Demak, til birligi bilan nutq birligi orasidagi munosabat kontekstual antonimlikni hosil qiladi. - Demak, til birligi bilan nutq birligi orasidagi munosabat kontekstual antonimlikni hosil qiladi.
- Antonimlar, asosan, belgi bildiruvchi so`z (sifat va ravish)larda uchraydi, ot, fe’llarda kamroq. Vafo-jafo, yig`lamoq-kulmoq.
- Antonimlar tub (oz-ko`p), yasama (unumli-unumsiz) bo`ladi. Juft holda qo`llanilgan antonimlar ko`chma ma’no ifodalaydi: Yaxshi-yomon gaplar (har xil). Erta-kech fikru xayolim senda (doim).
- Badiiy asarlarda, xalq maqollarida antonimlar emotsional-ekspressiv uslubiy vosita sifatida nutqning ifodaliligi, ixchamligi, o`tkirligi uchun xizmat qiladi: Bilimli kishi o`zar, bilimsiz kishi to`zar. Do`st achitib, dushman kuldirib gapiradi (Maqol). Yozuvchi va shoirlar antonimlardan antiteza hosil qilishda foydalanadilar: Har kimki vafo qilsa, vafo topg`usidir, har kimki jafo qilsa, jafo topg`usidir. (Bobur).
Yaxshi otga qamchi bossang kishnaydi. - Yaxshi otga qamchi bossang kishnaydi.
- Yomon ot-chi, egasini tishlaydi. ("folklor")
- So`zlar shakl va ma’no xususiyatlari bilan o`zaro turli munosabatda bo`ladi. Ba’zi so`zlar ma’nolari bilan bir-biriga yaqin bo`lsa, ayrimlari qarama-qarshi ma’noli bo`ladi. Ba’zi so`zlarning tashqi ko`rinishlari bir xil bo`lsa-da, ma’nolari har xil bo`ladi. O`zbekiston Respublikasi FA til va adabiyot instituti tomonidan 1981-yilda nashr etilgan "O`zbek tili leksikologiyasi" kitobida so`zlarning shakl munosabatiga ko`ra turi: paronim va omonimlarga ajratilgan.
Omonim - Omonim grekcha: bir xil nom demakdir. Omonimlar turli LSGga kiradi, ya’ni omonimlar semantik tarkibida umumiy integral sema mavjud bo`lmaydi (Chunonchi, ot-eshak-xachir- LSGini ot-ism-nom LSGi bilan birlashtirib bo`lmaydi) Ikkinchidan, omonimlarni bir-biridan farqlovchi eng muhim belgi ulardagi sintagmatik munosabatlarning xilma-xilligidir: yoz, qish, kuz so`zlari egalik, kelishik, ko`plik qo`shimchalari bilan sintagmatik munosabatga kirishsa, yoz, chiz, ko`chir so`zlari nisbat, mayl, zamon shaxs-son qo`shimchalari bilan sintagmatik munosabatga kirishadi.
- Omonimlar material, talaffuz, yozilish va ma’no xususiyatlariga ko`ra quyidagi ko`rinishlarga ega:
- 1. Omonimiya. 2. Omofoniya. 3. Omografiya. 4. Omomorfemiya
- 5. Omofrazeologiya. 6. Omosintagmiya. 7. Omonimiya
Do'stlaringiz bilan baham: |