Mavzu: So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari


Quyidagicha munosabatda bo`lgan so`zlar o`zaro sinonim sanalmaydi


Download 79.29 Kb.
bet3/10
Sana17.06.2023
Hajmi79.29 Kb.
#1530103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6-Mavzu So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari

Quyidagicha munosabatda bo`lgan so`zlar o`zaro sinonim sanalmaydi:

  • Quyidagicha munosabatda bo`lgan so`zlar o`zaro sinonim sanalmaydi:
  • 1. Keng tushunchani anglatuvchi so`z bilan tor tushunchani anglatuvchi so`z; uy va xona, o`tov va chayla.
  • 2. Tur va jins tushunchasini anglatuvchi so`zlar: daraxt (jins), olma (tur), ot (jins), duldul (tur)
  • 3. Turli sotsial davrga xos tushunchalarni anglatuvchi so`zlar: sudya, qozi, mirshab, militsiya.

Sinonimiya va polisemiya munosabati ham xarakterlidir. Ko`p ma’noli so`z har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorda bo`lishi mumkin. Masalan: ko`p ma’noli "bitirmoq" so`zi uch ma’nosi bilan uch sinonimik qatorga birlashadi:

  • Sinonimiya va polisemiya munosabati ham xarakterlidir. Ko`p ma’noli so`z har bir ma’nosi bilan boshqa-boshqa sinonimik qatorda bo`lishi mumkin. Masalan: ko`p ma’noli "bitirmoq" so`zi uch ma’nosi bilan uch sinonimik qatorga birlashadi:
  • 1. Bitirmoq, tugatmoq, tamomlamoq, Bu so`zlar “yakuniga yetkazmoq” ma’nosi bilan o`zaro sinonimdir: Boshlasak sovuq tushmay bitiramiz (A.Q) Choyning bari tugadi, maktabni tamomlab keldi.
  • 2. Bitirmoq, bajarmoq, ado etmoq, do`ndirmoq. Bu qatordagi so`zlar "ish, vazifa, topshiriqni amalga oshirmoq, bajo keltirmoq" ma’nosi bilan o`zaro sinonim bo`ladi: ishni ko`ngildagidek bitirib keldingiz, ishni sifatli bajardi: Shaxsiy majburiyatni ado etdi. Kuniga ikki kishi uch yarim-to`rt norma do`ndiryapmiz.
  • 3. Bitirmoq, sop qilmoq, yo`qotmoq: bu qatordagi so`zlar "tamom (yo`q) holatga keltirmoq" ma’nosi bilan sinonimlik hosil qiladi: Qizning ota-onasining ta’rifini aytib bitirolmaydilar, Oshni bir olishda tugatdi.

Y.Pinxasov, Sh.Rahmatullayev va boshqa bir qator olimlar ideografik, stilistik va kantekstual sinanimlar haqida fikr yuritadilar. Bunga nazariy asos yo`q, deb yozadi X.Doniyorov.

  • Y.Pinxasov, Sh.Rahmatullayev va boshqa bir qator olimlar ideografik, stilistik va kantekstual sinanimlar haqida fikr yuritadilar. Bunga nazariy asos yo`q, deb yozadi X.Doniyorov.
  • Bizningcha, bu o`rinda ikki hodisani farqlash kerak bo`ladi. Birinchidan, sinonimiyani ikki so`z orasidagi bir xil ma’no deb tushunilsa, X.Doniyorov haq. Ikkinchidan, agar sinonimiyani nutqiy hodisa deb qaralsa, kontektual sinonimlar ham mavjud. Masalan: Madamin qo`rboshini o`ldirmasak u bizni yeydi (o`ldiradi).
  • Tilda sinonimlar quyidagi yo`llar bilan paydo bo`ladi:
  • 1) bir tildan ikkinchi tilga so`z o`tishi natijasida: manglay (o`zb), peshona (toj), kuch (o`zb), quvvat (toj), josus (o`zb) agent (rus)
  • 2) mahalliy shevalardan so`z olish natijasida: do`ppi-kalapo`sh; buzoq-go`sola; paqir-satil;
  • 3) so`z yasalishi yo`li bilan sinonim hosil qilish, ya’ni yasama so`z tub so`z bilan: hisi-sezgi, savol-so`roq, vazifa-itopshiriq.
  • 4) so`zning yangi ma’no kasb etishi natijasida: o`rin so`zi joy va lavozim ma’nosida; qoplamoq; bint bilan o`radi va o`ramoq, chirmamoq: ilon o`raldi; egallamoq: qal’a o`raldi.

Download 79.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling