Mavzu: Ona tilim jonu dilim Tarbiyachi
Download 29.6 Kb.
|
Ona tilim jonu dilim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyachi Ulug’ bobokalonimiz she’riyat mulkining sultoni A.Navoiy so’z haqida shunday deganlar; Bola
Mavzu: Ona tilim jonu dilim Tarbiyachi Assalomu alaykum,aziz ustozlar, qadrli o’quvchilar! Bugungi tadbirimizni ,,TIL – DIL KALITI’’ deb nomladik.O’zbek xalqining tili bo’lgan ona tilimizga bag’ishladik.Marhamat, tinglab nomosha qiling.(so’ng O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangraydi) O’zbekiston Respublikasining Davlat tili O’zbek tilidir.Davlat tili haqidagi qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan.1995-yil 21-dekabrda esa u yanada takomillashtirildi.Ushbu qonun milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar berdi.Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida o’zbek tilini o’qitish,ilmiy va rasmiy, ma’muriy ishlarning o’zbek tilida olib borilishi yo’lga qo’yildi.Til haqidagi qonunda O’zbekistonda yashaydigan barcha millat vakillarining davlat tiliga kata e’tibor bilan qarashlari ta’kidlanadi. Bola Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir.O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.O’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulkidir. Davlat tili olibsan tilim, Kamolot sari yo’l olibsan tilim. Bola ,,Ona tilim’’ she’ri Ota bo’lib otlangan tilim Ona bo’lib shodlangan tilim. Bola bo’lib yodlangan tilim Bu- ona tilim Boshimda bosh bor ekan borsan Ko’zimda yosh bor ekan borsan Toki quyosh bor ekan borsan Ona tilim Ona tilim omon bo’l doim Baxtiyorman deyman,, Assalom’’ O’zbekiston ona yurtida Jaranglasin o’zbekcha kalom. Tarbiyachi Ulug’ bobokalonimiz she’riyat mulkining sultoni A.Navoiy so’z haqida shunday deganlar; Bola So’zdurki, nishon o’likka jondin, So’zdurki,xabar berur jonga jonondin Insonni so’z ayladi judo hayvondin, Bilkim guhari sharifroq yo’q ondin. Bola Ona tilim- ona tilim g’ururi Ona tilim- muqaddas va beg’ubor Tilimiz boy,tilimiz sof,go’zaldir. Bari maqol,bari masal,mataldir. Tarbiyachi Til – millatning qalbi,ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho xazina.Til- dilning tarjimoni,inson kamolotining belgisi.Til- umr bo’yi o’rganiladigan fan,sayqal bergan sari ochilib yashnaydigan san’at durdonasi. Download 29.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling