Reja: Ish o’rni


Mehnat,kooperatsiyasining


Download 31.46 Kb.
bet3/5
Sana14.12.2022
Hajmi31.46 Kb.
#1003189
1   2   3   4   5
Bog'liq
umid6

Mehnat,kooperatsiyasining turli shakllaridan foydalaniladi: 1.Ixtisoslashtirilgan tsexlarning tsexlararo kooperatsiyasi. Bunda korxonadagi bir necha tsex jamoasining bir xil ishlab chiqarish jarayonida yoki turli bo’lsa-da, bir-biri bilan bog’liq ishlab chiqarish jarayonlarida rejali ravishda va birgalikda ishtirok etishi tushuniladi. Tsexlararo mehnat koorparatsiyasi shunga asoslanadiki, tayyorlov tsexlarining jamoalari ishlov berish tsexlarini zarur yarim fabrikatlar bilan ta’minlab turadilar, yarim fabrikatlar bu tsexlarda ishlanib, chiqarish tsexiga o’tkaziladi, chiqarish tsexida esa bu korxona mahsuloti tamomila ishlanib bo’ladi. Mazkur tsexlar o’rtasida mahkam mehnat kooperatsiyasi, bundagi jamoalarning mehnat faoliyatida to’la uyg’unlik bo’lgan taqdirdagina istagan bir korxonad rejali ravishda uzluksiz tayyor mahsulot ishlab chiqarish ta’min etiladi. 2.Ixtisoslashtirilgan uchastkalarning tsex ichidagi mehnat kooperatsiyasi. Bu tsex ichidagi bir necha uchastka kollektivlarining bir xil ishlab chiqarish jarayonlarida rejali va birgalashib ishtirok qilishidir.Mehnatni tashkil etish, uning muhim qismi bo’lgan mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini chuqur tahlil qilish va bir qator chora-tadbirlar belgilash zarur. Bunday tahlil qilishning asosiy bosqichlari quyidagicha bo’lishi mumkin: 1.Korxonada mehnat jarayonini tashkil etishning boshlang’ich omillarini tahlil qilish: ishlab chiqarish tipini, uning ko’lamlarini, texnologik jarayonlar, mashina va asbob-uskunalarning o’ziga xos xususiyatlarini, mehnatni mexanizatsiyalash, tsexlar, uchastkalar, ish o’rinlari va shu kabilarni birlashtirish darajasini aniqlashdan iborat. 2.Ishchilar mehnatining murakkabligini tahlil qilish: kasb-malaka darajasiga qo’yiladigan talablar va uning ishlab chiqarish talablariga muvofiq kelishi. 3.Ishchilar mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini tahlil qilish: ishlab chiqarish jarayonining operatsiyalarga bo’linishi; umumiy ishlab chiqarish jarayoni tarkibida alohida operatsiyalarni bajaruvchi ishchilar o’rtasidagi aloqalarni o’rganish; ayrim ishlab chiqarish operatsiyalarini birga qo’shib bajarib turish yoki qismlarga bo’lish. 4.Ish vaqtidan mashinalar, hamda asbob-uskunalar ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish: smena ichida ish vaqtining bekor sarf bo’lishini, hamda ularning sabablarini aniqlash; ishlab chiqarish jarayonidagi «qaltis joylar»ni aniqlash;

5.Korxonada qo’llaniladigan mehnatni tashkil etish shakllarini tahlil qilish: tsexlar, uchastkalar, ish turlari, ayrim operatsiyalar bo’yicha ishchilar soni va kasb-malaka tarkibini o’rganish va bajarilayotgan ishlar, mehnat funktsiyalari va ijrochi–ishchilarning kasb-malaka jihatidan mos kelishini aniqlash; mehnat sharoitlarii yaxshilashning asosiy yo’nalishlarini o’rganish.Ish o’rinlarini tashkil etish, rejalashtirish va xizmat ko’rsatish.Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining har qanday shakllarida ijrochilarning samarali, yuqori unum bilan ishlashining zarur sharti ish o’rinlarii tashkil etish va ularga ishlab chiqarish va mehnat jarayonining birinchi bo’g’ini bo’lib, aynan ish o’rnida ishlab chiqarish jarayoni uchta elementining hammasi: mehnat ashyolari, mehnat vositalari va ishchi kuchi, ya’ni ijrochi xodimning jonli mehnati yagona bo’lib, birlashadi, bu hamkorlik natijasida esa yangi iste’mol qiymatlari, mehnat mahsulotlari yaratiladi. Shuning uchun ham ish o’rinlarii tashkil etishga katta e’tibor beriladi. 



Download 31.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling