HOZIRGI O’ZBEK TILI LEKSIKASINING IJTIMOIY-DIALEKTAL TARKIBI
Bu jihatdan tilimizdagi so‘zlarni ikkita guruhga bo‘lish mumkin:
1.Umumxalq ishlatadigan so‘zlar kundalik turmushda hammaning nutqida tez-tez qo‘llanadigan so‘zlardir: non, suv, bugun, kim, besh, yaxshi, sotdi va b. Bularni yana faolso‘zlar ham deyishadi. Ular tilning asosiy so‘z boyligidir.
2. Umumxalq ishlatmaydigan so‘zlar turli sabablarga ko‘ra kundalik turmushda hammaning nutqida ham tez-tez qo‘llanavermaydigan so‘zlardir. Bularni yana nofaol so‘zlar ham deyishadi. Bu so‘zlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) atamalar (terminlar) - ilm-fan, texnika, san’atga xos so‘zlardir. Bular odatda bir ma’noni bildiradi: urg‘u, kesim, undalma va b. Atamalar ilmiy nutqda qo‘llanadi.
Ular ikki xil usul bilan hosil qilinadi:
a) umumxalq ishlatadigan so‘zlar orasidan ayrimlarining ma’nosi torayib, umumxalq tilida bir ma’noni, ilmiy nutqda esa boshqa ma’noni ifodalaydigan bo‘lib qoladi: fe’l (umumxalq tilida xarakter, fe’l-atvor ma’nosini, ilmiy tilda so‘z turkumi nomini bildiradi);
Do'stlaringiz bilan baham: |