Mavzu: Optik tizimlardagi xatoliklar turlar


Download 101.25 Kb.
bet2/2
Sana05.10.2023
Hajmi101.25 Kb.
#1692239
1   2
Bog'liq
taxlil

Sferik aberratsiya - optik ti zimlar geometrik aberratsiyasi turlaridan biri; bosh optik oʻkda hosil boʻlgan tasvirning noaniqlikka yoki buzilishiga olib keluvchi linzalarga xos kamchilik. Sferik aberratsiya hodisasi optik oʻqqa parallel va undan har xil masofada oʻtuvchi nurlar optik tizimdan oʻtib oʻqni turli nuqtalarda kesib utishidan kelib chiqadi (shaklga q.). Shakldagi nurlar optik oʻqni kesib oʻtgan 1 va 2 nuqtalar orasidagi masofaga boʻylama Sferik aberratsiya, nurlar yoʻlida qoʻyilgan ekranda nuqta oʻrniga hosil boʻlgan kichik doira koʻrinishidagi yorugʻlikka koʻndalang Sferik aberratsiya deyiladi. Egrilik radiusi 1:6 nisbatda olingan ikki yokli qabariq linzalarning qabariqroq tomonini buyumga qaratib oʻrnatilsa, eng kichik Sferik aberratsiya hosil boʻladi.
Tanlab olingan 2 linzali tizimda Sferik aberratsiya amalda hosil boʻlmaydi. Bunday xususiyatga ega tizim aplanatik tizim deyiladi.
Aberratsiya
40 ta til

  • Maqola

  • Munozara

lotin/кирилл




Asboblar












Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham mavjud. Qarang: Aberratsiya (maʼnolari).
Aberratsiya (lot. aberratio — ogʻish) — 1) umumiy maʼnoda — meʼyordan ogʻish, meʼyordagi qiymatlardan farqlanish; 2) optik tizimlarda — optik tizimning risoladagidek emasligi tufayli tasvirning buzilishi; tasvir aniq chiqmaydi, asliga toʻliq mos kelmaydi yoki chaplashib koʻrinadi. Aberratsiyaning geometrik, xromatik va difraksion turlari mavjud.
Sferik aberratsiya . Katta diametrli va qisqa fokusli qavariq linza yordamida oddiy tajriba oʻtkazib, bu nuqsonning qanday yuzaga kelishini koʻrish mumkin.
Yigʻuvchi linzaning bosh optik oʻqiga L yorugʻlik manbai joylashtiramiz. Buning uchun katta E ekran olib, uning oʻrtasida taxminan 1 mm diametrli S teshik ochamiz va oldiga M xira shishani mahkamlab qoʻyamiz. Soʻng uncha katta boʻlmagan, lekin yorqin chogʻlanma lampani xira shisha yaqiniga joylashtirsak, yoritilgan teshik yorugʻlik manbai vazifasini bajaradi.
Yorugʻlik nurining keng dastasidan foydalanilganda linzaning chetlari nurlarni oʻrta qismiga qaraganda kuchliroq sindiradi. Natijada katta diametrli E ekranda manbaning nuqta tasviri emas, balki nuqsonli yoyilib ketgan dogʻ koʻrinishidagi tasviri hosil boʻladi.
Optik asboblarda yorugʻlikning keng dastasidan foydalanganda yuzaga keladigan nuqson sferik aberratsiya deyiladi.
Download 101.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling