Mavzu: Ona tili darslarida Uyushiq bo‘lakli gaplarni o‘quvchilarga o‘rgatish


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana02.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#197640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
ona tili darslarida uyushiq bolakli gaplarni oquvchilarga orgatish

yigitlar mehmonni ... kuzatib tashqariga chiqishdi.  

Uyushiq bo`lakli gaplarda umumlashtiruvchi birliklar uyushuvchilardan oldin 

kelsa, shu birlikdan so`ng ikki nuqta qo`yiladi: Hamma yerda: uylarda, ko`chalarda 

ivirsib yotgan xazon yuzi ertalab qirovdan ... oppoq bo`lib qoladi.  

Umumlashtiruvchi  birliklar  uyushuvchilardan  so`ng  kelganda,  undan  oldin 

tire  qo`yiladi:  Kishilar,  xotinlar,  bolalar  –  kutib  oluvchilar  vagon  bo`ylab 

chopdilar.  

Uyushiq  bo‘laklar  juft  holda  ham  qo‘llanadi.  Juft  holda    qo‘llangan  uyushiq 

bo‘laklarning ohangi o‘ziga xos: har bir juft uyushiq bo‘lakning birinchi so‘zida 

ovoz  ko‘tariladi,  keyingisida  esa  pasayadi,  har  bir  juft  uyushiq  bo‘lak 

keyingisidan pauza orqali ajratiladi.  



 

 

Olma  va  o‘rik,  nok  va  shaftoli  nihollari  mehnatsevar  bog‘bonlarning 



mehnatidan  rizq  olib,  ko‘m-ko‘k    yaproqlar  bilan  bezandi.  Bog‘  go‘zal.  Unda 

quyosh  va  yengil  shamolning,  gullar  va  maysalarning  quvnoq  o’yini  kun  bo‘yi 

davom etadi.  

O‘quvchilar bu gaplarni ifodali o‘qiydilar. Uyushiq bo‘laklarni o‘rgatishda juft 

qo‘llangan uyushiq bo‘laklarning ohangiga doir mashqlar o‘quvchilarning ifodali 

o‘qish, ifodali nutq, og‘zaki nutq madaniyatini oshirishga qaratiladi. 

O‘quvchilar  o‘zaro  biriktiruv  va  zidlov  bog‘lovchilari  yordami  bilan 

bog‘langan,  bog‘lovchisiz  bog‘langan  juft  holda  qo‘llangan  uyushiq  bo‘lakli 

gaplarga  misollar  keltiradilar,  ularda  vergulning  ishlatilish  -  ishlatilmasligini 

tushuntiradilar. 

So’ngra quyidagi misollarga o‘quvchilar e’tibori jalb qilinadi. 

1.  Narigi  qirg‘oqdagi  mevazorlarda  o‘rik,  olcha,  olma,    shaftolilar      qiyg‘os   

gullab   yotibdi.   

2.  Mehnat  tufayli  inson  ijtimoiy  xayotdagi  urni  va    jamiyat    uchun  

foydaliligini   chuqurroq  anglaydi. 

Uyushiq  bo‘laklarni  toping.  Gapning  qaysi  bo‘laklari  uyushgan?  Ularning 

kaysilari sodda bo‘lak, qaysilari murakkab bo‘lak? Nima uchun? 

Uyushiq  bo‘lakli  gaplarning  fikrni  ifodalashdagi  ahamiyatini  izohlashda 

quyidagicha   gaplar   qiyoslanadi. 

1.  Xo‘jaligimiz  paxtadan  mo‘l  hosil 

oldi.                                                 

 

1.Xo‘jaligimiz  paxtada  sholidan,                        



makkajo‘xoridan mo‘l hosil oldi.                                           

2.  Xo‘jaligimiz,  sholidan  mo‘l  hosil 

oldi. 

3. Xo‘jaligimiz makkajo‘xoridan 



 mo‘l hosil oldi. 

 



 

 

(Avval chap tomondagi, so‘ngra o‘ng tomondagi gaplar o‘qilib, ularning farqi 



izohlanadi:  chap  tomondagi  uchta  gap  orqali  bayon  qilingan  fikr  o‘ng  tomonda 

bitta  uyushiq  bo‘lakli  gap  bilan  ifodalanganligi,  bunga  predmetlarni  sanab 

ko’rsatish orqali erishilganligi uqtiriladi. Yana misollar keltiriladi.) 

 

1.Tiniq 



havoda 

oq 


kapalaklar 

uchishadi. 

 

 

 



1. Tiniq havoda oq, pushti, sariq                       

 

                                        



kapalaklar uchishadi.                     

2.Tiniq  havoda  pushti  kapalaklar 

uchishadi. 

3.Tiniq 


havoda 

sariq 


kapalaklar 

uchishadi. 

 

(Keltirilgan uchta gapda bayon qilingan fikrni uyushiq bo‘lakli bitta gap orqali 



ifodalash  mumkinligi,  bunga  predmetlarning  belgilarini  sanab  ko‘rsatish  orqali 

erishilganligi ta’kidlanadi.)  

Predmet,  harakat  va  ularning  belgilarini  sanab  ko‘rsatish,  ta’kidlash  gapning 

uyushiq bo‘laklari orqali ifodalanadi. Ular fikrni aniq, to‘liq bayon qilish, nutkda 

ifodalilik,  ko‘tarinkilik  berish  uchun  xizmat  kiladi.  Shuning  uchun  ham  uyushiq 

bo‘lakli gaplar og‘zaki va yozma nutqda, uning turli uslublarida ko‘p  qo‘llanadi. 

Quyidagi  gaplarni  qiyoslash  orqali  uyushiq  bo‘laklar  va  gapda  ma’nosini 

kuchaytirish  uchun  takrorlanib  qo‘llangan  bo‘laklar  izohlanadi:  1.  Kombayn 

o‘radi, yig‘adi, yanchadi, tozalaydi. 2. Guvilla, guvilla, ko‘m-ko‘k o‘rmon. 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling