Kiyinish odobi
Download 21.11 Kb.
|
KIYINISH ODOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiyim kiyish va yechish odoblari
- Kiyim turlari
- Kiyish mumkin bo‘lmagan kiyimlar
KIYINISH ODOBI Nima uchun kiyim kiyiladi? Bolalar, nima uchun kiyim kiyiladi, bilasizlarmi? Kiyim kiyishdan uch narsani maqsad qilinadi: 1. Uyat a’zolarni bekitish; 2. Issiq va sovuqdan saqlanish; 3. Odamlarga chiroyli ko‘rinish. Inson har kuni uyqudan ko‘zini ochib, Yaratganga shukr qiladi. Shundan so‘ng eng birinchi qiladigan ish – kiyimlarni kiyish. Uyqu vaqtidagi yupqa kiyim bilan odamlarga ko‘rinish odobdan emas. Yana bizdan sog‘ligimizni saqlash ham talab qilinadi. Shuning uchun biz issiqqa va sovuqqa moslab kiyinamiz. Chiroyli va ozoda kiyinish ham maqtalgan sifatlardandir. Kiyimning sodda bo‘lishi ham yaxshi fazilat. Kiyim kiyish va yechish odoblari 1) Kiyinish paytidagi odoblar. 1. Kiyim kiyishda “bismilloh”, deb aytish; 2. O‘ng tomondan boshlab kiyish; 3. Kiyimni shoshilmasdan kiyish. Agar shoshilsang, kiyimni teskari kiyishing yoki tugmalarini uzib yuborishing, yangi libosingni tez eskirtib qo‘yishing mumkin. Shu sabab libosni avaylab kiyish kerak. 2) Kiyim yechishdagi odoblar. Kiyim yechayotganda ham “bismilloh” deyiladi va chap tomondan boshlab yechiladi. Yechilgan kiyimlar chiroyli qilib taxlab qo‘yiladi. Kiyim qo‘yiladigan joy odamning ko‘zi tushmaydigan, masalan, shkaf ichida bo‘lgani afzal. Shunda kiyimlar toza saqlanib, ularga chang yuqmaydi. O‘g‘il bolalalarning ba’zi kiyimlari (ko‘ylak, kostyum, ustki kiyimlar) vaqtinchaga ko‘z tushadigan yerda turishi mumkin. Ammo shim, shalvor va ichki kiyimlarni ko‘z tushmaydigan yerga qo‘yish kerak. Qizlarning kiyimlari odamlarning ko‘zi tushmaydigan pana joyda turadi. O‘g‘il bolalarning kiyimiga aralashmaydi. Odobsiz bolaning kiyim yechishini ko‘rganmisiz? U ko‘chadan kelsa, kiyimlarini yechib, duch kelgan yerga uloqtiradi. Ertasiga maktabga ketayotganda kiyimlarini topa olmaydi. Chunki yechgan joyini esidan chiqarib qo‘ygan bo‘ladi. Ba’zida u ichdan kiyadigan yupqa kiyim bilan ko‘chaga chiqib, hammaga kulgi bo‘ladi... Kiyim turlari 1) O‘g‘il bolalar kiyimi. O‘g‘il bolalarning kiyimlari paxta, jun yoki anopdan tayyorlanadi. Ularning rangi har xil bo‘lishi mumkin. Ammo oq rangli kiyimlar maqtalgan. Chunki oq rang toza va yoqimli bo‘ladi. Ozgina kir bo‘lsa ham tezda bilinadi va tez yuviladi. Yana yashil rangli kiyim ham yaxshidir. Ko‘ylak. Ko‘ylak o‘g‘il bolalar uchun eng yaxshi kiyimlardan biridir. Erkaklar ko‘ylagining turlari ko‘p. Har bir millatning o‘ziga xos ko‘ylaklari bo‘ladi. Ba’zilari uzun, ba’zilari qisqaroq. Shim, shalvar. Tikilishi oddiy shimlar o‘g‘il bolalar uchun yaxshi shimlardir. Shim va shalvarlarning pochasi to‘piqqacha tushib turadi. Shortik. Shortik – yozda kiyiladigan kalta shalvar. Shortikning pochasi tizzani yopib turadigan bo‘lishi kerak. O‘g‘il bolalar cho‘milganda ham shortikka o‘xshagan ishton kiyadilar. 2) Ayol-qizlar kiyimi. Qizlar va ayollarning kiyimi kanop, paxta, jundan tashqari ipakdan ham tikiladi. Ranglari ham har xil va rangbarang bo‘ladi. Ro‘mol. Ro‘mol qizlar va ayollar eng yaxshi ko‘radigan kiyim bo‘lib, uning katta-kichikligi har xil bo‘ladi. Xotin-qizlar uyda kichikroq ro‘mol o‘rashadi. Kichkina ro‘mol bilan ko‘chaga chiqishmaydi. Ko‘ylak va lozim. Qizlarning ko‘ylagi keng va uzun bo‘ladi. Uzunligi to‘piqqacha tushib turadigan ko‘ylak – yaxshi ko‘ylak. Lozim ham uzun va keng bo‘lishi kerak. Kiyish mumkin bo‘lmagan kiyimlar 1) O‘g‘il bolalar uchun. O‘g‘il bolalarning ko‘ylagi qizlarnikiga o‘xshagan gulli yoki yaltiroq bo‘lmaydi. Ipak kiyimlar kiyish ham mumkin emas. O‘g‘il bolalarga qip-qizil, sapsariq, olovrang yoki pushti rangli kiyimlar yarashmaydi. O‘g‘il bolalar tor shimlarni kiymaydilar. Ba’zi shimlar odamning orqasini aniq bildirib turadi. Bularni kiyish mumkin emas. Shimning pochasi haddan tashqari uzun bo‘lmasligi kerak. To‘piqdan tushib ketadigan shimni maqtalmaydi. Shortiklarning uzunligi, agar tizzadan tepada bo‘lsa, odobli bolalarga to‘g‘ri kelmaydi. O‘g‘il bolalar qizlarnikiga o‘xshagan kiyimlarni kiymaydilar. Kiyimlari va badanlariga har xil bema’ni narsalarni osib yurmaydilar. Tilla soat taqmaydilar. Tilla taqinchoqlar qizlarga yarashadi. 2) Qiz bolalar uchun. Beli tor, ko‘kragi ochiq, yengi kalta ko‘ylak qizlarga to‘g‘ri kelmaydi. Qiz bola shim yoki shortik kiymaydi. Chunki bular erkaklar kiyimidir. Qizlar o‘g‘il bolaga o‘xshatib qo‘yadigan kiyimlarni kiyish mumkin emas. Odobli qizlar begona odamlar oldida taqinchoqlarini ko‘rsatib yurmaydilar. 3) Hamma uchun. Qizlar va o‘g‘il bolalarning kiyimlari badanga yopishib turadigan tor bo‘lishi to‘g‘ri emas. Tor kiyim axloqqa xilof sanaladi va sog‘liqqa ziyon keltiradi. Tanada qon aylanishiga xalaqit beradi. Tanani ko‘rsatib turadigan yupqa kiyim kiyish ham yomon. Yupqa kiyimlar inson avratini yashira olmaydi. Xulqqa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aqlli bolalarga bachkana kiyimlarni kiyishdan saqlanish tavsiya qilinadi. Masalan, jonli narsalarning surati solingan va yomon so‘zlar yozilgan kiyimlar odobli bolalar kiyimi emas. Odobli bola bizning diniy va milliy qadriyatlarimizga begona, o‘zga dindagilarga xos bo‘lgan kiyimlarni kiymaydi. Demak, aziz bolalar, kiyish mumkin bo‘lmagan kiyimlar quyidagilardir: 1. Badanga yopishib turadigan tor kiyim; 2. Terini ko‘rsatib turadigan yupqa kiyim; 3. Jonli narsalarning rasmi solingan kiyim; 4. Yomon so‘zlar yozilgan kiyim; 5. Hammani o‘ziga qaratadigan g‘ayri oddiy kiyim; 6. Boshqa din va millatning ramzi tushirilgan kiyim; 7. Harom yo‘l, masalan, o‘g‘irlik bilan topilgan kiyim; 8. Qiz bolani o‘g‘il bolaga o‘xshatib qo‘yadigan kiyim; 9. O‘g‘il bolani qizlarga o‘xshatib qo‘yadigan kiyim; 10. O‘g‘il bolalar uchun ipak kiyim. Download 21.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling