O’LCHASHLARNI BAJARISH METODIKASINI (O’BM) ISLAB CHIQISH TARTIBINI O’RGANISH. - O’LCHASHLARNI BAJARISH METODIKASINI (O’BM) ISLAB CHIQISH TARTIBINI O’RGANISH.
- O'lchashlarni bajarish metodikasi.
- O'lchashlarni bajarish metodikalari o'lchashlar birliligini ta'minlash tizimining zarur va muhim tashkil etuvchisidir. O'z DSt 8.010.1:2002 "O'z O'DT. Metrologiya. Atamalar va ta'riflar. Asosiy va umumiy atamalar" standartida o'lchashlarni bajarish metodikasi o'lchashlardagi ishlar va qoidalarning o'rnatilgan majmui sifatida ta'riflangan. O'lchash ishlari va qoidalari bajarilganda o'lchashlar natijalari kafolatlangan aniqlikda olinadi.
- O'lchashlarni bajarish metodikasida o'lchash natijalarining xatoliklari baholangan bo'lishi va muayayn o'lchash sharoitlarida o'rnatilgan aniqlikni ta'minlashi lozim. O'lchashlar belgilangan tartibda attestatlangan o'lchashlarni bajarish metodikasiga muvofiq bajarilishi lozim. O'lchashlarni bajarish metodikasini ishlab chiqish va metrologik attestatlash tartibi O'zstandart Agentligi tomonidan o'rnatiladi.
- O'lchashlarni bajarish metodikasiga asosiy talablar O'z DSt 8.016:2002 "O'z O'DT. O'lchashlarni bajarish metodikalari. Asosiy nizomlar" da o'rnatilgan.
- O'lchashlarni bajarish metodikasi (O'BM) ni ishlab chiqishda O'z T 51-088:1999 "O'Z O'DT. O'lchashlarni bajarish metodikalari, tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi" ning nizomlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
- Ma'lumki, har qanday o'lchashlarni ayrim qoida va muolajalar birlashmasi deb yuritish mumkin, ularni bajarish esa ma'lum xatolik bilan o'lchash natijalariga erishishni ta'minlaydi. Amalda o'lchash protseduralarini tartiblash:
- - ko'plab murakkab o'lchashlarni shu jumladan modda va materiallarning tarkibini o'lchashda asosiy ish quroli (instrument) bo'lib hisoblanadi.
- O'BM - bu hujjatlashtirilgan operatsiya va qoidalar birlashmasi bo'lib ularni bajarish kafolatlangan aniqlikdagi o'lchash natijalari olishni ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |