan 
bo‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bo‘lib 
ko‘ringanida, unda qandaydir ma'naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu diniy 
ehtiyoj bo‘lib, u ma'naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini 
bajargan va bajarmoqda.
Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ‘ib qiladi, xristianlikda esa, har bir 
xristian Iso masihning qaytishiga umid qilib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. 
Islom dinida har bir musulmon dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu-
istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda yashaydilar.
Ikkinchidan, din o‘z ta'limot tizimini vujudga keltirgach, o‘ziga e'tiqod 
qiluvchilar jamoasini, shu ta'limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozir ham 
shunday. Bu dinning birlashtiruvchilik – integratorlik vazifasi deb ataladi. Din 
doimo ijtimoiy, etnik, ijtimoiy va ma'naviy hayotda uzviylik, muntazamlilikni 
ta'minlash maqsadida u xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga
adabiyoti va san'atiga bog‘langan. 
Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillari bir mafkura atrofida bir millat va 
yagona maslak egalari bo‘lib, yagona xudo Yahvening sevimli bandalari ekanligi 
uqtiriladi.
Xristianlikda diniy me'moriy, tasviriy, musiqa san'atidan foydalanib ikona 
chizuvchilar maktablari faoliyat olib boradi.
Uchinchidan, har bir din o‘z qavmlari turmushini tartibga solib nazorat 
qiluvchilik – regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar o‘z urf-odatlari, marosim va 
bayramlarining qavmlari tomonidan o‘z vaqtida, qat'iy tartibda amal qilishini shart 
qilib qo‘yadi. 


Masalan, islomda kuniga besh mahal namoz o‘qilishi, har hafta juma 
namozini jome' masjidlarida ado etish va hokazolar. 
To‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik – kommunikativlik vazifasini ham 
bajaradi, ya'ni har bir din o‘z qavmlarining birligi, turli dindagi kishilarning o‘zaro 
aloqalari, o‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo‘lib 
bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi. 
Beshinchidan, din qonunlashtiruvchilik – legitimlovchilik funksiyasini ham 
bajaradi. Dinning bu funktsiyasi nazariy asosini amerikalik sotsiolog T.Parsons 
ishlab chiqqan. Uning fikricha, “har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz 
mavjud bo‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga ko‘tarilgan axloq 
normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina 
qolmay, ularga bo‘lgan munosabatni belgilaydi”. 
Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari mavjud. U insonga 
yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga 
o‘z munosabatlarini bildirib turishdan iboratdir. 
Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixida, 
birinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma 
uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning 
bahamjihat yashashiga ko‘maklashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini 
mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni engib 
o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy 
qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va 
shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling