Mavzu: ong va uning taraqqiyoti


Download 26.13 Kb.
bet1/4
Sana10.01.2023
Hajmi26.13 Kb.
#1087437
  1   2   3   4
Bog'liq
ONG VA UNING TARAQQIYOTI

MAVZU: ONG VA UNING TARAQQIYOTI

Reja:

1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti:


2. Psixikaning muhit va a`zolar tuzilishiga bog`liqligi
3. Inson ongining rivojlanishi

Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:

Seskanuvchanlik — psixika taraqqiyotining dastlabki bosqichi bo`lib tirik organizmning biologik ahamiyatga ega qo`zg`atuvchining ta`siriga javob berish.


Sezuvchanlik — psixika taraqqiyotining yuqoriroq bosqichi, sezish bilan bog`liq.
Tropizm — biologik omillarga reaktsiya qilish usullari.
Sensor bosqich — sodda hayvonlarning tashqi muhit ta`sirini tanlab aks ettirishi.
Pertseptiv bosqich — yuksak nerv tizimiga ega bo`lgan hayvonlarning tashqi muhitdagi narsalarni yaxlit holda aks ettirishlari
Instinkt — hayvonlarning tug`ma xatti -harakati
Intellektual harakat — faxm - farosat bilan bog`liq xatti - harakatlar
Ong — psixikaning yuksak darajasi
Ontogenetik taraqqiyot — bitta organizmning rivojlanishi
Filogenetik taraqqiyot — butun insoniyat rivojlanishi

1. Psixikaning filogenetik taraqqiyoti



1) psixikaning taraqqiyot bosqichlari.

Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to organik materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bo`lmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni turli ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik fizik va kimyoviy munosabatlari tarzida namoyon bo`lishi mumkin. Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakli sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiya taraqqiyotining ma`lum bosqichida aks ettirishning sifat jihatidan yangi shakli bo`lmish psixika yuzaga keladi. Hamma tirik organizmlar, o`simliklardan tortib hayvonlargacha evolyutsiyaning barcha bosqichida aks ettirishning biologik shakli bo`lgan seskanuvchanlik xususiyatiga ega. Seskanuvchanlik - tirik organizmlarning biologik ahamiyatiga ega bo`lgan ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatidir. Sodda, bir hujayrali tirik organizmlarda elementar seskanuvchanlik xususiyati bor bo`lib, ular tashqi muhit ta`siriga harakat bilan javob qaytaradi, muhit ta`sirida hujayra protoplazmasininng xususiyati o`zgaradi. Biologik omillarga maxsus harakatlar bilan reaktsiya qilish usullariga tropizm deb ataladi. Tropizmlar har xil bo`ladi, fototropizm - tirik organizmning issiqlik ta`siri ostida harakat qilishga moyilligidir, xemotropizm - ma`lum fizik - ximiyaviy muhitni tanlab olishga moyilligidir, topotropizm tirik organizmning mexanik qo`zg`atuvchi ta`siri ostida harakatlanishdir. Tropizmlar o`simliklarning o`z-o`zini boshqarishiga imkon beradi. Hayvonlarda ta`sirlanishning yangi turi - sezuvchanlik yuzaga kelgan. YUksak tashqil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqiy etadi, sezgi a`zolari tarkib topadi. Narsalarning organizm uchun aslida befarq, ya`ni organik ehtiyojlarini qondirmaydigan belgilari (hidlari, shakllari, ranglari) signallik ahamiyatiga ega bo`ladi. Hayvonlarda o`simliklarga qaraganda sezuvchanlik tufayli ancha ko`p ta`sirlarni aks ettirish vujudga keladi. Masalan, infuzoriyalarning ular uchun neytral (befarq) bo`lgan yorug`likka reaktsiya qilishlari kuzatilgan. Tajriba quyidagicha o`tkazilgan: suv to`ldirilgan nayga sodda hayvonlar joylashtirilib, naychaning bir tomoni isitilgan, Bir hujayrali hayvon termotropizmga ega bo`lganlari tufayli tezlik bilan naychaning iliq tomoniga o`tib olganlar. Naychaning bir tomoni isitilish bilan birga bir vaqtda yoritilib ham borilgan. Oddiy sharoitda yoruqlikka neytral munosabatda bo`luvchi infuzoriyalarga yorug`lik bilan birgalikda ular uchun qulay bo`lgan issiqlik bir necha marta ta`sir ko`rsatilgan taqdirda infuzoriyalar issiqlik ta`siridan qat`iy nazar yorug`likka to`planaverganlar. Bu sensor bosqich bo`lib hisoblanadi. Sensor bosqich uchun xarakterli xususiyat shundan iboratki, bu bosqichda organizm narsalarning o`zini emas, balki alohida xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday aks ettirish evolyutsion taraqqiyotning quyi darajasi - to`rsimon va ganglioz asab tizimiga ega hayvonlarda kuzatiladi. Masalan: Biror bir hashorot o`rgimchak to`riga tushishi bilan uni o`z ipi bilan o`ray boshlaydi.
Ko`pgina tajribalardan ma`lum bo`lishicha, o`rgimchak uchun faqat bir xususiyatlar, to`r orqali beriladigan tebranish, vibratsiya ahamiyatlidir. Tebranish to`xtashi bilan o`rgimchak ham o`lja tomon harakatlanishdan to`xtaydi. Keyingi bosqich pertseptiv yoki idrok qilish bosqichi deb ataladi. Bu bosqichga mansub hayvonlar atrof - muhitning ayrim xususiyatlarini emas, balki ularni butun narsalar sifatida aks ettiradi. Keyingi bosqich - intellektual bosqichi (aql) bo`lib, yuksak darajada rivojlangan hayvonlarga, ya`ni odamsimon maymunlarga xosdir.



Download 26.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling