Mavzu: operatsion menejment fanining predmeti, vazifalari va mazmuni


Download 7.02 Kb.
Sana20.11.2023
Hajmi7.02 Kb.
#1787466
Bog'liq
Operatsion menj 1-mavzu


OPERATSION MENEJMENT!
Mavzu:
OPERATSION MENEJMENT FANINING PREDMETI, VAZIFALARI VA MAZMUNI
Reja:
1. Operatsion menejment obyekti, predmeti va vazifalari
2.Operatsion resurslar “besh P”
3. Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlari o‘rtasidagi farqlar
-Operatsion menejment obyekti, predmeti va vazifalari .
Operatsion menejment maqsadi
Ishlab chiqarish bilan xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini samarali boshqaruv tizimini shakllantirishdan iborat. U firma faoliyatini maqsadli bozorlarda natijalarga ega bo‘lish uchun zaruriy tadbirlar va praseduralarini bajarishini ta’minlovchi boshqaruv tizimini qurishga yo‘naltirilgan.
Operatsion menejment predmeti
Qonuniy rejalashtirish, tashkilotning operatsion tizimini yaratish va samarali foydalanish hisoblanadi.
Operatsion menejmentning asosiy vazifasi
Har qanday tashkilotning funksiyalashtirilgan operatsion tizimlaridan bozor natijalarini olish uchun bir qator harakat protseduralar bajarilishini ta’minlovchi bosh- qaruv tizimini yaratishdan iborat.
Operatsion menejmentda samaradorlik zamirida operatsion tizim maqsadlari bo‘yicha iste’molchilar talabini qondirish va maksimal foyda olish darajasiga erishish tushuniladi.
Operatsion menejmentni o‘rganish obyekti inson faoliyatining turli sohalaridagi operatsiyalar hisoblanadi.
Operatsiya deganda asosan aniq maqsadga erishishga yo‘naltirilgan amaliy xarakterga (tavsifga) ega qator harakatlar tushuniladi.
Korxonalar tizimida faoliyat turi sifatida quyidagi operatsiyalar ajratiladi:
ishlab chiqarish: moddiy materiallar mahsulotlarga aylantirilib, iste’molchilarga sotiladi. Iste’molchilar ularni keyingi ishlab chiqarish operatsiyalarida foydalanishi mumkin. Shu tarzda “xomashyo olish - iste’molchi” zanjiri yetarlicha uzun bo‘lishi mumkin;
yetkazib berish: moddiy tovarga nisbatan mulkchilik huquqining o‘zgarishi bilan bog‘liq faoliyat;
transportirovkalash: tovarlar yoki odamlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirishi bilan bog‘liq faoliyat
servis: iste’molchilar holatinig o‘zgarishi bilan bog‘liq holat.
Operatsion resurslar “Besh P”
Operatsion menejment asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqish va xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan biznes – jarayonlarni ishlash, foydalanish va ta’minlash bilan bog‘liq faoliyatni o‘zida namoyon etadi.
Operatsiyalarni boshqarish tizimi uzluksiz ravishda boshqa tashkiliy tizimlar va funksiyalashtirilgan muhit bilan bog‘langan bo‘lib, o‘z navbatida faoliyatga ikki yoqlama ta’sir etishi mumkin – bevosita
tashkilot funksiyasini aniqlash va bilvosita to‘gri ta’sir etuvchi omillarga ta’sir o‘tkazishi bilan bog’lanadi. Shuning uchun ta’sir etishning har bir turi ma’lum jihatga ega bo‘lgan o‘z operatsiya turlarini shakllantiradi.
1. Strategik – mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish usullari
2.Joriy – hozirgi kunda mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan resurslar miqdori
3. Operativ – operatsiyalarni boshqarish va rejalashtirish bilan bog’liq.
Operatsion ta’sir etishni tanlashda resurslar birinchi darajali rol o‘ynaydi, ularning har biri tashkilot raqobatbardoshligiga ta’sir o‘tkazadi. Xalqaro amaliyotda operatsion resurslar “besh P” nomini olgan.
1. PERSONAL (PEOPLE);
2. TASHKILOT (BO‘LINMA) (PLANTE);
3. YARIM FABRIKATLAR, MATERIALLAR, (PARTS);
4. JARAYONLAR (PROCESSES);
5. REJALI VA BOSHQARUV TIZIMI (PLANNING AND CONTROL SYSTEM)
Operatsiyalarni boshqarish jarayoni funksiyalar bilan aniqlanadi.
Ishlab chiqarish jarayoni xarakteri qayta ishlash tizimi turini aniqlab, quyidagicha bo‘lishi mumkin:
01
yakuniy -mahsulotning yagonaligini, jarayon uzoq muddatliligini, (masalan, kosmik kema, atom ) tayyorlash jarayoniga barcha resurslarni jalb
etishni tavsiflovchi yagona tizim;
02
seriyali ishlab chiqarish tizimi, bunda]mahsulot tizim orqali yakka yoki uncha katta bo‘lmagan guruhlarda o‘tkaziladi,(jurnallar)
03
ommaviy – potokli ishlab chiqarish tizimi( tish choʻtkalari)
04
ishlab chiqarishni uzluksiz jarayoni tizimi, sezilarli xajmdagi bir turdagi mahsulotlar (kafellar)
Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlari o‘rtasidagi farqlar
Sanoat operatsiyalarini xizmat ko‘rsatish operatsiyalaridan farqlashga imkon beruvchi bir qancha farqlar ajratiladi.
1. Ishlab chiqarish operatsiyalarning mahsulotdorligi ancha oddiy o‘lchovda berilib, uning natijasi moddiy mahsulot ishlab chiqarish hisoblanadi.
2. Xizmat ko‘rsatish sifati standartlarini xizmat ko‘rsatish soxasidagi tashkilotlarga kiritish sezilarli darajada qiyin,
3. Xizmat ko‘rsatish tashkiloti xodimi o‘z xizmati ishlab chiqarishida mijozning ishtirokidan foydalanadi.
Sanoat korxonalari esa, ma’lumki iste’molchilar bilan kamdan-kam muloqotda bo‘lishadi.
E‘tiboringiz uchun rahmat!
Download 7.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling