Mavzu: Olmosh. Olmoshning ma’no turlari


Download 38.92 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi38.92 Kb.
#1547352
1   2   3   4
Bog'liq
olmosh-so-z-turkumi-haqida

Sodda olmoshlarBir asosli bo’ladi
.Qo’shma olmoshlar; Ikki asosli bo’ladi.
M: ana shu, bir nima hech kim.
Juft olmoshlar; Bir-biriga mazmunan yaqin bo’lgan olmoshlarning birikishidan hosil bo’ladi.
M: siz-u- biz, u-bu, ana-mana
.Takroriy olmoshlarBir o’zakning aynan yoki tovush o’zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo’ladi
. M: o’z-o’zini, shu-shu, o’sha-o’sha, nima-nima, kim-kimlar.
Olmoshlar haqida qisqacha tanishib chiqdik. Endi mavzuni mustahkamlash doirasida boshlang’sh ta’lim darsliklaridan namuna olib, ularni tahlil sifatida ko’rib chiqamiz.

ANTARKTIDA


Antarktida sayyoramizdagi oltita qit’adan biridir. U Yer sharining eng janubida joylashgan. Qit’aning deyarli hamma joyi muz bilan qoplangan. Antarktidaga birinchi bo‘lib, 1899-yilda norvegiyalik Karsten Borxgrevink qadam qo‘ygan. Bundan million yillar avval Antarktida issiq o‘lka bo‘lgan. Undagi o‘rmonlarda bahaybat hayvonlar yashagan. Ammo asrlar o‘tib, Antarktida sekin-asta muz saltanatiga aylana boshlaydi. Olimlarning aniqlashicha, qalinligi ming metrdan baland muz tog‘lari ostida temir, oltin, olmos, rangli metallar, ko‘mir singari foydali qazilmalar ko‘p ekan. Dunyodagi barcha ichimlik suvning asosiy qismi ham shu muz liklarda jam bo‘lgan. Hisob-kitoblarga qaraganda, Antarktidadagi barcha muz erib ketsa, dunyo okeanlarining suvi 62 metrga ko‘tariladi.Antarktida hech bir davlatga tegishli emas. Xalqaro shartnomaga ko‘ra, uning hududida harbiy harakatlar o‘tkazish man etilgan. Antarktida tinchlik qit’asidir.
[3-sinf ona tili va o’qitish savodxonligi.40-bet]

Ushbu matnda ko’rsatildan olmoshlarni birin -ketin tahlilini ko’rib chiqamiz.


,,U’’olmoshi bu gapda ko’rsatish olmoshi vazifada kelgan. Tuzilish jihatidan esa sodda olmosh tarkibiga kiradi.
‘’Undagi’’ olmoshi qo’shimcha qo’shilishi orqali yasalgan olmosh hisoblanadi. O’rin payt kelishik qo’shimchasi da qo’shilishi orqali n tovushi ortgan. Bunda fonetik hodisa ya’ni tovush ortishi hodisasi bo’lib o’tgan.
Bundan olmoshi ham qo’shimcha orqali yasalgan.Bu +n+dan =bundan. Bu yerda dan qo’shimchasi chiqish kelishi qo’llangan. N tovushi esa fonetik hodisa orqali ortgan. Bu olmoshi esa ko’rsatish olmoshi hisoblanadi.
Shu olmoshi esa gapda ko’rsatish olmoshi bo’lib kelgan. Bu olmoshida hech qanday fonetik hodisa ro’y bermagan.
Barcha olmoshi. Bu olmosh begilash olmoshi hisoblanadi.
Uning olmoshi. U+ ning = uning. U olmoshi ko’rsatish olmoshi. Ning esa qaratqich kelishigi qo’shimchasi hisoblanadi.
Yuqorida ko’rib chiqqan olmoshlarimizning hammasi sodda olmoshlar tipiga kiradi.
MAHALLA – OTA-ONA

Mahalla – ota-ona,


Har qo‘shni qilar ta’na.
Bittasi der: – Yurma kir,
Bittasi der: – Uyga kir.
Yurardim dilim vayron,
Endi bir holga hayron
Bo‘lib turibman shu tob,
Uch kun yotibman betob.
Ota-onam singari
Shu qo‘shnilarning bari
Mendan olmoqda xabar
Ba’zan kirib barobar.
Biri keltirib meva,
Deydi: – Yemayman dema!
Biri der: – Ranging somon,
Yeb olgin tansiq taom.
Biri berib o‘yinchoq,
Mening vaqtim qilar chog‘.
Biri keltirib dori,
Der: “Yaxshimi ahvoli?”
Qo‘shnilar borligi, rost,
Ekan juda, juda soz.
To‘g‘ri so‘z deyman yana:
Mahallang – ota-ona
[2-sinf ona tili va o’qitish savodxonligi. 39- bet]

Keyingi tahlilni she’r tahlili bilan davom ettiramiz. Bu she’rda berilgan olmoshlar:shu , bari, mendan, mening.


Shu olmoshi. Bu olmosh ko’rsatish olmoshi hisoblanadi.
Bari olmoshi. Bu olmosh belgilash olmoshi hisoblanadi.
Mendan olmoshi .Men+dan= mendan. Dan bu yerda chiqish kelishigi. Men olmoshi esa kishilik olmoshidir.
Mening olmoshi. Men +ning= mening. Bu so’zda bitta n tovushi tushib qolgan. Tovush tushushi fonetik hodisasi ro’y bergan. Ning qaratqich kelishigi bo’lib kelgan.
INSON NIMA UCHUN HAMMADAN KUCHLI?
Kunlardan bir kuni qirg‘ovul soy bo‘yiga suv ichish maqsadida kelibdi. Suv muzlab qolgan ekan, uni tumshug‘i bilan teshib, ozroq suv ichibdi. Biroq shu ozgina vaqt ichida qanoti muzga yopishib qolibdi. – Ey muz, juda kuchli ekansan-ku! – xitob qilibdi qirg‘ovul. – Yo‘g‘-e, – javob beribdi muz, – mendan yomg‘ir kuchli. Qachon yomg‘ir yog‘sa, men shu zahoti eriy boshlayman. Bu suhbatni ko‘kdagi bulutlar bag‘rida eshitib turgan yomg‘ir ham tilga kiribdi: – Nahotki, men kuchli bo‘lsam? Yo‘q, yer ancha kuchli. Qancha ko‘p yog‘may, u meni o‘ziga shimib oladi, – debdi. Shunda yer tilga kirib: – O‘rmon mendan kuchli. U mening ustimda turadi, tomirlarini suqib vujudimdagi bor quvvatni so‘rib oladi, – debdi. – Yo‘q, mening kuchim uncha ko‘p emas, – debdi o‘rmon. – Olov mendan kuchli. U alanga olsa bormi, ho‘l-quruq baravar yonadi! Bu so‘zlarni eshitgan olov shunday debdi: – Men shamoldan qo‘rqaman. U meni osongina o‘chirishi mumkin. – To‘g‘ri, men daraxtni ildizi bilan qo‘porishim, alangani bir zumda o‘chirishim mumkin, – debdi shamol. – Lekin bir oddiy maysaning oldida ojizman. Qanchalar kuchli esmay, u qaddini tiklab olaveradi. Menimcha, maysa hammadan kuchli! Bunga maysa e’tiroz bildiribdi: – Menda hech qanday kuch yo‘q. Qo‘y meni yeb qo‘yadi-ku! Shuning uchun qo‘y hammadan kuchli bo‘lsa kerak. Buni eshitgan qo‘y bosh chayqabdi: –Mendan qanday kuch bo‘lsin? Bo‘ri kelib qolsa bormi, dumbamdan ayrildim deyavering! Yaxshilab o‘ylab ko‘ring! Hammadan kuchli o‘sha emasmikan? – debdi. Birdaniga bo‘ri paydo bo‘lib qolibdi. – E, sizlar hech narsani bilmaysizlar, – debdi u. – Dunyoda inson hammadan kuchli! U qirg‘ovullarni tutadi, muzni eritadi, yomg‘irga ham bo‘sh kelmaydi, yerni chopadi, o‘rmonni kesadi, olovni o‘chiradi, Shamolni o‘ziga bo‘ysundiradi, maysa-o‘tlarni o‘radi, qo‘yni so‘yadi, biz bo‘rilarni ham otib o‘ldiradi. Bularning barini eshitgan inson debdi: – Yo‘q, adashasiz, aslida birimiz ikkinchimizdan kuchli emasmiz. Men sizlardan kuchli bo‘lishim mumkin. Lekin ko‘magingizga doim muhtojman. Siz qiladigan ishlarni men bajara olmayman. Birortangiz bo‘lmasangiz, men o‘z kuchimni yo‘qotaman. Demak, tabiatdagi hamma narsa bir-biriga zanjirdek bog‘langan. Biz faqat birlashsakkina, kuchli bo‘la olamiz.
[3 sinf ona tili va o’qitish savodxonligi.80 -bet]


Download 38.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling