Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


Download 470.62 Kb.
bet39/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

Ilovalar yordami. Korporativ tarmoqlarda murakkab ilovalar bajariladi, ular bajarilishi uchun katta hisoblash quvvatini talab qiladi. Bunday ilovalar bir nechta qismlarga bo`linadi, masalan, bitta kompyuterda ma’lumotlar bazasiga bo`lgan so`rovlarni bajarilishi bilan bog`liq ilovalarning bir qismi bajariladi, boshqasida fayl – servisga bo`lgan so`rovlar, kliyent mashinalarida esa ilova ma’lumotlarini qayta ishlash mantig`ini amalga oshiruvchi va foydalanuvchi bilan interfeysni amalga oshiruvchi qismi bajariladi. Korporatsiya dasturiy tizimlari uchun umumiy hisoblash qismi kliyentlarning ishchi stansiyalari uchun juda katta hajmli va ko`tara olmaydigan bo`lishi mumkin, shuning uchun agarda ularning murakkab va hisoblash munosabatidagi qismlarini maxsus shunga mo`ljallangan kompyuter – ilova serveriga ko`chirilsa ilovalar effektliroq bajariladi. Ilovalar serveri kuchli apparat platformasida joylashishi kerak. Ilova serveri OTlari hisoblashlarni yuqori ishlab chiqarishini ta’minlashi kerak, demak ko`p yo`lli qayta ishlashni, siqib chiqaruvchi ko`p masalalikni, multiprotsesslashni, virtual xotirani va eng ko`p tanilgan amaliy muhitlar(UNIX, Windows, MS-DOS, OS/2) ni ta’minlashi kerak. Bunday munosabatda NetWare tarmoq OTni korporativ mahsulotlarga kiritish qiyin, chunki unda ilovalar serveriga qo`yiladigan deyarli hamma talablar mavjud emas. Shu bilan birga Windows NTdagi universal ilovalarni yaxshi qo`llashi unga korporativ mahsulotlar dunyosida o`rin egallashiga kurashishga yordam beradi.
Ma’lumotnoma hizmati. Korporativ OT hamma foydalanuvchilar va resurslar haqidagi ma’lumotlarni shunday saqlash qobiliyatiga ega bo`lishi kerakki, unda bitta markaziy nuqtadan uni boshqarishni ta’minlashi kerak. Katta tashkilotlarga o`xshab korporativ tarmoq o`zi haqidagi iloji boricha butun ma’lumotlarni(foydalanuvchilar, server, ishchi stansiyalar haqidagi ma’lumotlardan tortib, to kabel tizimi ma’lumotlarigacha) markaziy saqlanishiga muhtojdir. Bu ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasi ko`rinishida saqlashni tabiiy ravishda tashkil qilish. Bu bazadan ma’lumotlar ko`p tarmoq tizimlari ilovalari tomonidan talab qilinishi mumkin, birinchi navbatda boshqarish va administatorlash tizimlari tomonidan. Bundan tashqari, bunday baza elektron pochtani tashkil qilish, birga ishlash tizimlari, havfsizlik hizmati, tarmoqning dasturiy va apparat ta’minoti inventarizatsiyasi hizmati hamda deyarli hamma yirik biznes – ilovalar uchun foydalidir.
Ideal holatda ma’lumotnomali informatsiya yagona ma’lumotlar bazasi ko`rinishida amalga oshirilishi kerak. Masalan, Windows NT da kamida beshta har xil turli ma’lumotnomali ma’lumotlar bazasi mavjud. Domen(NT Domain Directory Service)ning asosiy ma’lumotnomasi foydalanuvchilar haqida ularni tarmoqqa logik kirishni tashkil qilishda ishlatadingan ma’lumotlarni saqlaydi. Shu foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar Microsoft Mail elektron pochtasi tomonidan ishlatiladigan boshqa ma’lumotnoma tarkibida ham bo`ladi. Yana uchta ma’lumotlar bazasi past darajali adreslar ruxsatini qo`llaydi: WINS – Netbios – ismlarining IP – adreslarga mosligini o`rnatadi, DNS ma’lumotnomasi – domen ismlari serveri – NT tarmoqlarini internetga ulanishida foyda keltirarkan, va nihoyat, DHCP protokoli ma’lumotnomasi tarmoq kompyuterlariga IP – adreslarni avtomatik tarzda tayinlashida ishlatiladi. Idealga yaqin ma’lumotlarnomalar hizmati Banyan(Streettalk III mahsuloti) firmasi va Novell (NetWare Directory Services) firmasi tomonidan keltirilganlarda joylashgan, ular hamma tarmoq ilovalari uchun yagona ma’lumotnomani taklif qiladi. Tarmoq operatsion tizimlari uchun yagona ma’lumotnomalar hizmati borligi korporativlikning eng muhim belgilaridan biridir.
Havfsizlik. Korporativ tarmoq OT lari uchun asosiy muhimligini ma’lumotlarni havfsizligi masalalari tashkil qiladi. Bir tarafdan, yirik masshtabli tarmoqlarda ob’ektiv ravishda sanksiyalanmagan ruxsat(kirish) uchun ko`p imkoniyatlar mavjud, sabablariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni demarkazlashtirish va “qonuniy” nuqtalarni katta taqsimlanganligi, foydalanuvchilar sonining ko`pligi, shuningdek, tarmoqqa ulanishda sanksiyalanmagan nuqtalar sonining ko`pligi kabilardir. Boshqa tarafdan, korporativ biznes – ilovalar korporatsiyaning butunligicha samarali ishlashi uchun muhim qiymatga ega bo`lgan ma’lumotlar bilan ishlaydi. Shunday ma’lumotlarni himoyasi uchun har xil apparat vositalari qatorida korporativ tarmoqlarda himoya vositalarining operatsion tizimi tomonidan taqdim etilgan hamma spektrlari(saylangan yoki mandat ruxsat huquqlari, foydalanuvchilar autentifikatsiyasining murakkab protseduralari, dasturiy shifratsiya) ishlatiladi.
Endi OT larga tegishli asosiy tushunchalar bilan tanishganimizdan, hisoblash jarayonlarini tashkil etish aniq mexanizmlarini o`rganganimizdan so`ng, qisqacha zamonaviy OT lar xususiyatlarini ko`rib chiqamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, eng zamonaviy bo`lib, hozirgi vaqtda MS kompaniyasining Windows oilasiga mansub OT lar hisoblanadi. Bu Windows 95/98/ME, Windows NT/2000 va Windows XP/2003 yangi avlodidir.
Hozir esa, biz, MS maxsulotiga mansub bo`lmagan OT lar, UNIX ga o`xshash Linux va Free BSD, QNX va OS/2 larni ko`rib chiqamiz. Biz, UNIX oilasi OT larining arxitektura xususiyatlarini ko`rib chiqamiz. QNX tizimi esa juda taniqli va eng yaxshi, real vaqt tizimlariga mansubdir. OS/2 OTi esa, amalda ishlatilmayaptgan bo`lsa ham, u eng birinchi, bir nechta operatsion muhitni qo`llovchi to`laqonli va ishonchli multidasturli va multimasalali OT dir.



Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling