Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


Arxitektura asosiy xususiyatlari


Download 470.62 Kb.
bet47/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

Arxitektura asosiy xususiyatlari.
Ko`p OT lar zamonaviy protsessorlarning, ikki rejimdan birida ishlash xususiyatidan, ya’ni imtiyozli (yadro rejimi, yoki supervizor rejimi) va foydalanuvchi (ilovalar bajarilishi rejimi) rejimlarida ishlash xususiyatlaridan foydalaniladi.
Windows NT ni yaratishda, yaratuvchilar uning mobilligini, ya’ni boshqa platformalarga yengil ko`chirib o`tkazishlikni ta’minlash uchun 4 ta imtiyozli darajalaridan faqat 2 ta darajasidan foydalanishga qaror qildilar.
Windows NT/2000/XP operatsion tizim asosiy komponentalaridan biri, uning mikroyadro prinsipi bo`yicha qurilishidan kelib chiqqan komponentalaridan biri, uning ijro tizimidir (Win 32 Executive). U OT ning, jarayonlar va oqimlarni boshqarish, xotirani boshqarish, jarayonlar orasidagi aloqa, himoya, kiritish-chiqarish amallari (fayl amallari, keshlash, tarmoqda ishlash va boshqalar).
Ijro tizimi komponentalari quyida keltirilgan:

  • jarayonlar dispetcheri (Process Manager) – jarayonlarni kuzatadi, yaratadi va olib tashlaydi;

  • virtual xotira dispetcheri (Virtual Memory Manager) bajariladigan jarayonlarga virtual xotira beradi.

  • ob’ektlar dispetcheri (Object Manager) ob’ektlarni yaratadi va qo`llaydi.

  • xavfsizlik monitori (Security Reference Monitor) ob’ektlar murojaatni huquqlashtirishni, murojaatni nazorat va auditni ta’minlaydi. Tizimga kirish jarayoni va ximoyalangan tizimlar bilan Windows NT xavfsizlik modelini amalga oshiradi.

  • kirish-chiqish dispetcheri (Input/Output Manager) tizimda kiritish-chiqarishni boshqaradi.

  • lokal protseduralarni chaqirish vositalari (Local Procedure Call, LPC), bajarilish muhiti va foydalanuvchilar ilovalarini kommunikatsiya mexanizmlari o`rtasida muloqot kliyent-server prinsipida tashkil etilishini ta’minlaydi.



Xavfsizlik modeli
Windows NT/2000/XP oilasi operatsion tizimlarini ishlab chiqishda Microsoft kompaniyasi axborot xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor berdi. Natijada, bu tizimlar ijrosi sodda va boshqarish oson ximoya mexanizmlarini beradi. Xavfsizlik sertifikati S2 darajaga mos, va Windows NT 3.5 va Windows NT 4.0 OT lariga xosdir.
Windows NT sinfi tizimlari butunlay boshqa xavfsizlik modeliga egadirlar. Ximoya vositalari, boshidanoq OT ning o`ziga integrallashtirilgandir. Xavfsizlik tizimi, ish jarayonida kim va qanday xarakatlarni bajarganligini va qanday ob’ektlarga murojaat qilmoqchi ekanligini nazorat qiladi.
Foydalanuvchining hamma harakatlari, shu jumladan hamma ob’ektlarga murojaatlar ham, faqat OT larga maxsus so`rovnomalar orqali bajariladi. Hamma so`rovnomalar ham nazorat qiladi.
OT lardan so`ralayapgan amallar va ma’lum ob’ektlarga murojaatlar, faqat foydalanuvchida bunga zaruriy xuquq va ruxsatnomalari bo`lsagina, ruxsat beriladi.
Xuquq (rights) tizimda ishlashda huquqlari darajasini aniqlaydi. M-n., diskni formatlash huquqi bo`lmasa, foydalanuvchi bu amalni bajara olmaydi.
“Ruxsat” termini esa odatda, aniq ob’ektlar, m-n, fayl va kataloglar, prinsipi va boshqalarga nisbatan ishlatiladi. O`qish, yozish, bajarish, olib tashlash va h.k.larga ishlatiladi. Huquqlar, ruxsatga nisbatan ustunlikka ega.
Windows NT xavfsizlik modeli, oldindan autentifikatsiya va avtorlashtirishdan o`tmasdan turib uning ob’ektlariga murojaat qila olmaslikka kafolat beradi. Kompyuterda ishlash huquqiga ega bo`lish uchun, qayd yozuviga (account) ega bo`lish kerak. Qayd yozuvlari . SAM (Security Account Management) fayli orqali beriladigan ma’lumotlar bazasida saqlanadi.

  1. «Tarmoq Operatsion Tizimi » tushunchasiga ta’rif bering.

  2. Tarmoq OTning asosiy tashkil etuvchilarini ayting.

  3. Tarmoq OTni qurishning qanday usullari mavjud? Ularni farqi nimada.

  4. Bir rangli va ikki rangli tarmoqlar. Ta’riflari va farqlari.

  5. Kompyuter tarmoqlarining foydalanuvchilar soniga ko`ra bo`linishi. Ularni farqi nimada?

  6. Asosiy zamonaviy OTlarni aytib bering.

  7. UNIX OTlar oilasi asosiy xususiyatlari.

  8. UNIX OTini ishlab chiqishda ko`zda tutilgan asosiy maqsadlar.

  9. UNIX OT tarkibiy qismlari.

  10. UNIX-ko`p foydalanuvchili OT.

  11. UNIXda foydalanuvchi va superfoydalanuvchi va foydalanuvchi interfeysi.

  12. Linux OT xususiyatlarini aytib bering.

  13. FreeBSD OT qanday tizim?

  14. Linux va FreeBSD OTlari orasidagi asosiy farqlarni aytib o`ting.

  15. Real vaqt tarmoq OTlari – QNX va uning xususiyatlari

  16. QNX OTi arxitekturasi tushuntirib bering.

  17. Taqsimlangan hisoblashlarni tashkil etishning asosiy mexanizmlarini aytib o`ting

  18. OS/2 operatsion tizimlari oilasining asosiy xususiyatlari sanab o`ting.

  19. Windows 9x operatsion tizimlar oilasining asosiy xususiyatlarini keltiring.

  20. Windows operatsion tizimlarida multimasalalikni amalga oshirish haqida aytib bering.

  21. Windows NT operatsion tizimlar oilasining asosiy arxitekturaviy xususiyatlarini keltirib o`ting.

  22. Windows NT tizimlarida qabul qilingan asosiy xavfsizlik modeli g`oyalari haqida aytib o`ting.

  23. NTFS fayl tizimining imkoniyatlari haqida so`zlang. SID nima?


Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling