Reja: Ish o’rni


Download 31.46 Kb.
bet2/5
Sana14.12.2022
Hajmi31.46 Kb.
#1003189
1   2   3   4   5
Bog'liq
umid6

Mehnat faoliyati deganda insonning biror mehnat turi bilan band bo’lishi tushuniladi. Bunga ilmiy va pedagogik faoliyat, ishlab chiqarish va boshqaruv faoliyati, tadbirkorlik va tijorat faoliyati va boshqalar misol bo’lishi mumkin. Mehnat faoliyatini tashkil etish, bir tomondan, uning asoslarini (huquqiy, ma’naviy-psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy) yuzaga kelishga ikkinchi tomondan, mehnat faoliyati mexanizmini shakllantirilishini taqozo etadi. Huquqiy asoslar-ishlab chiqarish munosabatlaridagi mehnat faoliyatini tashkil qilishga xizmat qiladigan huquqiy mezonlar (fuqarolik, ma’muriy, egalik huquqlari, korxona ishlab chiqarish bilan bog’liq huquqiy hujjatlar). Ma’naviy-psixologik asoslar-bu mehnat faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarish munosabatlarida tomonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va ularning shakllanish jarayoni bilan yuzaga keladi (bunda yollanma ishlovchilar o’rtasida o’zaro munosabat, rahbar yoki korxona egasi bilan yollanma ishlovchi o’rtasidagi munosabat yoki jamoa o’rtasidagi o’zaro munosabatlar). Iqtisodiy asoslar-esa mehnat faoliyatini tashkil qilishning asosini tashkil etadi. Bunda mehnat faoliyatini tashkil qilish mezonlari (ya’ni, shaxsning moddiy manfaatdorligi, bu yerda mehnat faoliyatidan qoniqish darajasi ko’zda tutiladi).
Tashkil etish ayni vaqtning o’zida funktsional va nazariy jihatlardan munayyan maqsadga erishish yoki muayyan vazifani hal qilish tizimini yaratish va takomillashtirish sohasidagi ongli faoliyatning jarayoni va natijasidir. Odatda, mehnatni, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishi bir-biridan farqlashni taqozo etadi. Bunda ko’p hollarda mehnatni tashkil etishning bir qismi, deb qaraladi, tashkil etishning o’zi esa boshqarish funktsiyasi, deb tushuniladi. Mehnatni tashkil etish, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish bilan birgalikda olib borilgan taqdirdagina mehnat samarali bo’lishi mumki. Tashkil etish boshqarishga nisbatan ancha yuqori darajadagi va tartibdagi tushuncha kategoriyasidir, chunki tashkil etish tabiat va jamiyatdagi har qanday jarayon va hodisalarning har ikkala tomoni bo’lgan boshqarish va bajarishga ham singib ketgan bo’ladi. Boshqarishni tashkil etish esa boshqaruv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bunga tegishli vazifalarni bajarish tizimlari va boshqarish tizimlarini yaratish, hamda boshqarishning tashkiliy tizimlarini yo’lga qo’yish bilan erishiladi.

Shunday qilib, umumiy kategoriya tushunchasi sifatidagi tashkil etishni mehnat ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etishga ajratishga a’anaviy yondashuv eskirib qolgan bo’lib, bu tushunchalarning real mazmuni va mohiyati haqidagi hozirgi tasavvurlarga to’g’ri kelmaydi. Bu tushunchalar mehnat faoliyatiga (shu jumladan chiqarish va boshqaruv faoliyatiga) ma’lum darajada taaaluqli bo’lganligi sababli, bu yerda gap aynan mehnat faoliyatini tashkil etish haqida, aniqrog’i, inson ijodkorligining alohida turi bo’lgan tashkilotchilik faoliyati haqida borishi mumkin.


Mehnat taqsimoti va koooperatsiyasi.Bozor iqtisodiyoti davrida raqobatni yengib chiqishning asosiy olimlardan biri makroiqtisodiyotga taalluqli, ijtimoiy va shaxsiy sektorlardagi korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishishdir. Bu asosan, mavjud ishchi kuchidan oqilona foydalanish evaziga erishiladi. O’z navbatida, ishchi kuchidan samarali foydalanish ko’pincha har xil bajarilishi zarur bo’lgan ishlarning ayrim ijrochilar o’rtasida to’g’ri taqsimlanishicha, ya’i ularning malakasiga, tajribasiga, zukkoligiga yarasha ish bilan bab-baravar ta’lim etilishiga bog’liqdir. Bu masalani maqsadga muvofiq hal etish uchun, birichi navbatda, mehnatni ishchi ishlab chiqarishda puxta o’ylab oqilona taqsimlashi lozim bo’ladi. Bu tashkiliy masala mehnat taqsimoti, deb ataladi.Mehnat taqsimotining asosiy ustunliklarida biri shundaki, bunda ishchi ishning ma’lum bir turida chuqur ixtisos topadi, shu ish bajarilish texnikasini va tartibni puxta egallab oladi, zarur ko’nikmalarni kasb etadi, ish usul va uslublarini yanada takomillashtiradi.Ishlab chiqarishda mehnat taqsimotining uchta turi mavjud bo’ladi:1.Umumiy mehnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi, bu sohalar ichida esa sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq ta’limi, fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o’rtasidagi mehnat taqsimoti kiritiladi.2.Xususiy mehnat taqsimoti umumiy mehnat taqsimotining sohalar va tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda tutadi. Masalan sanoat tarmoqlari kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo’linadi; qishloq xo’jaligi dehqonchilik va chorvachilikka, ular ichida esa ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga (g’alla, paxta, kartoshka yetishtirish, bog’dorchilik, go’sht, sut, jun yetishtirish va shu kabilar) bo’linadi.

3.Ayrim mehnat taqsimoti ishlar va mehat funktsiyalarining ayrim korxona yoki alohida tashkilot xodimlari o’rtasida: tsexlar, uchastkalar, brigadalar, zvenolar, ayrim ijro etuvchi xodimlar bo’yicha, shuingdek, ularning kasb-malaka guruhlari o’rtasida taqsimlanishini nazarda tutadi.


Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalaridagi korxonalarda mehnat taqsimotining quyidagi har xil shakllari qo’llaniladi:
1.Texnologik mehnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonlarining qayta ishlash faza va tsikllariga qarab bo’ladi. Bunda eng muhimi, ularni bajarishning texnologiya jihatidan bir xil bo’lishidir. Qayta ishlash va fazalar ichida ayrim guruh ishlar: chilangar, qizdirilgan yoki sovuq metallni ikki bo’lak qolip orasiga olib urib buyum tayyorlovchi va hokazo bo’ladi.
2.Fuktsional mehnat taqsimoti qo’llanilganda birovlar asosiy ishni bajarishda ixtisos topadi, boshqalari yordamchi ishni bajarishda, uchinchilari esa tayyorlash, xizmat ko’rsatish ishini bajarishda ixtisos orttiradi.
3.Malakali mehnat taqsimoti yoki bajarilgan ishlarning murakkabligiga qarab mehnatni taqsim qilish, murakkab ishlar bilan oddiy ishlarni bir-biridan ajratishdan iborat. Shu bilan birga, mahsulot tayyorlashdagi texnologik murakkablik deganimizda tayyorgarlik fuktsiyalarini va mehnat jarayonlarini bajarishdagi, shuningdek, tayyorlangan mahsulot, ko’rsatilgan xizmat sifatii nazorat qilishda gi murakkabliklar nazarga olinadi.
4.Operatsiyalar bo’yicha mehnat taqsimoti ishchilar mehnatii eng to’la taqsimlashdir. Bunda ishlab chiqarishning har bir ayrim jarayoni ishlab chiqarish operatsiyasining tarkibiy qismlariga bo’linadi. Masalan, maxsus sof bolt tayyorlashning texnologik protsessi temirchilik-metall toblash, chilangar-yo’nish, naqsh solish va o’yish, frezerlik-bolt qoshidagi qirralarini frezerlash operatsiyalaridan iborat bo’ladi.
5.Kasbiy mehnat taqsimoti ishchilarning kasbiy ixtisoslariga qarab amalga oshiriladi va ish joyida u yoki bu kasb (ixtisos) bo’yicha ish bajarish nazarda tutiladi. Har bir tur ishning hajmiga qarab ishchilarga bo’lgan talabni-tsex, uchastka, ishlab chiqarish, korxona, birlashma va hokazolar uchun kasblar bo’yicha talab qiliadigan ishchilar sonini belgilash mumkin.
Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimotining eg samarali bo’lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim: a) malakali ishchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan ishlar bilan bad qilmasdan, unday ishlarni kam malakali ishchilarga topshirish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinganida malakali ishchi kuchlariga bo’lgan talab va ish haqi xarajati kamayadi; b) ko’p stanokda ishlovchi ishchilarni mashinaning to’xtab turishi bilan bog’liq davomli ishlardan (masalan, to’quvchini to’qish jihozlaridagi uzilgan iplarni ulashdan) xolos qilish kerak. Shunday qilinganida mashinalarning to’xtab turishi kamayadi, mehnat samaradorligi oshadi; v) ishlab chiqarish jarayoni qatnashchilarini imkon boricha foydali ish bilan to’la band bo’lishlariga erishish kerak. Buning uchun barcha kasblar yetarli miqdorda mavjud bo’lib, ish o’rinlari ta’minlanishi shart. Zarur paytlarda ishchiga bir necha bir xil mashinada ishlashni topshirib, uni ish bilan band qilish mumki; g) yuqori mehnat samaradorligiga erishish uchun qilinadigan mehnat taqsimotida ishchilarning o’zaro bir-birlariga yordami uyushtiriladi. Ammo, bunda funktsiyalarning bekor qilinishi va mas’uliyatsizlik yuz berishga yo’l qo’ymaslik lozim bo’ladi; d) ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida mehnat taqsimoti ish jarayonida mavjud iqtisodiy (makro va mikroiqtisodiyot darajasidagi korxonalarda mehnat samaradorligini o’stirish, hamda mahsulot sifatini yaxshilash nazarda tutiladi), fiziologik (unda ishdagi bir xillik kishi tanasining turli qismlariga og’irlik (nagruzka) bir tekis bo’lmasligi, uzoq vaqt davomida ishda bir xil harakt natijasida toliqiy yuz bermaydigan bo’lsin) va sotsial (unda ish qiluvchining jismoniy va aqliy ishi navbatlashsin yoki qo’shib olib boriladigan bo’lib, mehnat yoqimli bo’lsin, uning mazmundorligi oshsin, ishning jismoniy qismi kamaysin, jismoniy mehnat bilan aqliy mehnat o’rtasidagi tafovut kamayib borsin) muammolari yechib borishni hisobga olib amalga oshirilishi lozim.Mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar o’rtasidagi aloqalarning o’rnatilishi mehnat kooperatsiyasi deb ataladi va mehnat faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Mehnat kooperatsiyasining maqsadga muvofiq tashkiliy shakllari tanlash-mehatni tashkil qilishning mehnat taqsimotida keyingi, ikkinchi muhim masalasidir. Ijtimoiy va xususiy sektor korxonalarida texnikaning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish jarayonlari tizimining tashkil etilish xarakteri va usullariga qarab,

Download 31.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling