1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. Dinning mohiyati, tuzilishi vа funksiyalаri reja
Download 5,01 Kb. Pdf ko'rish
|
111553 ruza matnlari 2-kurs uchun
«Dinshunoslik» fanining vazifasi – talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning
ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga: dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish; ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida ma’lumot berish; dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish; jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish; dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish; diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish; O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish. «Dinshunoslik» fanining amaliy ahamiyati shunda ham ko‘rinadiki, u talabalarda barcha dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash madaniyatini tarbiyalaydi. Dinshunoslikning tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, arxeologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bog‘liqligi uning nazariyasini boyitishga xizmat qiladi. Dinshunoslikning qator fanlar bilan o‘zaro munosabatga kirishishi natijasida uning turli sohalari yuzaga keldi. Ulardan asosiylarini quyida keltirib o‘tamiz. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘tgan yillar davomida ijtimoiy tuzum, siyosiy o‘zgarishlar kishilar ma'naviyatida o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Sovet totalitar tuzumi yemirilgandan keyin inson ma'naviy kamolotining omillaridan biri bo‘lgan din mamlakatimiz hayotida o‘ziga xos munosib o‘rinni zgalladi. Ko‘pgina millat, turli diniy konfessiya vakillari tinch-totuv yashayotgan O‘zbekistondagi barcha dinlarning tengligini ta'minlash, fuqarolarning e'tiqodiga hurmat bilan qarash, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirishning muhim shartlaridandir. Ma'naviy taraqqiyot imkoniyatlarini kengaytirish, rivojlantirishda esa dinshunoslik fanining tutgan o‘rni benihoyadir. Hozirgi kunda Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilayotgan «Dinshunoslik» fanining vazifasi oliygoh talabalariga shu sohada chuqur bilim berish orqali fan doirasiga kirgan masalalarni tahlil qilishda ilmiylik va ob'ektivlik uslubini qo‘llab, ularda diniy qarashlar taraqqiyotiga, inson kamolotiga xizmat qiladigan jihatlarini ajratib olish, mustaqil fikr yuritish orqali ilmiy- falsafiy dunyoqarashga asoslangan imon va e'tiqodni shakllantirishdan iborat. Dunyoviy demokratik va huquqiy jamiyat qurish yo‘lidan borayotgan jamiyatda diniy e'tiqodning tutgan o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilay bilish va uni to‘g‘ri idrok etishda mazkur fanning ahamiyati kattadir. Jamiyat shakllanishining dastlabki davrlarida paydo bo‘lgan din xalqlar hayoti bilan bog‘liq holda rivojlangan, moslashgan, asta-sekin diniy tuzimni vujudga keltirgan. Natijada, ma'lum ijtimoiy- siyosiy va madaniy-axloqiy vazifalarni bajarishni o‘z zimmasiga olgan. Bunday funksiyalar jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Dinshunoslik fani insonshunoslik fani sifatida dinning ming yillar davomida ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rniga, ahamiyatiga xolis baho beradiki, bu ayiiqsa dinning mohiyatini, jamiyatda, tarixda, ma'naviy madaniyatda tutgan o‘rniga oid ishlangan mavzularda o‘z aksini topdi. Din inson tarbiyasiga adolat va insonparvarlik omillari ustuvor bo‘lishiga imkon beradigan ma'naviy e'tiqoddir. Hozirgi murakkab va mas'uliyatli mustaqillik davrida turli dinlarga e'tiqod qiluvchi kishilarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, xalqlarni diniy ziddiyatlar girdobiga tortish, xokimiyat uchun kurash maqsadida dindan foydalanish adolatsizliklarga, nohaq qon to‘kishga olib keladi. «Dinshunoslik» fani dinning paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, bir shakldan ikkinchi shaklga o‘tishini o‘rganuvchi fandir. Shuningdek, dunyoviy davlat qurish yo‘lidan izchillik bilan borib, demokratiya va qonun ustuvorligini mustahkamlayottan O‘zbekistonda dinga bo‘lgan munosabatning asosiy mezonlari ham aniq belgilab beriladiki, amaliy o‘zgarish ham dinshunoslikning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Hurfikrlilikka xos dastlabki fikrlar hurfikr mutafakkirlar Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Hayyom, Аmir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur kabi bobokalonlarimizning ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan boyiganki, ular izchil xulosalarni ham keltirib chiqarishgan - birinchidan, har qanday din jamiyatda vujudga kelib, jamiyatda shakllanganki, shu sababli din ijtimoiy ong shakllaridan biridir: ikkinchidan, diniy tasavvur va e'tiqodlar jamiyat taraqqiyotining muayyan ijtimoiy sharoitlar ta'sirida turli-tuman shakl va ko‘rinish kasb etgan: uchinchidan, ibtidoiy din tasavvurlaridan tortib jahon dinlarigacha bo‘lgan dinlar taraqqiyoti evolyutsiyasini e'tirof etish dinshunoslik haqida to‘g‘ri xulosa chiqarish imkoniyatini beradi. Dinshunoslik fani Falsafa, Tarix, Аdabiyot, Pedagogika, Psixologiya, Etnografiya, Etika, Sotsiologiya kabi fanlar bilan bog‘liq. Fan chiqargan ilmiy xulosalarni talabalar ongiga yetkazish, ularda falsafiy dunyoqarashni kengaytirish, din muammosi bo‘yicha ilmiy erkin fikr yuritish, diniy. manbalarni o‘rganish va ular bo‘yicha ob'ektiv xulosalar chiqarishda dinshunoslik fanining ahamiyati kattadir. Ma'lumki, falsafa va boshqa fanlar singari dinshunoslik ham dunyoqarash bilan bog‘liq. U shaxsda diniy e'tiqodni paydo bo‘lishi, yashashdan boshlab, jamiyat taraqqiyotidagi evolyutsiyasi va uning hissiyotiga ta'sirini ilmiy jihatdan o‘rganadi. Dinshunoslik o‘ziga xos ilmiy ta'rif berish bilan birga uning ijtimoiy, gnoseologik va psixologik ildizlarini ochadi. Inson doimo turli dunyoqarash va e'tiqod bilan yashaydi va yashagan. Har kimning o‘z ichki dunyosi, o‘z e'tiqodi bo‘ladi. Lekin, bunday xilma-xillik, qarama- qarshi aqida va g‘oyalarning mavjudligi murosasiz ziddiyatlarga, jiddiy to‘knashuvlarga olib kelmasligi, odamlar, dinu mazhablar mamlakatu davlatlar o‘rtasida ijobiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga to‘siq, sun'iy g‘oya bo‘lmasligi kerak. Vijdon erkinligi dinga ishonuvchilarni majburan o‘z e'tiqodlaridan qaytarib, dinni ma'muriy tarzda, ta'qiqlab qo‘yishning har qanday nazariy va amaliy ko‘rinishlariga chek qo‘yadi. Kursning amaliy ahamiyatidan yana biri shundaki, qonunlarni mukammal o‘rgangan, tahlil qilgan holda uning mohiyatini, mazmunini ochib berishga xizmat.qiladi. Mustaqillik yillarida vijdon erkinligi printsiplarini tiklash va unga og‘ishmay amal qilish davr, kundalik hayot talabi va zaruriyatiga aylanib qoldi. Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini yaxshi bilish esa dеmokratik jamiyat poydеvorini mustahkamlaydi. O‘bekiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a'zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to‘la ma'lumot beradi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu masalalar o‘z yechimini topgan va u dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy-me'yoriy talablarga to‘la javob beradi. Har qanday dinga e'tiqod qiluvchi va hech qanday dinga e'tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi shartlar qo‘yilishini ta'minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida, jumladan, shunday deyiladi: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”. Bu vijdon erkinligini kafolatlash bilan bir qatorda o‘quvchilarda qonunga hurmat hissini, o‘zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg‘ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o‘z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o‘tkazish g‘ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo‘ravonlik, tajovuzkorlikka yo‘l qo‘ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi. O‘zbekiston Rеspublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolri turli konfеssiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo‘lishi ham juda muhimdir. Fuqaro, jamiyat, davlat o‘rtasida o‘zaro ijobiy munosabatni o‘rnatishda «Dinshunoslik» predmetining ahamiyati benihoyadir. Konstitutsiyada dinniig tarbiyaviy ahamiyatiga e'tibor berish lozimligi ko‘rsatilganki, predmet yoshlarga din va hurfikrlilik xaqida ilmiy bilimlar berish orqali dinning ijtimoiy mohiyatini, u tarixiy xodisa ekanligini tushuntirish bilan jamiyat rivojlanish borasida zamonaviylashuvini, ba'zan esa yangi diniy guruhlar paydo bo‘lishi mumkinligini ham tushuntiradi. Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlab kelgan. Jumladan, ota-bobolarimizning muqaddas e'tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma'naviyati va merosi, o‘zligini omon saqlab keldi. O‘zbek xalqining ilg‘or madaniy va ma'naviy merosini tiklash va yangi sharoitda yanada rivojlantirish, bu hududdagi ilk zamondan hozirgacha mavjud dinlarning tarixi, hayotiy tajribasi tadrijiy taraqqiyotini o‘rganish vatan tarixini chuqurroq tushunib yetish, uni sevish va u bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi. Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini bilish respublikada demokratik huquqiy jamiyat qurish poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Din va dunyoviy davlat orasidagi munosabat haqida so‘z ketar ekan, uning asosida eng avvalo, dinning davlatdan ajratilishi tamoyili yotishini ta'kidlash zarur. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: “Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi”. Mazkur moddada muhim ahamiyatga ega qoidalar mustahkam qo‘yilgan. Birinchidan, diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat'i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradilar. Ikkinchidan, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davlat nazoratidan xolidir. Shu bilan birga, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, bu dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ta'kidlash zarur. Zero, biror dinga e'tiqod qiluvchi fuqarolar ham jamiyatning tarkibiy qismi va shu sababli din fuqarolik jamiyatida o‘z mavqeiga ega bo‘ladi. Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu dinning siyosatga aralashmasligi. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma'naviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi. Davlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi yana bir tamoyil shundan iboratki, davlat dinni xalq ma'naviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Bundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi. Shuning uchun ham yurtimizda dinshunoslik fanni o‘rganishga katta e’tibor qaratildi va mazkur masalada bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Dinshunoslik fanining quyidagi bo‘limlari mavjud: Download 5,01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling