Mavzu: Opera san`ati


Download 20.13 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi20.13 Kb.
#1579760
Bog'liq
Dars ishlanma Opera san`ati (aim.uz)


Sana:
Fan: Musiqa madaniyati
Mavzu: Opera san`ati
Maqsad: A) O`quvchilarga opera san`atining sahnaviy musiqa asari ekanligi, uning paydo bo`lishi, turlari haqida tushuncha berish. B) “Parvozdagi qushchalar” qo`shig`ini o`rganish orqali o`quvchilarni tabiat jonzotlari bo`lmish qushlarni asrab-avaylashga, tabiatni sevishga o`rgatish. C) O`quvchilarning tinglash va kuylash qobiliyatlarini shakllantirish, musiqiy onglarini o`stirish.
Darsning texnologik xaritasi

Darsning borishi

Vaqti

Dars uslubi

Darsning jihozi

Tashkiliy qism

5d

Juftliklarda ish

Darslik

O`tilgan mavzuni so`rash

8 d

Kuylash

Dutor

Yangi mavzu bayoni

25 d

Tinglash

Kalonka-fleshka

Yangi mavzuni mustahkamlash

5 d

Mergan o`yini

Mavzuga xos.rasm

O`quvchilar bilimini baholash

1 d

“Men kimman”

Tarqatma material

Uyga vazifa berish

1 d

“Bu nima?”



I. Tashkiliy qism


A) Salomlashish B) O`quvchilar sonini aniqlash C) Psixologik muhit yaratish maqsadida musiqali topishmoqlar berish. D)Sarkarda Amir Temurning tavallud kuni munosabati bilan o`quvchilardan Amir Temur tuzuklari va o`gitlaridan so`raladi.
II. O`tilgan mavzuni so`rash
O`tilgan mavzularni mustahkamlash maqsadida juftliklarda ish olib boriladi. Bunda o`quvchilar 1-2-qaqamlilarga ajraladilar. O`qituvchi tomonidan bosh mavzu aytilgach 1-raqamlilar o`sha mavzu yuzasidan 2-raqamlilarga o`zaro, boshqa juftliklarga xalal bermagan holda savol beradilar. O`yin shu tariqa davom etadi.
Ovoz sozlash mashqlari o`tkazilgach o`tilgan darslarda o`rganilgan “Chamandagi gullarmiz” qo`shig`i kuylanadi
III. Yangi mavzu.
Opera- musiqa san`atining eng yirik janrlaridan hisoblanadi. U bastakorning talabiga javob beradigan libretto, ya`ni sheriy-dramatik pesa asosida yaratiladi. Opera ham teatr tomoshasidir, barcha sahna bezaklari, kiyim-kechaklar, raqs harakatlari va boshqalar asar mavzusini, bo`lib o`tayotgan voqea davrini ochishga xizmat qiladi. Operada voqealar, gapiriladigan so`zlar-u kuylanadigan qo`shiqlar, hamma-hammasi musiqaga asoslangan bo`ladi. Opera XVI asrning oxirlarida Italiyada paydo bo`lgan U mavzusi va musiqa tiliga qarab, asosan 2 turga, ya`ni jiddiy va hajviy operalarga bo`linadi. Italiyalik bastakor J. Verdi, avstriyalik bastakor V. A. Motsart opera yaratishning eng yaxshi namunalarini yozib ketganlaridan so`ng, bu janrning taraqqiyoti XIX asrda Rossiyada yuksaklarga ko`tarildi. Buni butun dunyo xalqlari tan oladi. Bastakor M. I. Glinka (1804-1857) yillarda yashab ijod qilgan. “Ivan Susanin”, “Ruslan va Lyudmila” operalarini yaratib, rus opera san`atiga asos soldi.
Musiqa tinglash. “Maysaraning ishi” operasidan parcha tinglash.
Jamoa bo`lib kuylash. Parvozdagi qushchalar
Mirpo`lat Mirzayev she`ri Rustam Abdullayev musiqasi.
Parvoz qilgan qushchalar Men kaftimda tutay don, Chiroylisiz bunchalar, Hovlimda yayrang shodon. Birga o`ynaylik, ho, Birga o`ynaylik, ho, Birga kuylaylik. Birga kuylaylik

Har tong uchay siz bilan, Chiqib yuksak olamga Ko`kni quchay siz bilan, Nur keltiray onamga. Birga o`ynaylik, ho, Birga o`ynaylik, ho, Birga kuylaylik. Birga kuylaylik.


A) Qo`shiq nima haqida ekan? B) Nega biz qushlarni o`zimizga do`st sanaymiz?
Opera so`zini tuzish uchun musiqiy atamalardan foydalanamiz.
O …….. P …….. E ……… R ………. A ……….
“Men kimman” o`yin. Bu o`yinda o`qituvchi biror bir bastakorga tegishli ma`lumot aytadi. O`quvchilar esa bu qaysi bastakor ekanligini topadilar. Masalan: Men “Ivan Susanin” hamda “Ruslan va Lyudmila” operalarini yozganman. Va hokazo.
“Mergan” o`yini
Bu o`yin orqali o`quvchilarning musiqiy savodxonligi rivojlantiriladi.
Yarim nota+ yarim nota= chorak nota Yarim nota-chorak nota= nimchorak nota Chorak nota+ chorak nota= butun nota Chorak nota- minchorak nota= yarim nota
O`quvchilar strelkalar yordamida to`g`ri javobni aniqlaydilar.
“Bu nima?” o`yini
Musiqaga oid rasmlar doskaga teskari osiladi. O`quvchi uning bittasini tanlaydi va rasmga qarab, u haqida ma`lumot beradi.
IV. Mustahkamlash.
A) Opera nima? B) Opera qachon, qayerda paydo bo`lgan? C) Opera janrida ijod qilgan qaysi kompozitorlarni bilasiz? D) “Ivan Susanin”, “Ruslan va Lyudmila” operalarining muallifi kim?
V. O`quvchilar bilimini baholash
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish va ularning bilimlarini baholash.
VI. Uyga vazifa. Mavzuni o`qib, “Parvozdagi qushchalar” qo`shig`ini o`rganib kelish.
Download 20.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling