OPERATIV XOTIRA - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi
1-rasm.
barcha programma va ma`lumotlar saqlanadi. Operativ xotira ko`pincha
vaqtinchalik xotira deb ham ataladi, chunki undagi programma va ma`lumotlar
faqat kompyuter yoqig`ligida yoki kompyuter qayta yuklangunicha saqlanadi.
Kompyuter o`chirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha ma`lumotlar
saqlab qo`yilishi lozim. Operativ xotira ba`zida ixtiyoriy murojat qilish mumkin
bo`lgan saqlash qurilmasi deb ham yuritiladi. Buning ma`nosi shundan iboratki
operativ xotiradagi ma`lumotlarga murojat undagi ma`lumotlarning ketma-
ketligiga bog`liq emas.
Operativ xotirani quyidagi parametrlari bor:
Tip. Operativ xotirani bugungacha bir necha xil tip (tur)lari bor.
1. SIMM;
2. DIMM;
3. DDR2
4. DDR3
Bular bir-biridan ko'rinishi, xotira xajm, chastotasi va boshqa parametrlari bilan
farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |