Mavzu: So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari - Reja:
- So‘zlarning ma’noviy munosabati haqida
- Sinonimiya
- Antonimiya
- So`zlarning shakliga ko`ra turlari: omonim va paronimlar.
- Omonimlarning turlari va ko`rinishlari.
- Omonimlarning uslubiy ahamiyati.
- Paronimlarga xos xususiyatlar
Sinonimlar. - Sinonimlar.
- Sinonimlar va sinonimik qator.
- Sinonimik qatordagi so`zlarning o`zaro farqli xususiyatlari.
- Sinonimik qatordagi dominanta.
- Sinonimlar va dubletlar.
- Sinonimlarning paydo bo`lishi.
- Sinonimlarning nutqda qo`llanishi.
- Sinonim grekcha bir nomli demak. Denotativ ma’nosi bir xil, koniotativ ma’nosi (qo`shimcha ma’no ottenkasi, stilistik bo`yog`i) va boshqa xususiyatdari farqli bo`lgan so`zga sinonimlar deyiladi: yuz, aft, bashara, chehra
- Sinonimiya – bir xil nomga egalik quyidagi ko`rinishlarga ega: 1) leksik sinomiya, yani so`zlar ma’nodoshligi: ish, yumush; gapirmoq, so`zlamoq; 2) Iboralar ma’nodoshligi: boshi osmonga yetdi? terisiga sig`madi; 3) Affiksal, ya’ni grammatik shakllar ma’nodoshligi -yap, -yotir; 4) Sintaktik sinonimiya: ona bolasiga qayg`uradi, ona bolam deb qayg`uradi.
- Tilshunoslikning sinomimlari, o`rgatuvchi bo`limi simonimika deyiladi. Leksikologiyada esa leksik sinonimlar o`rganiladi
Tilshunos olimlar so`zdagi ma’no xususiyatlarini ko`zda tutib, sinonimlarga turlicha ta’rif beradilar. - Tilshunos olimlar so`zdagi ma’no xususiyatlarini ko`zda tutib, sinonimlarga turlicha ta’rif beradilar.
- Sinonimlarning mohiyatini to`g`ri tushunish uchun ikki hodisani bir-biridan farq1ash lozim: 1) tushuncha va so`z, ularning o`zaro munosabati; 2) so`z va uning ma’nolari, har bir so`zning ma’no ottenkalari.
- Tushuncha, (predmet, -belgi, voqea, hodisa, harakatlar haqida kishilarninig tasavvuri bo`lib, so`z shularning ma’lum tovush yig`indisi vositasida tilda reallashuvi demakdir, "Tushuncha so`zga; so`z esa tushunchaga to`la ravishda mos kelavermaydi.
- Shuningdek, so`z tushunchaning hamma tomonini qamrab ololmaydi, balki uning mohiyati va muhim tomonini aks ettiradi. Tushunchaning boshqa tomoni va boshqa xususiyatlari boshqa so`zlar bilan ifodalanadi. Shu sababli tilda ma’nodosh so`zlar sinonimlar paydo bo`ladi.
- Sinomimlarni ta’riflaganda, uning barcha xususiyatlarini bir ta’rif doirasiga sig`dirib bo`lmaydi. Shu sababli sinonimlar ta’rifida ularning umumlashtiruvchi ma’nosi, aytilishi va yozilishini hisobga olish kifoya.
- Sinonimlar ta’rifida ma’nolari bir xil deyish to`g`ri emas, ma’nosi bir xil so`zlar dubletlar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |