Mavzu: Operatsion tizimlarni kurish prinsiplar modullilik, vertuallik, generatsiya reja
Zamonzviy operatsion tizimlar ilovalari
Download 35.13 Kb.
|
403-MI Xusanov Paxlovonjon Operatsion tizimlar fani
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanuvchi interfeysi.
Zamonzviy operatsion tizimlar ilovalari
Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari. Operatsion tizimlarning asosiy vazifalari – foydalanuvchining EXM bilan muloqatini soddalashtirishdir. Bundan tashqari, OS ning muxim vazifasi- tizimli programma taminotining elementlari bo`lgan translyator, yuklagichlar va monitorlar uchun qulay interfes yaratishdir. Tizimli programma taminoti (TPT) apparat vositalari ustiga qurilgan usqurtma bo`lib, u foydalanuvchini mashina bilan ishlashini o`ng`ay qiladi. EXM samaradorligini oshirish uchun OS EHM ning resurslarini boshqarishdek murakkab jarayonlarni amalga oshiradi. OSning asosiy vazifasi quyidagi sxemada keltirilgan: OS bilan foydalanuvchi o`rtasidan muloqat malum bir boshqaruv tilida amalga oshiriladi (RUN P). OS ning foydalanuvchi uchun qulaylik nuqtai-nazaridan ko`p ishlatiladigan xizmatlar uchun standart servis programmalariga ega. Masalan, READ (F) bunda mashina darajasida o`qish-yozishni amalga oshirishni OS o`z zimmasiga oladi. Bunday xizmatchi programmalar yechimdan masalalarning operatsion qamrovining bir qismi sifatida qaralishi mumkin. Garchi OS faqat programma taminoti ko`rinishi amalga oshirilgan deb xisoblansa ham, amallarning malum birlari mikro-programmalar to`plami ko`rinishida programma –apparat vositalari orqali amalga oshirilgan . Foydalanuvchi interfeysi. OS tomonidan beriladigan interfeys turli toifa odamlarga EXM bilan muloqatni o`ng`ay qilishga qaratilgan. Foydalanuvchi uchun buyruqlar tili mavjud bo`lib, uning eng soddasi menyudir. Murakkab tizimlarda OS muloqatning bir necha turi bo`lishi mumkin. Mutaxassis bo`lmagan foydalanuvchilarga EHMda ishlash uchun soda buyruqlar tili yaratilgan. Mutaxassis programma tuzuvchilar uchun masalalarni boshqarish tili deb nomlanuvchi kuchli va murakkab til mavjud. Bulardan tashqari operatorlar uchun maxsus tillar mavjud bo`lib, ular bu orqali masalalar bajarilishini to`xtatish, holatini aniqlashi va tashqi tasirlarni boshqarishlari mumkin. OS va foydalanuvchi interfeysini qo`llash uchun OS standart servis programmalariga ega bo`lishi kerak. Masalan, SHEXM da klaviaturadan o`qish, ma`lumotlarni ekranga chiqarish programmalari, murakkab EXMlarda masofadagi terminal ishini taminlash, chop qilish qurilmasini boshqarish, lokal tarmoq va EXM lar o`rtasidagi bog`lanishni taminlash programmalari. Nisbatan takomillashgan OS da OS funksiyalariga murojaat maxsus mashina buyruqlari-supervizorni chiqarish (SVC-Super Visor Call) orqali amalga oshiriladi. Bu buyruqni bajarilishi uzilishni chaqiradi va natijada boshqaruv standart servis programmaga uzatiladi. SVC bilan birga beriladigan kod OS so`rov turini (funksiyani) aniqlaydi. Uzilish chaqirilganda markaziy protsessor foydalanuvchi rejimidan supervizor rejimiga o`tadi. Bu holatda OS buyruqlaridan va vositalaridan foydalaniladi. OS ko`p tashkil qiluvchilari shu rejimda ishlaydi. Foydalanuvchi rejimida OS funksiyalari, markaziy protsessorning himoya bayroqlari o`zgartirishi yoki boshqa rejimiga o`tkazishi mumkin emas.OSning mashinaga bog`liq xususiyatlari OSning asosiy (muhim) vazifalaridan biri EHM resurslarini boshqarishdir. Aksariyat resurslar bevosita apparat qurilmalariga, ya`ni operativ xotira, o`qish-yozish qurilmalari, markaziy protsessorga bog`liqdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, OS ko`p funksiyalari bevosita EHM arxitekturasi bilan aniqlanadi. Misol uchun, SO`Mda operativ xotirani boshqarish uzilishlari, supervizorni chaqirish programmalari yo`q va u bitta foydalanuvchi bilan ishlashga moslashgan. SO`M/qV da aksincha xotira katta va unda multiprogrammali OSdan foydalanish maqsadga muvofiqdir va resurslarni taqsimlash imkoniyatini beradi. quyida biz SO`M/qV misolida EHM resurslarini boshqarish muammosini ko`ramiz, ayrim hollarda ma`lum bir xossalar shu turdagi boshqa mashinalarga ham ko`chirilishi mumkin.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling