Mavzu: O'lchash xatoliklari va noaniqliklar Reja: O‘lchash noaniqligi bo‘yicha atama va ta’riflar
Download 46.04 Kb.
|
O\'lchash xatoliklari va noaniqliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHiziqlilik (To‘g‘ri mutanosiblik)
Pretsizionlik
Pretsizionlikning asosiy tavsifnomalari yaqinlashish va qayta ishlab chiqarishning standart og‘ishlarini (GOST ISO 3534-1 va GOST ISO 5725-2), shuningdek oraliq pretsizionlikni ( GOST ISO 3534-3) o‘z ichiga oladi. Yaqinlashish laboratoriyada, qisqa vaqt oralig‘ida bitta operator tomonidan, bir nushadagi uskunada kuzatilgan o‘zgaruvchanlikni tavsiflaydi va uni ushbu laboratoriya chegarasida yoki laboratoriyalararo tadqiqotlar doirasida baholash mumkin. Muayyan metod uchun qayta ishlab chiqarishning standart og‘ishini bevosita laboratoriyalararo tadqiqotlar yordamida baholash mumkin va u xuddi shu namunani bir necha laboratoriyalarda tahlil qilinganda natijalar o‘zgaruvchanligini tavsiflaydi. Oraliq pretsizionlik bir yoki ko‘prok faktorlar, jumladan vaqt, uskuna yoki bitta laboratoriya chegarasidagi operator o‘zgarganida kuzatiladigan natijalar variatsiyasini tavsiflaydi; bunda qaysi faktorlar muttasil turishidan qat’iy nazar turli ko‘rsatkichlarga erishadilar. Oraliq pretsizionlikni ko‘proq bitta laboratoriya doirasida baholaydilar, lekin uni laboratoriyalararo tadqiqotlar yordamida belgilash mumkin. Analitik metodikaning pretsizionligi u alohida dispersiyalarni jamlash orqali yoki metodikani to‘liq tadqiqot qilish yo‘li bilan aniqlanishidan kat’iy nazar umumiy noaniqlikning muhim tashkil etuvchisi bo‘lib hisoblanadi. Siljish Qo‘llanilayotgan metodga bog‘liq bo‘lgan siljish odatda solishtirishning munosib namunalarini yoki ma’lum qo‘shimchali namunalarni o‘lchash yordamida belgilanadi. Muvofiq tayanch qiymatlarga tegishli umumiy siljishni aniqlash qabul qilingan etalonlarga kuzatib borishni belgilashda muhimdir. Siljishni ajratib olish (kutilgan qiymatga bo‘lingan kuzatilgan qiymat) ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Analitikning vazifasi siljishga e’tibor bermasdan qarash yoki unga tuzatish kiritishni ko‘rsatishdan iboratdir, lekin har qanday holda ham siljishni belgilash bilan bog‘liq noaniqlik umumiy noaniqlikning ajralmas tashkil etuvchisi bo‘lib qoladi. CHiziqlilik (To‘g‘ri mutanosiblik) CHiziqlilik ba’zi diapazonda o‘lchash uchun foydalaniladigan metodlarning muhim xossasi bo‘lib hisoblanadi. Javob chiziqliligini toza moddalarda va real namunalarda aniqlash mumkin. Odatda chiziqlilikni miqdoriy aniqlanmaydi, uni ko‘z bilan yoki nochiziqlilik ahamiyatliligining mezonlari yordamida tekshiriladi. Ahamiyatli nochiziqlilikni odatda nochiziqli darajalovchi tavsifnomalar yordamida hisobga olinadi yoki torroq ishchi diapazonni tanlash yo‘li bilan bartaraf etiladi. CHiziqlilikdan qolgan har qanday og‘ishlar odatda bir qancha o‘lchanayotgan qiymatlarni qamrovchi umumiy pretsizionlik bahosiga kiradi yoki darajalash bilan bog‘liq bo‘lgan noaniqlik chegarasida qoladi. Download 46.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling