Mavzu: Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari


Jarayonlarni rejalashtirish


Download 470.62 Kb.
bet21/53
Sana22.12.2022
Hajmi470.62 Kb.
#1041046
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53
Bog'liq
Mavzu Operatsion tizim rivojlanish bosqichlari va sinflari

Jarayonlarni rejalashtirish.
Xar gal, chegaralangan resurslar va ularning bir nechta iste’molchilari bilan ish ko`rilganda, masalan, misol uchun mexnat jamoasida maosh fondini taqsimlash deylik, biz mavjud resurslarni iste’molchilar o`rtasida taqsimlash bilan shug`ullanishimizga to`g`ri keladi, yoki boshqacha aytganda resurslardan foydalanishni rejalashtirishimizga to`g`ri keladi. Bunday rejalashtirish aniq qo`yilgan maqsadlarga (ya’ni, masalan, resurslarni taqsimlash xisobicha biz nimaga ega bo`lmoqchimiz) va bu maqsadlarga mos va iste’molchi parametrlariga tayanadigan algoritmlarga ega bo`lishi kerak.
Rejalashtirish darajalari(urovni).
1. Uzoq muddatli. 2. O`rta muddatli. 3. Qisqa muddatli.
Yuqorida biz, xisoblash tizimidagi ikki xil rejalashtirish: topshiriqlarni va protsessordan foydalanishni rejalashtirish xaqida so`z yuritgan edik.
Topshiriqlarni rejalashtirish jarayonlarni uzoq muddatga rejalashtirish sifatida foydalaniladi. U, tizimda, uning multidasturlash darajasini, ya’ni bir vaqtning o`zida mavjud bo`lgan jarayonlar sonini aniqlab, jarayonlarni yuzaga kelishiga javob beradi. Agar tizimning multidasturlash darajasi doimiy bo`lib tursa, kompyuterdagi jarayonlar o`rtacha soni o`zgarmaydi, u xolda yangi jarayonlar faqat oldin yuklanganlari tugallangandan keyin paydo bo`ladi. Shuning uchun xam uzoq muddatga rejalashtirish kam ishlatiladi chunki, yangi jarayonlar paydo bo`lishi orasida o`nlab minutlar o`tishi mumkin.
Protsessordan foydalanishni rejalashtirish, jarayonlarni qisqa muddatga rejalashtirish sifatida foydalaniladi. U, masalan, bajariladigan jarayonning kiritish –chiqarish qurilmalari yoki vaqtning ma’lum intervali tugallangandan so`ng amalga oshiriladi. Masalan u, xam qisqa muddatli rejalashtirish 100 millisekundda bir marttadan kam amalga oshirilmaydi.
Ba’zi xisoblash tizimlarida, unumdorlikni oshirish uchun, qisman bajarilayapgan jarayonni operativ xotiradan diskka vaqtincha jo`natish va keyinroq esa uni bajarilishini davom ettirish uchun orqaga qaytarish mumkin. Bunday protsedura raswapping, ya’ni tarjimada “o`tkazish(perekachka)”ni bildirsa xam, tarjimasiz “svoning” termini ishlatiladi. Jarayonlardan qaysisini va qachon diskka va orqaga qayta o`tkazishni, odatda, jarayonlarni rejalashtirishning qo`shimcha darajasi –o`rtacha muddatli rejalashtirish yordamida amalga oshiriladi



Download 470.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling