Mavzu: ona tili va o’qish savodxonligi darslarida gapning maqsadiga ko’ra turlarini o’rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish reja: kirish asosiy qism I bob


Download 317 Kb.
bet2/14
Sana24.12.2022
Hajmi317 Kb.
#1060972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ONA TILI VA O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA GAPNING MAQSADIGA KO’RA TURLARINI O’RGATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Kurs ishining metodlari:

  • pedagogik va badiiy adabiyotlarni o‘rganish;

  • kuzatish;

  • qiyoslash;

  • suhbat;

  • pedagogik tajriba;

  • savol-javob, so‘rovnoma

Kurs ishining maqsadi: Gap. Gapning maqsadiga ko’ra turlari innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishni nazariy jihatdan asoslash hamda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining predmeti - Gap. Gapning maqsadiga ko’ra turlari innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning shakli va vositalari.
Kurs ishining ob’ekti – Gap. Gapning maqsadiga ko’ra turlari innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etish jarayoni.
Kurs ishining vazifalari:

  • Mavzuga oid pedagogik, ilmiy, psixologik, tarixiy, metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;

  • Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va amaliyotga joriy etish.

  • Darslarni tahlil qilish.

  • Muammoning pedagogik-metodik jihatlarini tavsiflash.

  • Metodik tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish.

Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob va 2 bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. GAPNING MAQSADIGA KO’RA TURLARINI O’RGATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
1.1 Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari haqida tushuncha

So’slovchi o’z oldiga turli maqsadni qo’yadi. Ma’lum voqea hodisa haqida xabar beradi yoki noma’lum bo’lgan biror voqea hodisa haqida ma’lumot olishni istaydi, yoki tinglovchini biror narsani bajarishga undaydi, yoki shu haqida istak bildiradi, yoki turlicha xis-hayajonni bildiradi.


Shunga ko’ra gaplar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Darak gaplar.
2. So’roq gaplar.
3. Buyruq gaplar.
4. Undov gaplar
Bularning har-bir tuzilishi jihatidan, ya’ni so’zlarni va gramatik formalarini ishlatishda, so’z tartibida, innivasiyada o’z hususiyatiga ega.
Darak gaplar. 
Darak gaplarda voqea hodisa haqida xabar beriladi yoki predmetda biror xususiyatning majudligi tug’risidagi tasdig’I yoki inkor mazmuni ifodalanadi.
Masalan: Sayramovning ko’zlari gulzordan uzilmas edi. (0)
Darak gapning kesimi quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
1. Aniqlik fe’li bilan: Salqin shamollargina qizning sochlari bilan o’ynashadi. (0)
2. Otlar bilan: Inson qo’li gul. Kitob – bilim manbai.
3. Sifat bilan: Qiz o’z yoridek, uddaburon, chechan. (X.O.)
4. Son bilan: Onning – yarim besh. Dunyoning jannati ro’zg’orimiz bir, taqdiri yangi zo’r boshimiz bir. (R.B)
5. Olmosh bilan: Uning haqi senda emas, sening haqing unda. (P.T.)

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling