Mavzu: Оqilоnа оvqаtlаnish
-ish. Ovqat miqdori va sifatiga gigiyenik talablar
Download 181.04 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-ish. Sportchining ovqatlanish tartibi (rejimi).
3-ish. Ovqat miqdori va sifatiga gigiyenik talablar.
1. Ovqat miqdori, uning kaloriyasi organizmning energiya sarfini to`liq qoplashi va bajaradigan faoliyatga mos bo`lishi zarur. 2. Ovqat tarkibidagi moddalar (oqsillar, yog`lar, uglevodlar, suv, mineral tuzlar, vitaminlar) organizmning fiziologik jarayonlari me`yorida kechishi, hujayra-to`qimalarning tarkibiy qismlari muntazam yangilanib turishi, yosh organizmning o`sishi va rivojlanishini ta`minlashga yetarli bo`lishi zarur. 3. Ovqatning harorati, tashqi ko`rinishi, hidi va mazasi yoqimli ishtaha ochadigan bo`lishi lozim. 4. Ovqat turi va uning mahsulotlarini tarkibi imkon darajasida har kuni o`zgartirilishi-yangilanishi lozim. 5. Ovqatning tarkibi yashayotgan iqlim va ob-havo sharoitiga mos bo`lishi kerak. 6. Ovqatlanish gigiyena qoidasi asosida har bir odamning mehnat jarayonini hisobga olgan holda tuzilgan kun tartibi asosida amalga oshirilishi lozim.
Sportchi bir kunda 4 marta ovqatlanishi kerak. Ovqatning kunlik kaloriyasi quyidagicha taqsimlanishi tavsiya etiladi: - birinchi nonushta – kunlik ovqat kaloriyasining 25 foizi; - ikkinchi nonushta – kunlik ovqat kaloriyasining 10 foizi; - tushlik – kunlik ovqat kaloriyasining 45 foizi; - kechki ovqat – kunlik ovqat kaloriyasining 20-25 foizi. Sportchining ovqatlanish rejimini tashkil etishda quyidagi masalalarga e`tibor berish lozim: 1. Sharoit o`zgarishiga ko`ra ikkinchi nonushta o`rniga ikkinchi tushlik soat 16-17 da berilishi mumkin. 2. Ovqat rejimida ko`rsatilgan vaqt doimiy bo`lishi kerak. Bu ishtahaning yaxshi bo`lishini, ovqatning yaxshi hazm bo`lishini ta`minlaydi. 3. Ovqat iste`mol qilgandan keyin sport mashg`ulotlari o`tkazguncha orada 1,5-2 soat vaqt bo`lishi kerak. 4. Og`ir jismoniy mashg`ulotdan keyin 20-30 minut dam olib, so`ngra ovqatlanish lozim. 5. Muhim ahamiyatga ega bo`lgan musobaqalarda kuniga 5 marta ovqatlanish tavsiya etiladi. 6. Uzoq masofaga sport yurishi, marafon yugurish, chang`i sportlarida marshrut yo`lida ovqatlanish shaxobchalari tashkil etiladi. Masalan: - marafon yugurish-50 km bo`lsa, ovqatlanish shaxobchalari 16, 26, 32 km.larda tashkil etiladi; - sport yurishida ovqatlanish punkti 42, 45 km.da tashkil etiladi; - chang`i bilan yugurish 50 km bo`lsa, ovqatlanish punkti 20, 30, 45 km.larda tashkil etiladi; - uzoq masofaga suzishda sportchi maxsus qayiqda kuzatib boriladi va ovqat mahsulotlari shu qayiqdan beriladi; - velosiped poygasida belgilangan masofalarda ovqatlanish shaxobchalari tashkil etiladi.
Download 181.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling