Mavzu: O’lchash usullari va turlari. Reja: O’lchashlar haqida umumiy tushunchalar


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana01.05.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1418063
1   2   3   4
Bog'liq
109526 (2)

O‘lchash jarayoni – bu solishtirish eksperimentini o‘tkazish jarayonidir 
(solishtirish qanday usulda bo‘lmasin). 

O‘lchash usuli – bu fizik eksperimentning aniq, ma’lum struktura, o‘lchash 
vositalari va eksperiment o‘tkazishning aniq yo‘li, algoritmi yordamida bajarilish, 
amalga oshirilish usulidir. 
1 – rasm. O‘lchash jarayoni sxemasi. 
O‘lchash odatda o‘lchashdan ko‘zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) 
aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning tavsifini tahlil qilish asosida 
bevosita o‘lchash ob’yekti (o‘lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O‘lchash jarayoni 
yordamida esa shu o‘lchash ob’yekti to‘g‘risida informatsiya hosil qilinadi va 
nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo‘li bilan o‘lchash maqsadi haqida yoki 
izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o‘lchash natijasi) olinadi. 


O‘lchash natijasi – o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash 
birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi: 
Х = n(х), 
bu yerda: X – o‘lchanadigan kattalik;
n – o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi 
son qiymati; (х) – o‘lchash birligi. 
2. O’lchash turlari. 
O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab, u aniq nomi 
bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k. 
O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari 
(yo‘llari) mavjuddir (2. rasm). 
 
2 – rasm. O‘lchash turlari. 


3. O’lchash usullari. 
 
 
3-rasm. O‘lchash usullari. 
O‘lchash usullarning ta’riflarini keltiramiz:
Bevosita baholash usuli – bevosita o‘lchash asbobining sanash qurilmasi 
yordamida to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topishdir. 
Masalan, prujinali manometr bilan bosimni o‘lchash yoki ampermetr yordamida 
tok kuchini topish. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling