Mavzu: “Ona tilimiz-bebaho ma'naviy boyligimiz”


Download 1.59 Mb.
Sana31.03.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1314081
Bog'liq
Ona tilimiz-bebaho ma\'naviy boyligimiz

  • MAVZU:Ona tilimiz-bebaho ma'naviy boyligimiz
  • 9-1Mats-21 guruh talabasi
  • Choriyeva Feruzabonu

MAVZU: “Ona tilimiz-bebaho ma'naviy boyligimiz”

  • REJA:
  • 1. “Ona tili” ma'naviy boyligimiz.
  • 2. “Davlat tili haqida”gi qonun va uning ijrosi.
  • 3. Yangi alifboni joriy etish to‘g‘risidagi qonun va uning ijrosi.
  • Prezidentimiz 2019-yil 21-oktyabr kuni «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmon qabul qildi. Unga binoan 21-oktabr sanasi yurtimizda «O‘zbek tili bayrami kuni» deb belgilandi.
  • Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir.
  • SH.M.MIRZIYOYEV
  • 1989-YIL 21-OKTYABR O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN

  • FANNI OʻQITISHDAN MAQSAD
  • “O‘zbek tili” fanining asosiy maqsadi va vazifasi talabalarning o‘zbek tilidan olgan bilimlarini yanada boyitish, o‘z fikr-mulohazalarini o‘gzaki va yozma ravishda erkin bayon eta olishlariga erishish. Fan va taʼlim integratsiyasi mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda innovasiyalarni taʼlim tizimiga keng jalb etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya tizimidan keng foydalanish.

Fanning vazifasi – o‘qituvchi va talaba oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi

  • nutqiy kompetensiyani rivojlantirish:
  • og‘zaki va yozma nutqda sohaviy terminlarni samarali qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish
  • ixtisoslikka oid matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish malakalarini hosil qilish
  • sohaviy hujjatlarni tuza olish, shu jumladan, elektron hujjatlarni to‘ldirish va rasmiylashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish
  • talabalarga muayyan nutqiy mavzular doirasida zaruriy grammatik bilimlarni berish, ixtisoslik doirasida og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, turlicha tipdagi matnlarni erkin tuza olish malakalarini o‘stirish
  • 1991-yil 31-avgustda O'zbekistonning mustaqil Davlat sifatida ajralib chiqishi, BMTga a'zo bo'lib kirishi (1991-yil 1-iyul) munosabati bilan, O'zbekiston hududida hamma millat, xalqlar o'rtasida yaqinlik, hamjihatlikni o'rnatish niyatida O'zbekiston Oliy Kengashi 1995-yil 21-dekabrda "Davlat tili haqida" gi qonunning yangi tahririni qabul qildi.
  • Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarining namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatning yagona xalq sifatida o’z atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni ta’min etadi. Har bir millatning o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo’ladi. Inson uchun uning Vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo’lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo’ladi. Hattoki, g’odak ham o’z Vatanini, ota-onasini, dunyoni o’z ona tili orqali angalaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o’rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayotda o’z o’rnini topishda, kamolatga erishuvida tilning o’rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi.
  • Til – millat qiyofasining bir bo’ladi dunyodagi barcha xalqlar o’zining milliy, rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan bog’liq. Mutaxassislarning so’zlariga qaraganda, bugungi kunda ham har ikki haftada bitta til yo’qolib bormoqda. Bu o’z navbatida o’sha tilda so’zlovchi xalqlarning yo’qolishini anglatadi. YUNESKO vakillarining so’zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so’zlashadigan tillarning soni 7 mingdan 8mingtagacha yetgan bo’lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo’lib, ularning 90 foizi yo’qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatdan ayrilayotgan kam sonli millatning tillaridir.
  • Til – millatning ma’naviy boyligidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o’z navbatida o’zaro tushinishni, muloqatlariga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo’llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligi bilan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli har bir xalq o’z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi. XXI asr o’rtalariga borib, Xitoy til asosiy til bo’lib olishi mumkin. 
  • Farzand tarbiyasida onaning o’rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayotda o’z o’rnini topishda, kamolatga erishuvida tilning o’rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu-fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho joizbasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg’u mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk ma’rifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek: “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotining shu ikkisidan biri sug’urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”.
  • Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o’z ifodasini topadi. Til – millatning ko’zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko’hna va serqirra madaniyati o’zbek tili ta’sirida shakllangan.
  • Biz o’z ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go’zal va sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishimizda o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. “Til yashasa – millat yashaydi”. Agar biz o’z tilimizning ko’rkamligi, boyligini dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog’on bo’ladi va birligimiz mustahkam bo’ladi.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling