RAQS. ,,Yigitlar’’
Tarbiyachi
A.Navoiy ota-jnalarni ulug’larni ulug’lash,hurmat qilish,ota –onaning hurmatini joyiga qo’yish har bir farzandning burchi ekanini aytganlar.Bu burchni farzandlarimiz shirinso’zlik,rostgo’ylik,halollik bilan ado etishlari shart.
Navoiy inson kamolotida ustoz muallimning roli beqiyos ekanini uqtiradi.U o’z hikmatlaridan biridan birida shunday deydi;
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila
Aylamak bo’lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.
Tarbiyachi_Hozir_xalqimizning_so’z_haqidagi_durdonalaridan,maqollaridan_tinglaysiz._Bolalar_1.'>Tarbiyachi
Hozir xalqimizning so’z haqidagi durdonalaridan,maqollaridan tinglaysiz.
Bolalar
1.Bir og’iz shirin so’z kishini qahraton sovuqda ham isitadi.
2.Yaxshi so’z ko’ngil podshosi.
3.Odamni bitta so’z yerga teng qilur.
4.So’z qilichdan keskir.
5.Shifokorning dorisi emas,so’zi davodir.
6.Yaxshi so’z odamga qanot bag’ishlaydi.
Tarbiyachi
Xalqimizning bu bebaho fikrlari bizlar uchun ibratlidir.Keling aziz o’quvchilar shirinso’zli,ochiq yuzli bo’laylik.Bir birimizdan shirin so’zimizni ayamaylik.
RAQS ‘’QIZLARJON’’
Tarbiyachi
Aziz o’quvchilar!O’z tillarini buzib, boshqa tillarda so’zlashishni yaxshi ko’radigan ayrim kimsalar ham uchrab turadi.Bularga o’zbek tilining sofligi,go’zalligi,jozibadorligini tushuntirishimiz kerak bo’ladi.
Bola
Oshkoralik zamon bugun
Yechilmoqda mushkul tugun
Yangilanish tiniq hayot
Uchun dadil yozib qanot
Davlat tili bo’ldi tilim
Quvonchlarga to’ldi dilim
Siz tilni asrasangiz har nedan ortiq
Yagona zaminni asragansimon
Bobolardan qolgan bu tortiq
Toki avlodlarga yetolsin omon!
Bola
Nutq eng kata boylikdir.Inson nutqi gapira olishi bilan ulug’dir.Barcha asrlarda xalqlarni bir biriga bog’laydigan,yaqinlashtiradigan asosiy vosita til bo’lgan.Ayrim tillar hatto xalqlar o’rtasida ko’prik vazifasini bajargan.Shuning uchun ,,Til bilgan- dil biladi’’deydilar.
Bola
Til- insonlar o’rtasida muloqot vazifasini bajaradi.Har bir millat tarixi,qadriyatlarini aks ettiradigan til milliy tildir.Til har bir xalq hayoti bilan bog’liq holda taraqqiy qiladi,boyiydi,sayqallanadi,jamiyatda qadr topadi.Shuning uchun u ijtimoiy hodisa.
Tarbiyachi
Aziz o’quvchilar,o’zbek tilining- javohir xazinasining benihoya boyligi,go’zalligi, nafisligi,jozibadorligini asraylik .Tilimizning bebaho xazinalarini qunt bilan o’rganaylik,tilimizning qadriga yetaylik.Biz mustaqil O’zbekistonimizning aziz farzandlarimiz.Uning ertasi va kelajagimiz.Vatanimiz kelajagi bizning qo’limizda.
Tarbiyachi
Aziz ustozlar,qadrli o’quvchilar! Shuning bilan bugungi bayram tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.E’tiboringiz uchub rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |