Mavzu: Oqava suvlarni ishqqoriylik va kislotaliligini aniqlash


Download 10.2 Kb.
bet2/4
Sana21.11.2023
Hajmi10.2 Kb.
#1791833
1   2   3   4
Bog'liq
Ïðåçåíòàöèÿ 4 lab

Tabiiy suvlarni sanoatda qoʻllanadigan usullar yordamida mikroorganizmlar, tuzlar va gazlardan butkul tozalashning imkoni yoʻq. Shu sababli ularning ichimlik suvidagi miqdori belgilangan maʼlum meʼyordan koʻp boʻlmasligi talab etiladi. Mas, ichimlik suvining 1 ml dagi mikroorganizmlarning umumiy soni 100 tadan oshmasligi, ichak tayoqchalari guruhi bakteriyalarining soni 3 tadan oshmasligi shart. Suvning umumiy qattiqligi 7 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1000 mg/l gacha, vodorod koʻrsatkichi — r-n 6,0 dan 9,0 gacha boʻlishi kerak. Ayrim hollarda ichimlik suvining qattiqligi 10 mmol/l gacha, quruq qoldiq 1500 mg/l gacha, temir va marganets ionlarining miqdori tegishlicha 1 va 0,5 mg/l gacha boʻlishiga ruxsat etiladi. St. xalqxoʻjaligida va aholi sogʻligʻini saqlashda juda muhim tadbir hisoblanadi.

Ifloslangan oqar suvlar ikki guruxga: mineral va organik moddalar bilan ifloslangan suvlarga bo’linadi.

Mineral ifloslangan oqar suvlarga metallurgiya va mashinasozlik korxonalarining oqindilari, neft, uni qayta ishlash va tog’-kon sanoatining chiqindilari kiradi. Mineral ifloslangan oqar suvlar tarkibidagi har xil tuzlar, kislotalar, ishqorlar, qum, shlak, mineral yog’lar va boshqalar bo’ladi. Hayvon va o’simlik yog’lari, o’simlik tolalari, sabzavot poliz va meva qoldiqlari, to’qimachilik, oziq-ovqat va boshqalar bilan ifloslangan oqar suvlar suv xavzalarining organik ifloslanishiga sabab bo’ladi. Organik ifloslangan oqar suvlar tarkibida azot ko’p bo’ladi. Organik ifloslanishning ko’rinishlaridan bo’lgan bakterial va biologik ifloslanish achitqi va mog’or zamburug’lari, mayda suv o’tlari va bakgeriyalar: jumladan, tif, paratif, dizenteriya qo’zg’atuvchilari, gelmintlar va boshqalarning borligi bilan xarakterlanadi

Ifloslangan oqar suvlar tarkibida ko’pincha 40% mineral va 60%gacha organik moddalar bo’lib, ular toza suvni kimyoviy zaharlanishiga sabab bo’ladi, suv normal fizik-kimyoviy xossalarini buzadi va nixoyat bu suvlar iste’mol uchun yaroqsiz bo’lib qoladi.

Yer osti suvlarning ifloslinishi esa, asosiy yer ustidagi ifloslangan suvlar oqimidan va filtratsion suvlardan hosil bo’lishi tufayli yuz beradi.


Download 10.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling