Reja: Ish o’rni
Download 31.46 Kb.
|
umid6
Ish o’rnini tashkilashtirishning talablari. Reja: 1.Ish o’rni 2.Mehnatni tashkil etish va uning mehat faoliyatidagi roli. 3.Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. 4.Ish o’rinlarini tashkil etish, rejalashtirish va xizmat ko’rsatish. 5.Mehnat intizomi va uni rag’batlantirish. 6.Mehnat sharoitlari va mehnatni normalashning ahamiyati. Ish o’rni –bu ishlab chiqarish makonining bir qismi bo’lib, uda barcha asosiy va yordamchi texnologiya uskunalari, moslamalar, asboblar, ish mebellari va maxsus qurilmalar joylashgan bo’ladi va ular muayyan turdagi ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Bugun ish o’rilari bir qator belgilariga ko’ra tasniflanadi. Ular mexanizatsiya darajasi bo’yicha quyidagi besh guruhga bo’linadi: Qo’l ishida ish o’rinlaridagi barcha mehnat jarayonlari qo’l bilan amalga oshiriladi, qo’l asboblari qo’llaniladi, mehnat ashyolarini o’zlashtirishning asosiy energiya manbai odamning jismoniy kuchi hisoblanadi. Mashina-qo’lda ish bajariladigan ish o’rinlarida mehnat buyumlariga mexanizmlar bilan ishlov berish (o’zgartirish) va tashqi energiya (elektr, issiqlik, kinetik) hisobicha, leki bevosita xodimning ishtiroki bilan ishlov berish kiradi. Mexanizatsiyalashgan ish o’rinlari qo’l va mashina-qo’lda ish bajariladigan ish o’rilaridan shu bilan farq qiladiki, asosiy texnologik jarayonlar to’la-to’kis mashialar va mexanizmlar bilan amalga oshiriladi, xodim zimmasida esa faqat mashinalarni boshqarish qoladi, ya’ni insonning quvvati boshqaruvga sarf etiladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ish o’rinlariga yarim avtomatlarda ishlaydigan stanokchilar, avtotransport haydovchilari, ekskovator yoki buldozer mashinistlari, quduqlar qaziydigan parmalovchi ustalar va boshqa ko’pgina kasblar va ish turlarii bajaradigan xodimlarning ish o’rilari kiradi. Bu yerda mashina avtomat tarzida emas, balki insonning doimiy boshqaruvida ishlaydi. Avtomatlashtirilgan ish o’rinlarida butun texnologiya jarayoni stanok, mashina yoki avtomat tarzida harakat qiladigan agregat yordamida inson ishtirokisiz amalga oshiriladi, xodim zimmasida, faqat avtomatni ishga tushurish va to’xtatish, uning ishini nazorat qilish va zarur bo’lganda sozlash va yarim sozlash ishlari qoladi, Xodimning anchagina vaqti bo’lib qoladi, bu vaqtdan ko’p stanokli xizmat ko’rsatishda va mehnat unumdorligini bir muncha oshirishda foydalanish mumkin bo’ladi. Apparaturali ish o’rinlari turli apparatlar bilan jihozlangan bo’lib, ular yordamida issiqlik, elektr, kimyoviy va biologik energiya hisobiga mehnat buyumiga ta’sir ko’rsatiladi. Avtomatlashgan jarayonlarda bo’lgani kabi xodim, faqat apparaturalar bajaradigan jarayonlarni kuzatadi va nazorat qiladi, zarurat tug’ilganda ularni tartibga soladi. Download 31.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling