Mavzu: Olmosh. Olmoshning ma’no turlari


Download 38.92 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi38.92 Kb.
#1547352
  1   2   3   4
Bog'liq
olmosh-so-z-turkumi-haqida


Mavzu: Olmosh . Olmoshning ma’no turlari.

Reja.
1. Olmosh -mustaqil so’z turkumi


2. Olmoshning ma’noviy guruhlarga bo’linish tartibi
3.Olmoshlarni gapdagi o’rni haqida qisqacha tahlil

Olmosh, avvalo, bu so’zning etimologiyasiga e’tiborimizni qaratsak, olmosh– biror so’z o’rnida qo’llanadigan so’z turkumidir. Bu so’z asli “qo’lga ol”, “ o’ziniki qil” – ma’nolarini anglatuvchi al – fe’lining “ takror” ma’nosini anglatuvchi - ma qo’shimchasi qo’shilgan alma – shaklidan -sh harakat nomi qo’shimchasi bilan hosil qilingan, keyinchalik esa harakat nomi shaklidagi fe’l otga ko’chgan. O’zbek tilida a unlilari a: unlilariga almashgan. Ya’ni, ( al- + ma = alma - ) + sh = almash > almash shakliga kelgan. Olmosh so’z turkumi boshqa so’z turkumlari ot, sifat, son, ravish so’z turkumlari o’rnida qo’llanuvchi so’z turkumidir. Olmoshlarning asosiy vazifasi va qaysi so’ z turkumi o’rnida qo’llanishi matnda oydinlashadi. Olmoshlarning ma’nosi noaniq va umumiy bo’ladi. Ma’no va Grammatik xususiyatlarga ko’ra, olmosh umumlashgan predmet ( olmosh – ot: men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima ), umumlashgan belgi ( olmosh – sifat: bu, shu, o’sha, qaysi, allaqanday, hech qanday ) , umumlashgan miqdor ( olmosh – son: qancha, necha, shuncha, o’shancha ) bildiruvchi olmoshlarga bo’linadi. Olmoshlar noaniqligi, so’z yasalishining yo’qligi bilan boshqa so’z turkumlaridan farqlanadi. Olmoshlar boshqa so’zlar , shuningdek so’z birikmasi va gap o’rnida ishlatilib ,ularga ishora qiluvchi yoki so’roq bildiruvchi so’zlardir. Olmoshlar ot , sifat, son ba’zan fe’l va yordamchi so’zlar o’rnida almashtirib qo’llaniladi. Olmoshlarning atash ma’nosi bo’lmaydi.Shuning uchun ular ichi bo’sh so’zlar deyiladi.Olmoshlarning morfologik usul( so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shib so’z yasash ) orqali boshqa turkumlardan yasalmaydi. Olmoshlar boshqa so'zlarning yasalishiga asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.


Masalan: 
O'zboshimcha, o'zbilarmon, manman - sifat;
O'zidan ketmoq, o'ziga kelmoq - ibora;
Sizlamoq, sensiramoq - fe'l
Olmoshlar ma’no va Grammatik xususiyatlariga ko’ra , quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Kishilik olmoshlari – men, sen, u, biz, ular bo’lib, shaxslar o’rnida ishlatiladi; Yozuvda mana bu, mana shu , ana u, ana shu olmoshlari ajiratib yoziladi. Ba'zan bu olmoshlar og'zaki nutqda manavi, anavi tarzida talaffuz qilinishi va shunday yozilishi mumkin.
Egalik, kelishik hamda -day, -dek,- qa , - cha qo'shimchalari qo'shilganda asosda fonetik o'zgarish ( n tovushi orttirilishi )ga guvoh bo'lamiz. M:
Shu + day = shunday ;
U + ga = unga;
Bu + cha = buncha.
Bu + im = bunim;
O'sha + aqa = o'shanaqa...

Ko'rsatish olmoshlari tuzilishiga ko'ra 4 xil bo'ladi :


1) Sodda ko'rsatish olmoshi : shu , bu , o'sha, ana ....
2) Qo'shma ko'rsatish olmoshi : mana bu , ana u, ana shu ....
3) Juft ko'rsatish olmoshlari : ul-bul, u-bu...
4) Takror ko'rsatish olmoshlari : shu-shu, o'sha-o'sha.
2. O’zlik olmoshi – o’z so’zidan iborat bo’lib, predmet ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab ko’rsatadi.O’zlik olmoshi narsa buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko’rsatish uchun ishlatiladigan o’z so’zidir. Bu olmosh narsa – buyumning shaxsga xosliogini, tegishliligini yoki shaxsning tanhologini bildiradi.: o’z uyi, o’z ukasi. O’zlik olmoshi egalik qo’shimchasini olib, kishilik olmoshlariga sinonim bo’ladi; o’zim – men , o’zing -sen , o’zi -u
3. Ko’rsatish olmoshi – bu, shu, o’sha, u, ana, mana kabi so’zlar predmet va uning belgilarini ko’rsatadi.Kishilik olmoshi u bilan ko’rsatish olmoshi u ni gapdagi ma’nosiga qarab farqlash mumkin.Bunda u kishilik olmoshi kim? so’rog’iga( u keldi), ko’rsatish olmoshi u esa qaysi? so’rog’iga javob bo’ladi( u kishi keldiKo‘rsatish olmoshlari gapda asosan aniqlovchi (Bu kitob ukamniki) va kesim (Men aytgan odam shu) vazifalarini bajaradi. Otlashsa, ega (SHu mening maqsadimdir), to‘ldiruvchi (Buni tushundim), qaratqich aniqlovchi (SHuning egasi sensan), hol (Bunda bulbul kitob o‘qiydi) bo‘lib ham kela oladi
4. So’roq olmoshlari – kim?, nima?, qancha?, qanday? kabi so’zlar predmet, belgi va miqdor haqida so’roqni bildiradi. So‘roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar so‘roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq ohangi bilan talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Siz qaysi kitoblarni o‘qigansiz.
Masalan :
Kimning portfelmi?
Qaysi maktabdan kelding?
Qaysi sizning sevimli yil fasli?
Qanaqasiga Sizningcha, men xalqaro munosabatlar fakultetiga kirishim kerakmi?
Sen bugun o’qishga bormaysanmi?
Qaysi fandan a’lo o’qiysiz?
Kim ham qilgan aybini tan olar edi?
Kim shaxmat to‘garagiga qatnashadi?
Dunyoda nima kuchli?
Sinfingizda nechta o‘quvchi bor?
Siz nechanchi sinfda o‘qiysiz?


1

Shaxsga so‘roq



Kim?

2.

Narsaga so‘roq



Nima?

3.

Belgi-xususiyatga so‘roq




Download 38.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling