To`g`ri tanlangan metodlarni qo`llash mashg`ulotning qiziqarli va samarali bo`lishini ta`minlashi. O`quvchi o`zi o`rganishi kerak, aks holda unga hech kim hech narsani o`rgata olmaydi; O`qituvchi o`quvchilarga bilimlarni «kashf qilishga» yordam beradigan jarayonni tashkil qiladi.Bilim borliqdan ko`chirilgan nusxa emas, uni odam shakllantiradi. Ijodiy muhit – ijodkor shaxsni shakllantirishga yo`naltirilgan bo`lib, jamoada sog`lom muhitni yaratish orqali talim sifati va samaradorligini oshirish o`zaro hamkorlik asosida muammolarning yechimlarini topish aniq maqsadli natijalarni kafolatlash demakdir. Ijodkorlik – kishining o`z qiziqishi, ijodiy namunalariga yangiliklar kiritishga keng iimkoniyatlar ochadigan mashg`ulotlar bilan shug`ullanishga intilishlarida o`z aksini topadi. Bu yo`nalish bo`yicha yuqori ko`rsatkichga ega bo`lgan kishilar doimo o`zlari qiziqqan sohaga ijodiy faoliyatida biron bir o`zgarish yasash, yangilik kiritishga harakat qidadilar. Ijodiy muhitniig ko`rinishlari: 1) O`zgalar ehtiyojini o`rganish; 2) O`zgalar tabiatini his qilish; 3) Samimiy munosabat 4) Vaziyatni to`g`ri baholay olish; 5) Yaxshi taassurot; 6) O`zgalar uchun ahamiyatliroq bo`lish; 7) Adolatli yondashuv; 8) O`zgalar ruhiyatiga ta`sir qilish; 9) E’tiborlilik; 10) O`zgalar hayotiga qiziqish; 11) Shaxs “men”ini hurmatlash; 12) Rag`batlantirib borish. O`qituvchilardagi ijodiy izlanuvchanlik sifatlari quyidagicha: O`zligini anglab yetishi; Tanqidiy tafakkurga ega bo`lishi; O`z faoliyatini to`g`ri belgilab olishi; Maqsadga muvofiq faoliyat ko`rsatishi; Topqirlik va hozirjavoblilik; Donolik; Yumorga boy bo`lish; Bir necha tilda muloqotga kirisha olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |