Mavzu: O’lchov axborotlarini yig’ish,daastlabki ishlov berish. Axborotlarni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish
Download 21.42 Kb.
|
to\'raboyev nb 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotni tartiblash, tahlil qilish va uzatish
- Shu sababli, kompyuterlarda qo’llanish sohasiga ko’ra axborot, qayta ishlanayotgan ma’lumotlarni simvolli (harf, raqam, kodlashtirilgan grafik
- Bayt
- “bit”
- bayt. 4) 1 Megobayt (Mb) = 1024 Kbayt = 2 20 bayt= 1048576 bayt. 5) 1 Gigabayt (Gbayt)= 1024 Mbayt = 2 30
- Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.
- Qaror qabul qilish, boshqarish ta’sirini ishlab chiqish.
Mavzu:O’lchov axborotlarini yig’ish,daastlabki ishlov berish. Axborotlarni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish . Korxonalarda axborotlarni yig’ish va ro’yxatga olish turli xil xo’jalik ishlari bajarilganda amalga oshiriladi. Dastlab axborotlar yig’iladi so’ngra ro’yxatga olinadi. Axborotlarni yig’ish va hisobga olish amallari, odatda ish joylarida, ularga ishlov berish esa, avtomatlashgan ish joyida yoki hisoblash markazlarida amalga oshiriladi. Axborotni tartiblash, tahlil qilish va uzatish . Korxonada axborotlar yig’ilib, ro’yxatdan o’tkazilgach uni tartiblash amalga oshiriladi. So’ngra tartiblangan axborotlar tahlil qilinadi va uzatiladi Ma’lumotlarni kodlashtirish . Ma’lumki, informatika ma’lumot deyilganda, axborotning kompyuterdagi tasviri tushuniladi. Shu sababli, kompyuterlarda qo’llanish sohasiga ko’ra axborot, qayta ishlanayotgan ma’lumotlarni simvolli (harf, raqam, kodlashtirilgan grafik obrazlar va tovushlar) belgilashlar ketma-ketligini ifodalaydi. Axborotni xabarga aylantirish usullaridan biri - ularni moddiy tashuvchi vositasida yozish va uzatish hisoblanadi. Bunday yozish jarayoni kodlashtirish deb yuritiladi. Ma’lumotlarni kodlash va uzatish. Kompyuterlarda axborotlarni saqlash, qayta ishlash, uzatish jarayonlarida, ularni kompyuter tushunadigan shartli belgilarga aylantirish, ya’ni axborotlarni kompyuterlarda ifodalash zaruriyati yuzaga keladi. Bu jarayonlarni axborotlarni kodlash yoki kodlashtirishni deyiladi. Axborotlarni kompyuterlarda ifodalash uchun ikkilik sanoq tizimida 0 yoki 1 raqqamlari yordamida kodlash amalga oshiriladi. Ikkilik sanoq tizimida amalga oshiriladigan ikkilik kodlash orqali, ko’p sonli harf, raqamlarni 0 va 1 belgilarining tegishli ketma-ketligi tarzida ifodalash imkoniyati tug’iladi. Bu ketma-ketliklar kodli kombinasiyalar deyiladi. Kodli kombinasiyalarni tashkil qiluvchi belgilar soni, kodning uzunligini deyiladi. Kompyuter (EHM) faqat sonli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Barcha ma’lumotlar, xususan, dasturlar, matnlar, ovozlar, rasmlar kompyuterda qayta ishlashi uchun u albatta sonli shaklga almashinishi lozim. Demak, kompyuter ma’lumotlarni qabul qilar ekan, dastlab u kodlanadi. Har bir harf yoki belgilarga maxsus son mos keladi. Uni ekranga yoki chop qilish qurilmasiga chaqirish jarayonida yana shu songa mos belgi qo’yiladi. Yuqorida keltirilgan mulohazalar axborotlarning o’lchov biliklari tushunchasini yuzaga keltiradi. Demak, ma’lumotlar kodlashtirilganda, ular o’lchov birligi bir bit dan iborat, 0 yoki 1 qiymatlardan birini qabul qiladi. Lekin kompyuter buyruqlari bayt bilan ishlaydi. Ketma-ket sakkiz bit bir bayt dan iborat bo’ladi. Demak, bir bayt birligi bilan 256 variantda kodlash imkoniyatini beradi, chunki 2*8 =256. Bayt – sakkiz bitdan iborat axborotning eng kichik o’lchov birligi bo’lib, u Klod Shennon tomonidan taklif qilingan. Bir bit 0 yoki 1 raqamidan iborat bo’ladi. Klaviatura alfavitdagi 256 ta simvolni kodlashtirish uchun, aynan sakkiz “bit” bo’lishi talab qilinadi. Hisoblash texnikasida bit deyilganda “0” yoki “1” raqamlarini saqlovchi eng kichik xotirasi tushuniladi. 1) 1 bit = 0 yoki 1 raqamlaridan biri 2) 8 bit = 1 bayt 0 yoki 1 raqamlaridan iborat sonlar kombinasiyasi 3) 1 Kilobayt (Kb) = 1024 bayt = 2 10 bayt. 4) 1 Megobayt (Mb) = 1024 Kbayt = 2 20 bayt= 1048576 bayt. 5) 1 Gigabayt (Gbayt)= 1024 Mbayt = 2 30 bayt=1 073 741 824 bayt. 6) 1 Terabayt (Tb)= 1024 Gbayt = 2 40 bayt=1 099 511 627 776 bayt. 7) 1 Petabayt (Pb)= 1024Tbayt=2 50 bayt=1125899 906 842 624 bayt. Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash. Kompyuterlarda iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash, qayta ishlagayotgan axborotlarning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda tegishli ilovalar amaliy dasturilar yordamida amalga oshiriladi, ularga ishlov beriladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 11
Ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash jarayonlari tugagach ular maxsus vositalar (printerlar) yordamida chop qilinadi, natijada qayta ishlangan Yangi axborotlardan foydalanish imkoniyati yuzaga keltiriladi. Qaror qabul qilish, boshqarish ta’sirini ishlab chiqish. Kompyuterda olingan axborotlarni tahlil qilish asosida samarali boshqariv ta’sirini ishlab chiqiuvchi qarorlar qabul qilinadi. Download 21.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling