Mavzu: O’pkaning tiriklik sig’imi, o’pka ventelatsiyasi. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanuvchilarda nafas ko’rsatkichlari Darsning maqsadi


Ish. Havo spirometrida o‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash


Download 221.76 Kb.
bet2/3
Sana23.01.2023
Hajmi221.76 Kb.
#1112692
1   2   3
Bog'liq
12-amaliy mashg\'ulot

Ish. Havo spirometrida o‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash

Ishning bajarilishi. Havo spirometrining nafas chiqaradigan naychasi spirt bilan namlangan paxta yordamida artib tozalanadi. So‘ngra spirometrga o‘rnatilgan raqamli ko‘rsatgichini “O” holatiga keltiriladi, buning uchun uning qopqog‘ini o‘ng yoki chap tomonga burash orqali amalga oshiriladi.
Nafas havosini aniqlash uchun tinch holatda nafas olinadi va spirometrga chiqariladi. Havo kuchi ta’sirida spirometrni parraklari aylanadi. Bu esa raqamlarni ko‘rsatuvchi sterelkani harakatga keltirish natijasida biror-bir raqamni ko‘rsatadi. Bu son daftarga qayd qilinadi. Ushbu holat 3 marotaba takrorlanadi va o‘rtacha qiymat hisoblab topiladi buning uchun spirometr ko‘rsatgichidagi topilgan raqamlar yig‘indisi 3 ga bo‘linadi, shunda o‘rtacha qiymat kelib chiqadi.
O‘pkaning qo‘shimcha havosini aniqlash uchun tinch holatda nafas olinadi. So‘ngra spirometr naychasiga chuqur nafas chiqariladi. Natijada sperometr strelkasi ko‘rsatgichini o‘zgarishi kuzatiladi. Bu ko‘rsatgich tinch holatda chiqarilgan nafas havosidan yuqori ekanligini bilish mumkin. Ushbu holat ham 3 marotaba takrorlanadi va o‘rtacha qiymat hisoblab topiladi.
Zahira havoni aniqlash uchun chuqur nafas olinadi va spirometrga kuchli bosim orqali oxirigacha havo chiqariladi. Shu holat 3 marta takrorlanadi va o‘rtacha qiymat chiqariladi.
Odam biror-bir jismoniy ish bajarganda yoki sport bilan shug‘ullanganda nafas olish tezligi oshadi. Shuning uchun yuqoridagi mashg‘ulotlar jismoniy mashq yoki yugurgandan keyingi holatlarda amalga oshiriladi.
Odamlar o‘pkasining tiriklik sig‘imi normada yerkaklada 3,5-4,0 l, ayollarda 3,0-3,5 l.ni tashkil etadi, sportchilarda 5,0-6,0 litrgacha bo‘ladi.



  1. Ish. Suvli spirometrda o‘pkaning tiriklik sig‘imini aniqlash

Ishning bajarilishi. Spirometr “0” holatiga keltiriladi. Metallik naycha oxiridagi mundshtuk margansovka yeritmasida chayiladi. Tekshiriluvchi spirometr qarshisiga turib, 2-3 marta chuqur nafas olib, chiqarib, yana chuqur nafas olib nafasni spirometrga chiqaradi (mumkin qadar qattiqroq). Nafas uzluksiz, asta chiqarilishi kerak.

Download 221.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling