Mavzu: ona tili va o’qish savodxonligi darslarida gapning maqsadiga ko’ra turlarini o’rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish reja: kirish asosiy qism I bob


Download 317 Kb.
bet11/14
Sana24.12.2022
Hajmi317 Kb.
#1060972
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA GAPNING MAQSADIGA KO’RA TURLARINI O’RGATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

topshiriq


A, Y, Q, K, R, B, J, E, U, V, P, Ch bеrilgan harflarni alifbo tartibida joylashtiring. Unli va undosh harflarni alohida guruhlarga ajratib yozing. Ularni talaffuz qilib, aytilishiga diqqat qiling.
  1. topshiriq


“Biz sportni sеvamiz” mavzusida matn tuzing. Matnda darak, so’roq, undov gaplardan foydalaning.
  1. topshiriq


Ov, sut, zar, bog‟ so’zlariga o’zakdosh so’zlar tanlab yozing. SHu so’zlar ishtirokida gaplar tuzing.

  1. topshiriq


-chi, -la, -kor, -dosh, -li, -siz kabi so’z yasovchi qo’shimchalardan foydalanib yangi so’zlar yasang. Ot yasovchi qo’shimchalar qo’shilgan so’zlarni alohida guruhga ajratib yozing. So’zlarning ma`nolariga diqqat qiling.
  1. topshiriq


Umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bayramlar haqida ma`lumot yozing. Ularning qanday o’tkazilishi va taassuroti haqida matn tuzing.
  1. topshiriq


Sеvinmoq, sog’aymoq, asramoq, tugatmoq, yugurmoq, yig’moq kabi fе`llarga yaqin ma`noli fе`l tanlang va yozing. Ulardan foydalanib, oltita gap tuzing.
  1. topshiriq


“O’qish” darsligining 68-sahifasida bеrilgan “Jaloliddin Mangubеrdi” hikoyasidan shaxs oti va joy nomlarini bildiruvchi so’zlarni ajratib yozing.
  1. topshiriq


Yil fasllari bilan bog‟liq o’zbеk xalq maqollaridan 10 ta yozing. Ularning ma`nolarini izohlashga harakat qiling.
2.2 Gapning maqsadiga ko’ra turlarini o’rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish


Tatbiq qilishga oid biluv topshiriqlari: 1) matndan darak gap ta`rifiga mos kеladigan gaplarni ajratib yozing; 2) darak, so’roq, undov gaplarning oxiriga qo’yiladigan tinish bеlgilarini eslab matnni to’ldirib ko’chiring.
Kuz
Kuz kеldi bog’da qip-qizil va sap-sariq noklar pishdi ishkomlarda uzumlar zarhal rangda tovlanadi qovun sayli qachon boshlanadi eslaysizmi eh kuz qanday ajoyib fasl.
O`quvchi tevarak- atrofdagi narsalarni, ularning mohiyatini birdaniga emas, balki asta- sekin o`rganadi. O`qish, kundalik faoliyat , kishilar bilan aloqada bo`lish bolalar oldiga yangi-yangi vazifalar qo`yadi. Bolalar grammatik usullar bilan aqliy faoliyat usullarini puxta o`rganib olishsa, ulardan foydalanish yo`llarini aniq his etishsa, ularning ish unumi oshadi.
Biz quyida 3- sinfda “Gap” mavzusini o`rganish bo`yicha dars- reja ishlanmalarini keltirib o`tamiz.


Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling