Mavzu: Ona tili lug’at tarkibining ma’no jihatdan tafsiflanishi. Lug’at tarkibining ijtimoiy guruhlar tomonidan qo’llanilishi haqida ma’lumot. Reja


) olinma so‘zlar tilimizga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlardir: litsey, institut, universitet. GLOSSARIY


Download 42.71 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi42.71 Kb.
#1563928
1   2   3   4   5
Bog'liq
ona tili

8) olinma so‘zlar tilimizga boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlardir: litsey, institut, universitet.


GLOSSARIY.
Glossariy – izoxlab (Izoxli) yoki boshqa tilga, tarjima (Tarjima) qilib beruvchi kam qoʻllanuvchi soʻz yoki iboralar lugʻati. Glossariy alohida nashr etilmay, chet tilidan tarjima qilingan asarlar qismi, bobi ketidan yoki chet tili daryoliklarida berilgan mashq matnlari ketidan keltiriladi. Ularda oʻsha chet tiliga xos boʻlib, matnga kiritilgan soʻzlar yoki iboralar roʻyxati keltirilib, ular izoqi ilova qilinadi.
Absolyut sinonimlar – ma’nosi, qoʻshimcha ottenkasi, qoʻllanishi va b. jihatlari bir-biriga toʻla teng keluvchi soʻzlar. Bunday sinonimlar tilda juda sanoqli boʻlib, asosan, terminlarda uchraydi : tilshunos– tilchi, leksikografiya– lug‘atchilik kabi.
Avtosemantik soʻzlar – (grek. avtos – oʻzi + semantikos - ifodalovchi). ayn. mustaqil soʻzlar.
Agglutinativ tillar – soʻz yasalishi va forma yasalishi agglyutinatsiya (q.) yoʻli bilan boʻladigan tillar. Mas., turkiy tillar, fin-ugor tillari agglyutinativ tillarga kiradi.
Agglyutinatsiya – ( lot. agglutinare –yopishtirmoq) soʻzning oʻzak yoki asosini oʻzgartmagan holda (ichki fleksiyasiz) unga standart affikslarni qoʻshish bilan soʻz yasalishi va forma yasalishi.
Akkumulyatsiya – biror tilda aktiv ishlatiladigan soʻz, ibora va sh.k. ta’sirida xuddi shunday soʻzlarning boshqa tilda ham faol ishlatila boshlashi.
Aktiv lug‘at – shu tilda soʻzlashuvchilar tushunadigan va ishlatadigan, faol ravishda qoʻllaydigan soʻzlar.
Akustik fonetika – (grek. acustikos – eshitishga oid) eksperimental fonetikaning nutq tovushlari hosil boʻlishini tovush toʻlqinlari aspektida oʻrganuvchi boʻlimi.
Aksent – (lot. accentus – urg‘u) boshqa tilda soʻzlaganda tovushlarni oʻsha tildagidan boshqacha holda, oʻz tili tovushlari kabi talaffuz etish: oʻzbekcha aksent bilan gapirmoq
Aksentema – (lot. accentus – urg‘u) boʻg‘indagi urg‘uning kuchli-kuchsizligi.
Alfavit – (grek alifbosidagi birinchi ikki harfning nomi – alpha va betadan) grafik shakl (harf)larning majmui, ma’lum tartibda joylangan holati. Oʻzbek alfaviti.
Amorf tillar – (grek. amorphous – inkor prefiksi + morphe – shakl) affikslarga ega boʻlmagan, soʻzlar orasidagi grammatik aloqalar bitishuv yoʻli bilan yoki yordamchi soʻzlar vositasida ifodalanadigan tillar. M.: xitoy tili.
Analitik tillar – grammatik ma’nolar shakl yasovchi affikslar yordamida emas, balki yordamchi soʻzlar, soʻz tartibi, intonatsiya yordamida ifodalanadigan tillar. Masalan, ingliz, fransuz, ispan tillari analitik tillar guruhiga kiradi.
Antiteza – (grek. qarama-qarshi qoʻyish). Qiyoslanuvchi fikr, tushuncha, obrazlarni qarama-qarshi qoʻyishdan iborat stilistik figura: Yaxshi topib gapirar, yomon qopib. Doʻst boʻlish oson, uni saqlash qiyin.
Antonimiya – til birliklarining oʻzaro semantik jihatdan zid, qarama-qarshi boʻlish hodisasi. Leksik antonimiya. Affiksial antonimiya. Sintaktik antonimiya.

Download 42.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling