Mavzu: O’lchashlarning usullari va turlari
Download 0.57 Mb.
|
Mavzu O’lchashlarning usullari va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: KATTALIKLAR. Reja
Nazorat savollalri.
1.Maxsulot sifatiga ta`sir etuvchi omillar nechta va qaysilar. 2.Tashkiliy omillarga nimalar kiradi. 3.shtrix kodlardan maxsulotlarga nisbatan tadbiq etish g’oyasi qachon paydo bo’lgan. Tayanch iboralari: 1.Maxsus konstruktorlik. 2.Yarim fabrikatlar. 3.shtrix kodlar. 4.Mikroprotsessor. 5.Nomenklaturasi. MAVZU: KATTALIKLAR. Reja: 1. Kattalikning o’lchamligi. 2.Kattaliklarning birliklari. 3.Xalq’aro birliklar tizimi. 4. Birliklarni yozish qoidalari. Atrofimizda hayot uzluksiz tarzda kechadigan muayyan jarayonlar, voqealar, hodisalarga nihoyatda boy bo’lib ularni ko’pini aksariyat hollarda sezmaysiz yoki e`tiborga olmaymiz. Chetdan qaraganda ularning orasida bog’likni yoki uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Ba`zilariga esa shunchalik ko’nikib ketganmizki, aniq bir so’z bilan ifodalash kerak bo’lsa, biroz qiynalib turamizda «… mana shu-da»! deb qo’yamiz. Ushbu ma`ruzamiz barchamiz bilib-bilmaydigan ko’rib-ko’rmaydigan va sezib sezmaydigan kattaliklar hakida boradi. Kattaliklarning ta`rifini keltirishdan oldin ularning mohiyatiga mukaddima keltirsak. Yon-veringizga bir nazar tashlang, har xil buyumlarni, jonli va jonsiz predmetlarni ko’rsasiz. Balki oldingizda dustlaringiz ham o’tirishgandir. Albatta dars tayyorlab garchi bu sanab o’tilganlar bir-biridan tubdan farq qilsa ham hozir ko’rishimiz kerak bo’lgan xossalari va xususiyatlar bo’yicha ulardagi muayan umumiylikni ko’rishimiz mumkin. Masalan, ruchka, stol va do’stingizni olaylik. Bular bir-biridan qanchalik o’zgacha bo’lmasin lekin o’zlarida shunday bir umumiylikni kasb etganki, bu umumiylik ularning o’rtasida ham bir xilda tavsiflanadi. Agarda gap ularning katta kichikligi xususida boradigan bo’lsa, biror bir yo’nalish bo’yicha olingan va aniq chegaraga oraliqqa ega bo’lgan makonini yoki masofani tushunamiz. Aynan mana shu xossa uchala obe`kt uchun bir xil ma`noga ega. Ushbu ma`no nuktai nazaridan qaraydigan bo’lsak, ular orasidagi tafovut faqat qiymatdagina bo’lib qoladi yoki og’irlik, tushunchasini ya`ni misol tariqasida olingan obe`ktlarning yerga tortilishini ifodalaydigan xususiyatini oladigan bo’lsak ham mazmun bo’lsak ham mazmun bir xillikni ko’ramiz. Bunda ham ular orasidagi tafovut ularning yerga tortilishi kuchining katta yoki kichikligida, ya`ni qimatidagina bo’ladi. Biz uni oddiygina qilib og’irlik deb atab qo’yamiz. Bu kabi xususiyatlari talaygina bo’lib, ularga kattalik nomi berilgan. Kattaliklar juda ko’p va turli-tuman lekin ularning barchasi ham ikkitagina tavsif bilan tushuntiriladi. Bu sifat va miqdor tavsiflari. Sifat tavsifi olingan Kattalikning moxiyatini, mazmunini ifodalaydigan tavsif hisoblanadi. Gap masofa borasida ketganda muayan olingan obe`ktning o’lchamlarini, uzun-qisqaligini yoki baland pastligini bildiruvchi xususiyatni tushunnamiz, ya`ni ko’z oldimizga keltiramiz. Buni oddiygina bir tajribadan bilishmiz mumkin. Bir daqiqaga boshqa ishlaringizni yigishtirib ko’z oldingizga og’irlik va temperatura nomi kattaliklarni keltiring… xo’sh ularning sifat tavsiflarini seza oldingizmi. Bir narsaga ahamiyat bering-a og’irlik deganda qandaydir, bir mavhum og’ir yoki engil obe`ktini, aksariyat tarozi toshlarini ko’z oldiga kelitirsangiz, temperatura to’grisida gap borganda esa, issik-sovuklikni bildiruvchi bir narsani gavdalanatirgansiz. Aynan mana shular biz sizga tushuntirmoqchi bo’lgan kattalikning sifati tavsifi bo’lib hisoblanadi. endi olingan obe`ktlarda biror bir kattalik to’g’risida so’zlaydigan bo’lsak, bu obe`ktlar o’zida shu kattalikni ko’p yoki kam mujassamlashtirganligini shoxidi bo’lamiz. Bu esa kattalikning miqdor tavsifi bo’ladi. Mana endi kattalikning ta`rifini keltiramish mumkin. Kattalik sifat tomonidan ko’pgina fizikaviy obe`ktlarga fizikaviy tizimlarga, ularning xatoliklariga va ularda o’tayotgan jarayonlarga nisbatan umumiy bo’lib, miqdor tomonidan har bir obe`kt uchun xususiy bo’lgan xossadir. Ta`rifda keltirilgan xususiylik biror obe`ktning xosasi ikkinchisinikiga nisbatan ma`lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo’lishini ifodalaydi. Biz o’rganayotgan metrologiya fani aynan mana shu kattaliklar, ularning tavsiflarini o’riganish va bilish bilan uzviy bog’likdir. «Kattalik» atamasidan xossasining faqat miqdoriy tomonini ifyodalash uchun foydalanish to’g’ri emas masalan, massa kattaligi, bosim kattaligi deb yozish chunki shu xossalarning o’zi kattalik bo’ladi. Bunda kattalik o’lchami degan atamani ishlatish to’g’ri hisoblanadi. Masalan. Ma`lum jisimning uzunligi, massasi, elektr qarshiligi va hokozalar. Har bir fizikaviy obe`kt bir qancha obe`ktiv xossalari bilan tavsiflanishi mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti va rivojlanishi bilan bu xossalarni bilishiga talab ortib bormoqda. Hozirgi kelib zamonaviy o’lchash vositalari yordamida 70 dan ortiq kattalikni o’lchash imkoniyati mavjud. Bu ko’rsatkik 2005 yillarga borib 200 dan ortib ketishi bashorat qilinimoqda. Ko’pincha kattalikning o’rniga parametr sifat kuo’satkichi, tavsif xarakteristka degan atamalarni ham qo’ullanishiga duch kelmokda. Lekin bu atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi. Muayan guruglardagi kattaliklarning orsida o’zaro bog’liqlik mavjud bo’lib uni fizikaviy bog’lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan: vaqt birligidagi o’tilgan masofa bo’yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog’lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruxga bo’lib ko’riladi. Asosisy kattaliklar va hosilaviy kattaliklar. Asosiy kattalik deb ko’rsatilayotgan tizimga kiradigan va shart bo’yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan, masofa uzunlik vaqt, temperatura yorug’lik kuchi kabilar. Hosilaviy kattalik deb tizimiga kiradigan va tizmning kattaliklari orqali ifodalanadigan kattalikka aytiladi. Masana, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi kabilar. Har bir xossa ko’p yoki kam darajada ifodalanishi ya`ni miqdor tavsifiga ega bo’lishi mumkin ekan, demak bu xossani o’lchash ham mumkin. Bu haqida buyuk Italyalik olim Galileo Galiley o’lchash mumkin bo’lganini o’lchang, mumkin bo’lmaganiga esa imkoniyat yarating degan edi. Kattalikning sifati tavsiflarni rasmiy tarzda ifodalashda o’lchamlikdan foydalanamiz. Kattalikning o’lchamligi deb shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar bilan bog’likligini ko’rsatadigan va proportsionallik koeffitsenti 1 ga teng bo’lgan ifodaga aytiladi. Kattalikning o’lchamligini o’lcham o’lchamlik ma`nosini bildiradigan «xing» suziga asoslangan holda simvoli bilan belgilanadi. Odatda asosiy kattaliklarning o’lchamligi mos holdagi bosh xarflar bilan belgilanadi masalan, hosilaviy kattaliklarning o’lchamligini aniqlashda quyidagi qoidalarga amalq qilish lozim. Tenglamaning uning va chap tomonlarining o’lchamligi mos kelmasligi mumkin emas, chunki faqat bir xil xossalargina o’zaro solishtirilishi mumkin. Bunday xulosa qilib aytadigan bo’lsak, faqat bir xil o’lchamlikka ega bo’lgan kattaliklargina algebraik qo’shishimiz mumkin. O’lchamlarning algebrasi ko’payuvchandir, ya`ni faqatgina ko’paytirish amalidan iboratdir. Bir necha kattaliklarning ko’paytmasining o’lchamligi ularning o’lchamliklarning ko’paytmasiga teng ya`ni A,V,S kattaliklarning qiymatlari orasidagi bog’lanish AVS ko’rinishda berilgan bo’lsa, u holda bir kattalikni boshqasiga bo’lishdagi bo’linmaning o’lchamligi ularning o’lchamliklarning nisbatiga teng ya`ni A/V bo’lsa u holda darajaga ko’tarilgan ixtiyoriy kattalikning o’lchamligini uning o’lchamligini shu darjaga oshirilganligiga tengdir, ya`ni bo’lsa u holda masalan agar tezlik bo’lsa, u holda shunday qilib, hosilaviy kattalikning o’lchamligini ifodadalashda quyidagi formuladan foydalanishimiz mumkin: bunda M,T …,-mos ravishda kattaliklarning o’lchamligi -o’lchamning daraja ko’rsatkichi har bir o’lchamning darajada ko’rsatkichi musbat yoki manfiy butun yoki kasr songa yoxud nolga teng bo’lishi mumkin. Agar barcha darjaja ko’rsatkichlari nolga teng bo’lsa, u xolda bunday kattalikni o’lchamsiz kattalik deyiladi. Bu kattalik bir nomga kattaliklarning nisbati bilan aniqlanadigan nisbiy masana, dielektrik o’tkazuvchanlik, logarifmik, masalan elektr quvvati va kuchlanishning logarifmik nisbati bo’lishi mumkin. O’lchamliklarning nazariyasi odatda hosil qilingan ifoda formulalarni tezdan tekshirish uchun juda ko’l keladi. Ba`zan esa bu tekshiruv noma`lum bo’lgan kattaliklarni topish imkonini beradi. Muayyan obe`ktni tavsiflovchi kattalik shu obe`kt uchun xos bo’lgan miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi obe`ktlar o’zaro birgalikda ko’rilayotganda faqat mana shu miqdor tavsiflariga ko’ra tafovutlanadi. Buning uchun esa solishtirayotganda obe`ktlararo biror bir asos bo’lishi lozim. Bu asosga solishtirish birligiga deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga kattalikning birligi deb nom berilgan. Qurilayotgan fizikaviy obe`ktning ixtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi bo’lib, uning o’lchami xizmat qiladi. Lekin uzunlik o’lchami, massa o’lchami, sifat ko’rsatkichining o’lchami degandan ko’ra uzunligi massasi sifat ko’rsatkichi, kabi iboralari ishlatish ham leksik jihatdan ham texnikaviy jihatdan o’rinli bo’ladi. O’lcham bilan qiymat tushunchalarini bir-biriga adashtirish kerak emas. Masalan, 100 ga 105 mg, 10-4 t-bir o’lchamni 3 xil ko’rinishda ifodalanish bo’lib, odatda massa o’lchamining qiymati demasdan massasi /…/ kg deb gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning o’lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim. Kattalikning o’lchami ayrim olingan moddiy obe`kt tizim xodisa yoki jarayonga tegishli bo’lgan kattalikning miqdori bo’lib hisoblanadi. Kattalikning qiymati qabul qilingan birliklarning ma`lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlang. Qiymatining sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismini kattalikning sonli qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o’lchami noldan qancha birlikka farqlanadi, yoki o’lchash birligi sifatida olingan o’lchamdan qancha birlik katta kichik ekanligini bildiradi yoki boshqacha aytganda va sonli qiymati bilan ifodalanadi degan ma`noni anglashimiz lozim. endi yana kattalikning birligiga qaytamiz. Ikki xil metall quvur berilgan bo’lib, birining diametri 1m ikkinchisiniki 0,5 m ularning ikkovini diametr bo’yicha solishtirish uchun, muayyan bir asos sifatida olingan birlik qiymati bilan solishtirishimiz lozim bo’ladi. Kattalikning birligi deb ta`rif bo’yicha soniy qimmati 1 ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi. Ushbu atama kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun ko’paytiruvchi sifatida ishlatiladi. Muayyan kattalikning birliklari o’zaro o’lchamlari bilan farqalanishi mumkin. Masalan, metr, fut va dyuym uzunlikning birliklari bo’lib, quyidagi har xil o’lchamlarga ega -1 fut = 0,3048 m, 1 dyuym = 25,4 mm ga tengdir. Kattalikning birligi ham kattalikning o’ziga o’xshash asosiy va xosilaviy birliklarga bo’linadi. Kattalikning asosiy birligi deb birliklar tizimidagi ixtiyoriy ravishda tanlangan asosiy kattalikning birligiga aytiladi. Bungi misol qilib Mt kattaliklar tizimiga to’gri kelgan MKS birliklar tizimida metr kilogramm sekund kabi asosiy birliklarni olishimiz mumkin. Hosilaviy birlik deb berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan ta`riflovchi tenglama asosida keltirib chiqaruvchi hosilaviy kattaliklarning birligiga aytiladi. Hosilaviy birlikka misol qilib 1 m\s xalk’aro birliklar tizimidagi tezlik birligini 1 N = 1 kg m\s2 kuch birligini olishmiz mumkin. 1960 yili o’lchov va ogirliklarning XI bosh konferentsiyaga xalk’aro birliklar tizimini qabul qilgan bo’lib, mamlakatimizda buni xalq’aro tizim deb yuritiladi. Keyingi bosh konferentsiyalarda tizimga bir qator o’zgartirishlar kiritilagan bo’lib, hozirgi holati va birliklarga ko’shimchalar va ko’paytirgichlar haqidagi ma`lumotlar 1 va 2 jadvallarda keltirilgan. Kattaliklarning birliklarini belgilash va yozish borasida standartlar asosida tayyorlangan tartib va qoidalar mavjud. Bu qoidalar va tartiblar GOST 8.417-81 da atroflicha yoritiladi. 1-jadval.
Birliklarni ifodalash uchun maxsus harflar yoki belgilardan foydalanish mumkin-A, Vt, % va h. 2-jadval
Birlikni ifodalovchi harf tugri shrift bilan yoziladi. Qisqartirish maqsadida nuqtadan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Birlik belgisini kattalikning soni qiymatidan keyin u bilan bir katorda keyingisiga utkazmay ifodalanadi. Son qiymatining oxirgi raqami bilan belgini bir probel oralig’ida yoziladi. To’g’ri Noto’g’ri 100kVt 100kVt 80% 80% 200S 200S yoki 200S Qatorning yuqorisida yoziladigan belgilar bundan mustasno 250 200S O’nli kasr bilan son qiymati ifodalanadi: To’g’ri Noto’g’ri 423,06 m 423m 06 5,7580 yoki 5045,48 5,7580 yoki 5045,48 504528,8 504528,8 Qiymat oralig’i ko’rsatilayotganda To’g’ri Noto’g’ri /100,0-0,1/kg /100,0-0,1/kg 50mm -1mm 50 -1mm Tablitsalarning graflarida va qator boshlarida umumiy tarzda birlik belgisini berish mumkin. Formula bilan ifodalanadigan xollarda tushuntirish tarizida berish uchun: To’g’ri Noto’gri υ=3,6 km/s υ=3,6k m\s Bunda υ-tezlik km/s bunda υ-tezlik m/s -masofa, km -masofa, m -vaqt, soat -vaqt, sek Berilgan ko’paytma shaklida ko’rsatiganda harfning o’rta balandligida nuqta qo’yish mumkin. To’g’ri Noto’g’ri N, M N,M Pa, s Pa,s Kasrli ifodada birdan ortiq kasr chizig’ini ishlatib bo’lmaydi. To’g’ri Noto’g’ri Vt\Ms Vt\\Ms 80 km/s 80km//s soatiga 80 km soatiga 80-km Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling