Mavzu: Ona tili lug’at tarkibining ma’no jihatdan tafsiflanishi. Lug’at tarkibining ijtimoiy guruhlar tomonidan qo’llanilishi haqida ma’lumot. Reja


b) boshqa tillardan so‘z olish orqali hosil qilinadi: omonim, paronim va b.; 2)


Download 42.71 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi42.71 Kb.
#1563928
1   2   3   4   5
Bog'liq
ona tili

b) boshqa tillardan so‘z olish orqali hosil qilinadi: omonim, paronim va b.;
2) shevaga xos so‘zlar - ma’lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilarga tushunarli bo‘lgan so‘zlardir: xorazmcha momo (buvi), gashir (sabzi), moyak (tuxum), o‘jak (buzoq), taxya (do‘ppi), secha (chumchuq), taka (yostiq), hovva (ha); farg‘onacha shatta (shu yerda), valish (ishkom)paqir (chelak); buxorocha kallapo‘sh (do‘ppi), inak (sigir), nana (ona); toshkentcha ada (ota), doda (bobo); Yozuvchilar badiiy asarlarida qahramonlarning qaerlik ekanini, tilidagi xususiyatlarni ko‘rsatish uchun ularning nutqida ba’zan shevaga xos so‘z va qo‘shimchalarni ham ishlatadilar.
3) kasb-hunarga oid so‘zlar - ma’lum kasb-hunar egalari ishlatadigan so‘zlardir. Tikuvchilik: andoza, angishvona, qatim, bichiq va b. Yozuvchilar badiiy asarlarida qahramonlarning mehnat faoliyatini ko‘rsatish uchun ularning kasb-hunarlariga oid so‘zlardan ham foydalanadilar.
Diqqat! Ayrim darsliklarda atamalar va kasb-hunar so‘zlari bitta guruhga kiritilib, ilmiy atamalar va kasbiy atamalar degan guruhchalarga bo‘linadi.
4) eskirib qolgan so‘zlar – kundalik hayotda ishlatilmaydigan bo‘lib qolgan so‘zlardir. Jamiyat to‘xtovsiz rivojlanib boradi. Yillar o‘tishi bilan mehnat qurollari, kiyim-kechak, uy jihozlarining yangi nusxalari paydo bo‘ladi, eskilarining ba’zilari ishlatilmaydigan bo‘lib qoladi, natijada ularni ifodalovchi so‘zlar ham bora-bora juda kam qo‘llanadi yoki iste’moldan chiqib ketadi. Eskirgan so‘zlar ikkita guruhga ajratiladi:
a) tarixiy so‘zlar – hozirda mavjud bo‘lmagan narsa-hodisalarning iste’moldan butunlay chiqib ketgan nomlaridir; bunda so‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi: mingboshi, ellikboshi, kanizak, omoch, dodhoh, mumsik, xalfa, mo‘ndi...
b) arxaik so‘zlar hozirda mavjud bo‘lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan atamalaridir; bunda so‘z eskiradi, lekin tushuncha eskirmaydi, u boshqa so‘z bilan ifodalanadigan bo‘lib qoladi. Bunday so‘zlar iste’moldan chiqish arafasida turgan, hozirgi tilda sinonimi bo‘lgan so‘zlardir (qavs ichida hozirgi tildagi sinonimlari berilgan): rayon (tuman), ekspress (tezyurar), oblast (viloyat), vrach (shifokor), xirurg (jarroh), injener (muhandis), redaktor (muharrir), redaksiya (tahririyat), ulus (xalq), bitik (yozuv) ...
5) yangi paydo bo‘lgan so‘zlar - fan, texnika va san’atning rivojlanishi bilan tilda yangi paydo bo‘lgan tushunchalarning nomlarini ifodalovchi so‘zlardir: xokkeychi, limonzor, fermer, teleminora, kompyuter, disket, sayt, fayl, chip, shou, debat...
6) jargon so‘zlar (fransuzcha jargon – “buzilgan til” degani) - qiziqishlari, mashg‘ulotlari umumiy bo‘lgan odamlar (saroy aristokratiyasi, savdogarlar, otarchilar, talabalar, o‘quvchilar) tomonidan ishlatiladigan so‘zlardir: oftobi olam (podshoh), tish (guruch), ellik olti (ipak), qaychi (revizor) kabi.
7) argo so‘zlar (fransuzcha argot – “lahja” degani) o‘g‘rilar, bezorilar, qimorbozlar o‘rtasida ishlatiladigan yashirin ma’noli so‘zlardir: loy, yakan (barchasipulma’nosini bildiradi), bedana (to‘pponcha), zamri (qimirlama), atamri (ishingni davom ettir), shuxer (qoch), va b.

Download 42.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling